Allohning oyatlarini hazil deb bilmanglar! Allohning sizlarga bergan ne’matini
va sizlarga va’z-nasihat etib nozil qilgan Kitob va (u kitobdagi Hikmatdan
iborat narsani) yodingizda tutingiz! Allohdan qo‘rqingiz va bilingizkim, albatta
Alloh hamma narsani bilguvchidir.
232. Qachon xotinlaringizni taloq qilsangizlar va ularning idda muddatlari bitib
qolsa, bas, (ey ota-onalar) ularni o‘zaro yaxshilik bilan kelishishgan bo‘lsalar,
erlariga qayta nikohlanishdan to‘smang! Bu hukmlardan sizlarning
oralaringizdagi Allohga va Oxirat kuniga ishonadigan zotlar va’z-nasihat
oladilar. Bu hukm (ya’ni er-xotinni yarashib olishlaridan to‘smaslik) sizlar
uchun eng toza va poklovchi hukmdir. Alloh bilur, sizlar bilmassiz.
233. Onalar bolalarini to‘la ikki yil emizadilar. (Bu hukm) emizishni benuqson
Do'stlaringiz bilan baham: |