Microsoft Word quran uz ziyouz com doc


Biz yaratgan zotlar orasida (odamlarni) haq (din) bilan hidoyat qiladigan va haq (hukm) bilan adolat qiladigan bir jamoat ham bordir



Download 0,69 Mb.
bet125/612
Sana12.07.2022
Hajmi0,69 Mb.
#779260
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   612
Bog'liq
quran uz ziyouz com

Biz yaratgan zotlar orasida (odamlarni) haq (din) bilan hidoyat qiladigan va haq (hukm) bilan adolat qiladigan bir jamoat ham bordir.

  • Bizning oyatlarimizni yolg‘on degan kimsalarni esa o‘zlari bilmay qoladigan tarafdan sekin-asta halokatga olib borurmiz.

  • (Hozircha) ularga muhlat berib qo‘yurman. Albatta, Mening «makrim» qattiqdir.

  • Ular hamroxlarida (ya'ni Muhammad alayhis-salomda) hech qanday junun yo‘qligini o‘ylamaydilarmi?! U faqat (Allohning azobidan) oshkora ogohlantirguvchi zotdir.

  • Samovot va Yer mamlakatlari haqida, Alloh yaratgan narsalar to‘g‘risida va ajallari yaqinlashib qolgan bo‘lishi mumkinligi xususida o‘ylamaydilarmi?! Undan (Qur'ondan) so‘ng (ya'ni unga ishonmaganlaridan keyin) yana qanday gapga ishonadilar-a?!

  • Kimni Alloh adashtirib qo‘ysa, uning uchun biron hidoyat qilguvchi bo‘lmas. (Alloh) undaylarni o‘z tug‘yonlarida adashib-uloqib yurgan hollarida tark qilur.

  • (Ey Muhammad), sizdan Soat (ya'ni qiyomat) qachon voqe bo‘ladi, deb so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Parvardigorim dargohidadir. Vaqti- soati kelganida ham faqat O'zi oshkor qilur. U (ya'ni qiyomat) samovot va yer uchun juda og‘ir (dahshatli) bir ishdir. U sizlarga faqat to‘satdan kutilmaganda kelur». Go‘yo siz u haqda yaxshi biladigandek so‘raydilar. Ayting: «Uning bilimi faqatgina Alloh dargohidadir. Lekin juda ko‘p odamlar uni bilmaydilar».

  • Ayting: «Men o‘zim uchun ham na foyda va na ziyon yetkazishga ega bo‘la olaman. Magar Allohning xohlagani bo‘lur. Agar g‘aybni bilganimda edi, yaxshi amallarni ko‘paytirgan bo‘lur edim va menga biron ziyon yetmagan bo‘lur edi. Men faqat iymon keltiradigan qavm uchun (do‘zax azobidan) ogoxlantirguvchi va (jannat ne'matlari haqida) xushxabar berguvchiman, xolos».

  • U (Alloh) shunday zotki, sizlarni bir jondan (Odamdan) yaratdi va u orom- osoyish topsin deb uning o‘zidan juftini vujudga keltirdi. Unga qo‘shilganidan keyin u (Havvo) yengil yuk (homila) bilan yukli bo‘lib, o‘sha (yuk) bilan yurdi. Bas, qachonki, og‘irlashganida, (ular) Parvardigorlari bo‘lmish, Allohga duo qildilar: «Qasamki, agar bizga solih farzand ato qilsang, albatta shukr qilguvchilardan bo‘lurmiz».

  • Endi (Alloh) ularga solih (farzand) ato etganidan keyin Unga (Uning) O'zi ato etgan narsada (ya'ni bolaga nom qo‘yishda), shirk keltira boshladilar. Bas, Alloh ularning shirk keltirgan narsalaridan yuksakdir.

    I z o h . Rivoyat qilishlaricha, Havvo farzand ko‘rganida iblis kelib uni yo‘ldan ozdirib, bolasiga Abdulxars, ya'ni Xarsning yerning bandasi, deb nom qo‘yadi. Allohdan o‘zgaga bandalik qilish joiz bo‘lmagani uchun Qur'on Havvoning bu qilmishini shirk deb ataydi.


    1. Download 0,69 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   612




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish