Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


(Iblisning) ular ustidagi hukmronligi faqat oxiratga imon keltiradigan kishilarni undan (oxiratdan)



Download 0,82 Mb.
bet261/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Iblisning) ular ustidagi hukmronligi faqat oxiratga imon keltiradigan kishilarni undan (oxiratdan) shubhada turgan kimsalardan ajratib olishimiz uchun bo'ldi. Rabbingiz barcha narsani kuzatib turuvchidir.

  • (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Sizlar Allohdan o'zga (ilohlar) deb gumon qilgan butlaringizga iltijo qilaveringlarchi! Ular na osmonlarda va na Yerda bir zarra vaznicha (narsa)ga ega emasdirlar va ular uchun sheriklik ham yo'qdir hamda ulardan Unga biror madadkor ham yo'qdir.




    1. (Alloh) huzurida faqat U izn bergan kishilarning shafoati (oqlovi)gina foyda berur. To qachonki, (izn berilib) dillaridan qo'rquv ketkazilgach, ular (bir-birlariga): "Parvardigoringiz nima dedi (izn berdimi)?" - deb (savol qilishib), "Haqni (aytdi, shafoatga izn berdi), U oliy va buyuk zotdir", - deb (javob qilurlar).




    1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Kim sizlarga osmonlardan va yerdan rizqlantirur?" Ayting: "Alloh. Albatta, bizlar yoki sizlar hidoyat uzradirmiz yoki aniq zalolatdadirmiz".




    1. Ayting: "Biz qilgan gunoh to'g'risida sizlar mas'ul bo'lmassizlar va sizlar qilayotgan amallar to'g'risida bizlar mas'ul bo'lmasmiz".




    1. Ayting: "Rabbimiz (qiyomat kuni) o'rtamizni jamlar, so'ngra o'rtamizda haqiqat (adolat) bilan hukm qilur. Faqat Ugina (adolat bilan) hukm qiluvchi va (haqiqatni) biluvchidir".




    1. Ayting: "(Ey, mushriklar,) sizlar Unga (Allohga) qo'shib olgan shirklaringizni menga ko'rsatingiz- chi?! Yo'q. Balki Allohning O’zigina qudrat va hikmat egasidir".




    1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizni, haqiqatan, barcha odamlarga xushxabar beruvchi va ogohlantiruvchi bo'lgan holingizda, (payg'ambar qilib) yubordik! Lekin, odamlarning aksariyati (bu haqiqatni) bilmaslar.




    1. Ular: "Agar rostgo'y bo'lsangizlar (aytinglar-chi), mana shu va'da (qiyomat) qachon bo'ladi?" - derlar.




    1. Ayting: "Sizlar uchun shunday bir kunning va'dasi borki, undan biror soat orqaga ham, ilgariga ham sura olmassizlar".




    1. Kofir bo'lgan kimsalar: "Bizlar bu Qur'onga ham, undan oldingi (Kitoblarga) ham sira imon keltirmaymiz!" - dedilar. (Ey, Muhammad,) agar Siz o'sha zolim kimsalarni (qiyomat kuni) Parvardigor huzurida tik turgizib qo'yilib, bir-birlariga gap qaytarayotganlarini ko'rsangiz edi?! (O’shanda) zaif sanalgan kimsalar mutakabbir kimsalarga (o'z peshvolariga): "Agar sizlar bo'lmaganingizda, bizlar, albatta, mo’minlar bo'lur edik", - deydilar.




    1. Mutakabbir bo'lganlar zaif sanalganlarga: "Sizlarga hidoyat kelganidan so'ng, sizlarni (undan) biz to'sdikmi? Yo'q, o'zlaringiz jinoyat qiluvchi edingizlar", - derlar.




    1. Zaif sanalganlar mutakabbir bo'lganlarga: "Yo'q, kecha va kunduzgi makr(laringizchi)?! O’shanda sizlar bizlarni Allohga kofir bo'lishga va Unga "teng sheriklar" qilishga buyurar edingizlar", - deydilar. Azobni (o'z ko'zlari bilan) ko'rgan vaqtlarida ular ichlarida nadomat qiladilar va Biz kofir bo'lgan kimsalarning bo'yinlariga kishanlar solurmiz. Ularga (dunyoda) qilib o'tgan qilmishlaridan o'zga jazo berilarmidi?!




    1. Biz qaysi bir qishloqqa biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) yubormaylik, albatta, u joyning maishatparastlari: "Biz sizlar elchi qilib yuborilgan (din)ga kofirmiz!" - dedilar.




    1. Yana ular: "Bizlarning mollarimiz va farzandlarimiz ko'proq, (binobarin), bizlar azoblanuvchi emasmiz", - dedilar.

    2. (Ey, Muhammad, ularga) ayting: "Albatta, Rabbim O’zi xohlaganlarning rizqini keng qilur va (O’zi xohlaganlarning rizqini) tang qilur. Lekin, ko'p odamlar (buni) bilmaslar".




    1. Na mollaringiz va na farzandlaringiz sizlarni Bizning dargohimizga yaqin qiluvchi emasdir. Faqat imon keltirgan va solih amal qilgan zotlar - aynan o'shalargagina qilgan amallari sababli necha barobar mukofot bordir va ular (jannatdagi) ko'shklarda osoyishtalikda bo'lurlar.




    1. Bizning oyatlarimizga (qarshi) kurashish harakatida yuradigan kimsalar - ular azobga hozir qilinuvchidirlar.




    1. Ayting: "Albatta, Rabbim bandalaridan O’zi xohlaganiga rizqni keng qilur va (O’zi xohlaganiga rizqni) tang qilur. Biror narsani ehson qilsangizlar, bas, (Alloh) uning o'rnini to'ldirur. U rizqlantiruvchilarning yaxshisidir".




    1. (Eslang, Alloh) ularning (mushriklarning) barchalarini to'plab, so'ngra farishtalarga: "Ana u (mushrik)lar sizlarga ibodat qiluvchi bo'lganmidilar?" - deydigan kunda




    1. (farishtalar): "Pok Parvardigor, ular emas, O’zing bizlarning do'stimizdirsan. Ha, ular jinlarga ibodat qilar edilar. Ularning aksariyati ularga imon keltiruvchidirlar", - derlar.




    1. Bas, bu kunda biringiz biringizga na foyda va na zarar yetkazishga ega bo'lmas va Biz, zolim bo'lganlarga: "O’zlaringiz yolg'on degan do'zax azobini totib ko'ringiz", - dermiz.




    1. Qachonki, ularga Bizning oyatlarimiz aniq holda tilovat qilinsa, ular: "Bu (Muhammad) faqat sizlarni ota-bobolaringiz ibodat qilib o'tgan narsalardan to'smoqchi bo'lgan kimsadir", - derlar va "Bu (Qur'on) faqat to'qilgan bir bo'htondir", - derlar. Kofir bo'lganlar ularga Haqiqat (Qur'on) kelgan vaqtda u haqda: "Bu aniq sehrdan boshqa narsa emas", - degaylar.




    1. Holbuki, (Isodan keyin) Biz ularga (o'qib) o'rganishadigan kitoblar keltirgan emasmiz va ularga Sizdan avval biror ogohlantiruvchi (payg'ambar) ham yuborgan emasmiz.




    1. Ulardan ilgari (o'tgan) kimsalar ham (o'z payg'ambarlarini) inkor etgan edilar Holbuki, (Makka mushriklari) Biz ularga ato etgan ne'matlarning o'ndan biriga ham yetganlari yo'q. Bas, (o'shalar) Mening payg'ambarlarimni inkor etishgach, Mening e'tirozim qanday bo'lgan edi?!




    1. (Ey, Muhammad, mushriklarga) ayting: "Men sizlarga faqat birgina narsani - Alloh uchun juft holda va yakka holingizda turishga, so'ngra tafakkur qilishingizni nasihat qilurman. Sohibingiz (Muhammad)da hech qanday jinnilik yo'qdir. U faqat qattiq azob oldidan sizlarga (yuborilgan) bir ogohlantiruvchi(payg'ambardir), xolos".




    1. Ayting: "Men sizlardan (payg'ambarligim uchun) ajr (haq) so'ramasman. Bas, u sizlarga bo'la qolsin. Mening ajrim faqat Allohning zimmasidadir. U barcha narsaga guvohdir".




    1. Ayting: "Albatta, Rabbim (botillikni) Haq (Qur'on vositasi) bilan (chetga) uloqtirur. U g'ayblarni aniq biluvchidir".




    1. Ayting: "Haq (Qur'on) keldi. Botil (yangidan shirkni va dinsizlikni) boshlay olmas va qaytara olmas".




    1. Ayting: "Agar men (yo'ldan) ozsam, bas, faqat o'z zararimga ozurman va agar hidoyat topsam ham Rabbim menga qilayotgan vahiy sababliginadir. Albatta, U eshituvchi va yaqindir".

    2. (Ey, Muhammad,) agar Siz (mushrik va kofirlarni) dahshatga tushgan, yo'qolishning iloji yo'q va yaqin bir makondan (do'zax sari) tutib ketilgan paytlarida ko'rsangiz edi!




    1. (O’sha kunda) ular: "Imon keltirdik", - deydilar. Yiroq bir joydan (tavbaga) erishish qayoqda ekan ularga?!




    1. Holbuki, ular ilgari (dunyoda) unga kofir bo'lgan edilar! Holbuki, ular yiroqdan turib, g'aybga (oxiratga tosh) otar edilar.




    1. (Mana endi,) xuddi ulardan oldingi hamfikrlariga qilingani kabi, ular bilan istaydigan narsalari (imon) o'rtasi to'sib qo'yildi, zero, ular (dunyoda) shak-shubhada edilar.

    FOTIR SURASI

    Fotir so'zi "ilk bor yaratuvchi" degan ma'noni bildiradi. Surada Allohning cheksiz ilmi va qudratiga dalolat qiluvchi aqliy dalillar, farishtalar, dunyo va oxirat, kufr va imon, tajovuz va tug'yon haqidagi ilohiy tafsilotlar hamda boshqa muhim ma'lumotlar mavjud. Suraning ikkinchi nomi - "Maloika"dir.




    Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



    1. Hamd osmonlar va Yerning ilk bor yaratuvchisi hamda farishtalarni ikki, uch, to'rt qanotli elchilar qiluvchi Allohgadir. U yaratgan narsalarida nimani xohlasa (o'shani) ziyoda qilur. Albatta, Alloh barcha narsaga qodirdir.




    1. Alloh odamlar uchun ne bir rahmatni ochib qo'ysa, bas, uni tutib qoluvchi bo'lmas va neni tutib qolsa, bas, Undan so'ng uni (bandalarga) yuboruvchi bo'lmas. U qudrat va hikmat egasidir.




    1. Ey, insonlar, sizlarga (ato etgan) Allohning ne'matini eslangiz! Sizlarga osmonu zamindan rizq beradigan Allohdan o'zga yaratuvchi bormi?! Undan o'zga iloh yo'q! Bas, qayoqqa burilib ketmoqdasizlar?!




    1. (Ey, Muhammad,) agar (mushriklar) Sizni inkor etsalar, bas, (bilingki,) Sizdan avvalgi payg'ambarlar ham inkor etilgandirlar. (Barcha) ishlar, albatta, Allohga qaytarilur.




    1. Ey, insonlar, albatta, Allohning va'dasi haqdir. Bas, sizlarni dunyo hayoti sira aldab qo'ymasin! Yana sizlarni aldamchi (shayton) aldab qo'ymasin!



    Izoh: Ya'ni sizlarga shayton Alloh nomidan va'da qilib: "Gunoh ishlarni qilaveringiz, toat-ibodat shart emas, Alloh kechiruvchi" kabi so'zlar bilan aldab qo'ymasin!




    1. Download 0,82 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   257   258   259   260   261   262   263   264   ...   354




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling

    kiriting | ro'yxatdan o'tish
        Bosh sahifa
    юртда тантана
    Боғда битган
    Бугун юртда
    Эшитганлар жилманглар
    Эшитмадим деманглар
    битган бодомлар
    Yangiariq tumani
    qitish marakazi
    Raqamli texnologiyalar
    ilishida muhokamadan
    tasdiqqa tavsiya
    tavsiya etilgan
    iqtisodiyot kafedrasi
    steiermarkischen landesregierung
    asarlaringizni yuboring
    o'zingizning asarlaringizni
    Iltimos faqat
    faqat o'zingizning
    steierm rkischen
    landesregierung fachabteilung
    rkischen landesregierung
    hamshira loyihasi
    loyihasi mavsum
    faolyatining oqibatlari
    asosiy adabiyotlar
    fakulteti ahborot
    ahborot havfsizligi
    havfsizligi kafedrasi
    fanidan bo’yicha
    fakulteti iqtisodiyot
    boshqaruv fakulteti
    chiqarishda boshqaruv
    ishlab chiqarishda
    iqtisodiyot fakultet
    multiservis tarmoqlari
    fanidan asosiy
    Uzbek fanidan
    mavzulari potok
    asosidagi multiservis
    'aliyyil a'ziym
    billahil 'aliyyil
    illaa billahil
    quvvata illaa
    falah' deganida
    Kompyuter savodxonligi
    bo’yicha mustaqil
    'alal falah'
    Hayya 'alal
    'alas soloh
    Hayya 'alas
    mavsum boyicha


    yuklab olish