Microsoft Word quran uz ziyouz com doc



Download 0,69 Mb.
bet517/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Endi qachon namoz ado qilingach, yerga tarqalib, Allohning fazlu marhamatidan (rizqu ro‘z) istayveringlar. Allohni ko‘p zikr qilinglarki, shoyad najot topursizlar.

  • (Ey Muhammad), qachon ular biron tijoratni yoki o‘yin-kulgini ko‘rib

    qolsalar, o‘shanga qarab sochilib-tarqalib keturlar va sizni (minbarda) tik turgan holingizda tark qilurlar.
    I z o h . Rivoyat qilinishicha, bir Jum'a kunida payg‘ambar alayhis-salom minbarda xutba va'z aytib turganlarida Madinaga savdogarlar karvoni kirib keladi. Shunda ayrim sahobalar rasulullohni minbarda qoldirib savdo-sotiq qilish uchun karvon tomoniga yugurishganida, musulmonlarga tanbeh bo‘lib ushbu oyat nozil qilinadi. Oyat davomida dunyoning foniy matolaridan Alloh taolo mo‘minlarga oxiratda ato etadigan narsalar yaxshiroq ekanligi ta'kidlanadi.
    Ayting: «Alloh huzuridagi narsa (iymon va yaxshi amallar uchun beriladigan ajr-mukofot) o‘yin-kulgidan ham, tijoratdan ham yaxshiroqdir! Alloh rizq berguvchilarning yaxshirog‘idir!
    MUNOFIQUN SURASI
    O'n bir oyatdan iborat bo‘lgan bu sura Madinada nozil qilingandir.
    «Munofiqun Munofiqlar» deb nomlangan bu sura ularning kirdikorlarini tuban axloqlarini, yaramas sifatlarini, tillari bilan dillari boshqa-boshqa ekanligini va nihoyat ular ustlariga Islom to‘nini kiyib olishib, odamlarni Islomdan to‘sishlarini fosh etadi.
    Sura nihoyasida mo‘minlarni dunyo ziynatlariga aldanib qolmaslikka va boshlariga o‘lim kelib qolishidan ilgari Alloh taolo ularga ato etgan narsalardan infoq-ehson qilishga buyuriladi.
    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).

    1. (Ey Muhammad), qachon munofiqlar sizning oldingizga kelsalar: «Guvohlik beramizki, siz shak-shubhasiz Allohning payg‘ambaridirsiz» derlar. Alloh, darhaqiqat, siz O'zining payg‘ambari ekanligingizni bilur, yana Alloh u munofiqlarning shak-shubhasiz yolg‘onchi ekanliklariga ham guvohlik berur.

    I z o h . Ya'ni, munofiqlar Muhammad alayhis-salomning haq payg‘ambar ekanliklariga chin dildan iymon keltirganlari yo‘q, balki faqat tillaridagina guvohlik berdilar, demak ularning bu guvohliklari yolg‘on guvohlikdir.

    1. Ular o‘zlarining (musulmon ekanliklari haqida ichgan yolg‘on) qasamlarini qalqon qilishib olib, (odamlarni) Allohning yo‘lidan to‘sdilar! Ularning qilguvchi bo‘lgan amallari naqadar yomondir!

    2. Bunga sabab ularning (tillarida) iymon keltirib, so‘ngra (dillarida) kofir bo‘lganlaridir. Bas, ularning dillari muhrlab qo‘yildi. Endi ular (iymonning haqiqatini) anglay olmaslar!

    3. Qachon siz ularga boqsangiz ularning jismlari (ko‘rinishlari, kiygan kiyimlari) sizni hayratga solur, so‘zlaganlarida esa so‘zlariga (ohangdor, fasohatli bo‘lgani uchun berilib) quloq solursiz. (Lekin ularning dillari iymon va yaxshilikdan xoli bo‘lgani uchun) ular go‘yo (devorga) yo‘lab qo‘yilgan (chirik) yog‘ochlarga o‘xshaydilar. Ular (yuraksizliklari sababli) har bir qichqiriq-ovozni ustlariga (tushayotgan biron balo-ofat deb) gumon qiladilar. Ular dushmandirlar. Bas, ulardan ehtiyot bo‘ling! Ularni Alloh la'natlagay! Qanday adashmoqdalar-a!

    4. Qachon ularga: «Kelinglar, Allohning payg‘ambari sizlar uchun mag‘firat so‘rar», deyilsa, albatta ular boshlarini burib keturlar va ularni kibr-havo qilgan hollarida yuz o‘girishlarini ko‘rursiz.

    I z o h. Ushbu va quyidagi oyatlar munofiqlar boshlig‘i Abdulloh ibn Ubay ibn Salul haqida nozil bo‘lgandir. Voqea bunday bo‘lgan. Payg‘ambar alayhis-salom sahobalari bilan Banu Mustalaq qabilasiga qarshi jang qilib, g‘alaba qozonganlaridan so‘ng Madinaga qaytayotganlarida bir munofiq kimsa muhojir musulmonlardan biri bilan suv talashib janjallashib qoladilar. Shu payt o‘sha yerda hozir bo‘lgan Abdulloh ibn Ubay ibn Salul haligi muhojir va umuman barcha muhojir musulmonlar haqida nojo‘ya so‘zlar aytib, ularni haqorat qiladi va o‘z qavmiga qarab: «Bu kelgindilarga (ya'ni muhojirlarga) yordam va xayr-saxovat qilmanglar, toki ular Muhammadni tashlab o‘z yurtlariga qaytib ketsinlar. Hali Madinaga qaytganimizda, albatta kuchlilar (ya'ni bizlar) kuchsizlarni (ya'ni musulmonlarni) Madinadan quvib chiqarur», deydi. Ammo keyinroq, Payg‘ambar alayhis-salom bu voqeadan xabardor bo‘lganlaridan keyin undan: «Sen shu gaplarni aytdingmi?» deb so‘raganlarida esa, u qasam ichib, aytgan so‘zlaridan tonadi va yolg‘on qasamni qalqon qilib oladi. Endi, u va uning hamtovoqlari haqida oyatlar nozil bo‘lgach, ayrim kishilar unga: «Ey Abdulloh, sening xususingda qattiq oyatlar tushdi, sen Rasulullohning huzurlariga borib uzr so‘ragin, u kishi sening gunohlaringni mag‘firat qilishini so‘rab, Alloh taologa duo qilsinlar, shoyad Alloh mag‘firat qilsa», deyishganida u bundan bosh tortadi va: «Sizlar iymon keltir, dedinglar, iymon keltirdim; molingning zakotini ber, dedinglar, zakot berdim, endi bir kamim borib Muhammadga sajda qilish qoluvdi», deb javob beradi. Shunda yuqoridagi oyat nozil bo‘ladi va navbatdagi oyatda esa unday munofiq kimsalar haqida qilingan hech qanday duo-iltijo ijobat bo‘lmasligi uqtiriladi.

    1. (Ey Muhammad), siz ular uchun mag‘firat so‘radingizmi yoki mag‘firat so‘ramadingizmi ularga barobardir Alloh ularni hargiz mag‘firat qilmas! Albatta Alloh bunday fosiq-itoatsiz qavmni hidoyat qilmas.

    2. Ular (o‘zlarining tobe'lariga): Allohning payg‘ambari huzuridagi kishilarga infoq-ehson qilmanglar, toki ular tarqalib ketsinlar», deydigan kimsalardir. Holbuki osmonlar va yer xazinalari yolg‘iz Allohnikidir. Lekin munofiqlar (buni) anglamaslar.

    3. Ular: «Qasamki, agar Madinaga qaytsak, albatta kuchlilar kuchsizlarni undan quvib chiqarur», derlar. Holbuki kuch-qudrat Allohniki, Uning payg‘ambariniki va mo‘minlarnikidir. Lekin munofiqlar (buni) bilmaslar.

    4. Ey mo‘minlar, na mol-dunyolaringiz va na bola-chaqalaringiz sizlarni Allohning zikridan (ya'ni Allohga ibodat qilishdan) yuz o‘girtirib qo‘ymasin! Kimki shunday qilsa, bas, ana o‘shalar ziyon ko‘rguvchi kimsalardir!

    5. Sizlarning (har) biringizga o‘lim kelib, u: «Parvardigorim, meni ozgina muddatga (hayotda) qoldirsang, men xayr-sadaqa qilib, solih (banda)larda! bo‘lsam», deb qolishdan ilgari, Biz sizlarga rizq qilib berga narsalardan infoq- ehson qilingiz!


    6. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   513   514   515   516   517   518   519   520   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish