Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet168/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Alif, Lom, Ro. Ushbular aniq Kitobning oyatlaridir.




  1. Albatta, Biz uni (Kitobni) anglashlaringiz uchun arabiy Qur'on tarzida nozil qildik.




  1. Biz Sizga ushbu Qur'on (surasi)ni vahiy qilishimiz bilan birga go'zal qissani aytib berurmiz. Siz esa undan (vahiydan) oldin bexabarlardan (biri) edingiz.




  1. Eslang, Yusuf (o'z) otasi (Ya'qub)ga dedi: "Ey, otajon! Men (tushimda) o'n bitta yulduz, quyosh va oyning menga sajda qilgan hollarida ko'rdim".




  1. (Otasi) aytdi: "Ey, o'g'ilcham! Tushingni akalaringga* so'zlab bermagin! Aks holda senga qattiq makr qilishadi. Zero, shayton insonga aniq dushmandir*.



Izoh: Akalarining ismlari - Rubil, Sham'un, Loviy, Yahudo, Zabulun, Yashjar bo'lib, bu oltovlon Ya'qub (a. s.)ning Layyo degan xotini (tog'asining qizi)dan tug'ilgan. Yana Zulfa va Balha degan cho'rilaridan to'rt o'g'il - Don, Naftoli, Jod, Oshar. Layyo vafot etgandan keyin uning singlisi Rohilga uylanadilar. Undan Yusuf va Binyomin tug'iladi. Hammasi bo'lib Yusufning 10 akasi va bir ukasi bo'lgan. Shu o'nikki birodarlarni "Asbot" deyiladi. Izoh (a): Ya'qub (a. s.) Yusufni aqlzakovati, husnu-siyrati, axloq-odobi yuqori darajada bo'lganidan juda sevar edi. Bu mehrni payqagan akalari Yusufga hasad qilishar edi. Shuning uchun ko'rgan tushini bilsalar, rashk va hasadlari yanada oshib ketmasin, deb, uni ogohlantirib qo'ydi.



  1. Shu (tushingda ko'rganing) kabi Rabbing seni tanlab oladi, senga gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) mazmunini o'rgatadi va ikki bobolaring - Ibrohim va Ishoqqa to'la bergani kabi, senga va Ya'qub nasliga (O'zining) ne'matini to'la baxsh etadi. Albatta, Rabbing bilim va hikmat egasidir".




  1. Haqiqatan, Yusuf va (uning) akalari (qissasi)da so'rovchilar uchun alomatlar bordir.




  1. O'shanda (akalari) aytdilar: "Yusuf va uning ukasi (Binyamin) otamizga bizdan ko'ra suyukliroqdir. Vaholanki, biz bir to'p (ko'pchilik)miz. Haqiqatan, otamiz aniq gumrohlik uzradir. "




  1. (Bir-birlariga): "Yusufni o'ldiringiz yoki uni biror yerga chiqarib tashlangiz, shunda otangiz o'zi sizlarga ortar (faqat sizlarga mehr qo'yar). Undan keyin (yana) solih (kishi)lar qavmi bo'lursizlar".



Izoh: Bu maslahatni Sham'un ismli akasi yoki shayton bergan degan rivoyatlar bor.



  1. Ulardan bir so'zlovchi dedi: "Yusufni o'ldirmangiz, balki agar qilmoqchi bo'lsangiz, uni quduq qa'riga tashlangiz, (shunda) uni ba'zi yo'lovchilar olib ketar!"




  1. Dedilar: "Ey, otamiz! Nechun Siz Yusufni bizga ishonmaysiz? Axir, biz unga juda xayrixohmiz-ku!




  1. Ertaga uni biz bilan birga jo'nating, yayrab o'ynasin! Biz uning uchun qo'riqlovchilarmiz".




  1. (Ya'qub) dedi: "Uni olib ketishingiz meni juda tashvishlantiradi, sizlar undan g'aflatda bo'lgan chog'laringda uni bo'ri yeb qo'yishidan qo'rqaman".




  1. Aytdilar: "Agarda biz bir to'da bo'la turib, uni bo'ri yeb ketsa, unda biz rosa ziyon ko'ruvchilar bo'lib qolamiz-ku?!"




  1. Bas, uni olib ketishgach va uni quduqning qa'riga tashlashga kelishib olishgach (uni amalga oshirdilar), (Biz) unga: "Akalaringga bu ishlari to'g'risida (kezi kelganda), albatta, xabar berursan, lekin ular (haqiqatni) sezmaydilar", - deb vahiy qildik.




  1. Otalari huzuriga oqshom paytida yig'lab kelishdi.




  1. Aytdilar: "Ey, otamiz! Biz Yusufni matohlarimiz oldida qoldirib quvlashib ketsak, uni bo'ri yeb ketibdi. Rost gapirsak ham, (baribir) siz bizga ishonuvchi emassiz".




  1. Uning ko'ylagi uzra soxta qon bilan keldilar. (Ya'qub) dedi: "Yo'q! Sizlarni (o'z) nafsingiz (bunday mudhish) ishga undagan. Bas, (mening burchim) chiroyli sabrdir. Sizlar tavsiflayotgan narsa ustidan Alloh (menga) madadkordir".



Izoh: Soxta qondan murod kiyimlarini bir qo'zichoq qoniga bo'yab kelganlaridir.



  1. (Yusuf uch kun yotgach) bir karvon keldi. Suv keltiruvchini yuborgan edilar, u chelagini (quduqqa) tushirgach: "Xushxabar! Bu bola-ku!" -dedi. Uni matoh sifatida maxfiy tutdilar. Alloh esa qilayotgan ishlarini biluvchidir.



Izoh: Matoh sifatida bozorga olib borib sotib yuborish niyatida yashirib qo'ydilar.



  1. Uni (Misrda) arzon - sanoqli dirhamlarga sotdilar va (bu ishda go'yo) tarki dunyochilardan bo'ldilar.




  1. Misrda uni sotib olgan kishi (shahar hokimi Qitfir) xotini (Zulayxo)ga: "Unga yaxshi joy ber, zora bizga foydasi tegsa yoki o'g'il qilib olsak", - dedi. Shunday qilib, Yusufni yerga (Misrga) joylashtirdik va gaplar (tushlar yoki ilohiy kitoblar) ta'vili (mazmuni)ni bildirishimiz uchun (shunday qildik). Alloh (O'z) ishida g'olibdir, lekin odamlarning aksariyati (buni) bilmaydilar.




  1. Voyaga yetgach, unga hukm (hakamlik) va ilm ato etdik. Chiroyli ish qiluvchilarni shu tarzda mukofotlaymiz.




  1. U (Yusuf) uyida bo'lgan ayol (Zulayxo) undan nafsi (jinsiy yaqinlik qilishi)ni talab qildi va eshiklarni qulflab: "Qani kel!" -dedi. (Yusuf) dedi: "Alloh saqlasin! Axir, u (ering) xojam-ku?! Menga yaxshi joy bergan bo'lsa?! Zolimlar, zotan, iqbolsiz bo'lurlar!"



Izoh: Oyatdagi "zolimlar"dan murod xoinlar yoki zinokorlardir.



  1. (Zulayxo) unga moyil, u (Yusuf dili) ham bunga moyil bo'lgandi*. Agar Rabbining hujjatini* ko'rmaganda (bo'lar ish bo'lar edi). Shu tarzda undan yomonlik va fahshni burib yubordik. Albatta, u (dili) xolis bandalarimizdandir.



Izoh: Yusufdagi moyillik dilda hosil bo'ladigan, lekin uni ijro etish niyati bo'lmagan moyillik edi. Zulayhodagi moyillik esa uni amalga oshirish niyati bilan edi. Izoh (a): Rabbining hujjati - otasining siymosi, ya'ni mazkur
moyillik paydo bo'lgan zahoti bexos ko'zlariga otasi Ya'qub (a. s.) ning yuzlari ko'rinib, go'yo "bu ishdan qayt!"
- degandek tuyuldi.



  1. (Ikkisi) eshik tomon quvlashib ketdi (Yusuf qochdi, u quvdi) va (Zulayxo) uning ko'ylagini orqa tomondan yirtib yubordi. Eshik oldida xojasi (eri)ga yo'liqdilar. (Zulayxo) dedi: "Oilangga yomonlikni ravo ko'rgan kishining jazosi faqat hibsga olinish yoki alamli azobdir".




  1. (Yusuf) dedi: "Uning o'zi mendan nafsim (jinsiy yaqinlik qilishim)ni talab qildi". Uning (Zulayxoning) qarindoshlaridan biri* guvohlik berib: "Agar uning ko'ylagi old (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) rost so'zlagan, u (Yusuf) esa yolg'onchilardandir.



Izoh: Guvohlik bergan qarindoshi o'z amakisining norasida o'g'li edi.



  1. Bordiyu ko'ylagi orqa (tomon)dan yirtilgan bo'lsa, u (Zulayxo) yolg'on so'zlagan, u esa rostgo'ylardandir".




  1. (Zulayxonining eri uning) ko'ylagi orqa tomonidan yirtilganini ko'rgach: "Albatta, bu siz (ayollar)ning makrlaringizdir. Haqiqatan, sizlarning makringiz ulkandir.




  1. Yusuf! Bu (ish)ni qo'ygin, sen esa (ey, Zulayxo) gunohing uchun kechirim so'ra. Zero, sen yanglishganlardan bo'lding", - dedi.




  1. Shahardagi ayollar: "Hokimning xotini o'z xizmatkori bilan o'ynashmoqchi bo'libdi. Yuragidan urib qo'yibdi. Albatta, biz uni aniq adashganlikda deb bilurmiz", - dedilar.




  1. Bas, (Zulayxo) ularning makrlarini eshitgach, ular huzuriga (odam) yubordi va ularga suyanib o'tiradigan joy hozirladi hamda ulardan har biriga bittadan pichoq berib (Yusufga): "Ular huzuriga chiqqin!" - dedi. Bas, uni ko'rishgach, unga mahliyo bo'ldilar va qo'llarini kesib oldilar hamda : "YO, Alloh! Bu bashar emas! Bu (azizu) mukarram farishtaning o'zginasi-ku!" - dedilar.




  1. (Zulayxo) dedi: "Meni u to'g'rida malomat qilganlaring shu (yigit)dir. Haqiqatan, undan nafsi (jinsiy yaqinligi)ni talab qilganimda, u saqlandi. Qasamki, agar (u) mening buyrug'imni bajarmas ekan, albatta, u zindonband qilinib, haqirlardan bo'lib qolur".




  1. (Yusuf) dedi: "Ey, Rabbim! Menga taklif etishayotgan narsadan ko'ra zindon ma'qulroqdir. Agar ularning makrlarini mendan darig' tutmasang, ularga moyil bo'lib, johillardan bo'lib qolurman".




  1. Bas, Rabbi (duosini) ijobat qildi va u (ayol)larning makrlarini undan bartaraf etdi. Albatta, U eshituvchi va biluvchidir.




  1. So'ngra ularga (Misr hokimi va uning a'yonlariga) alomatlarni ko'rganlaridan so'ng uni (ma'lum) bir vaqtgacha zindonband qilib turish (fikri) paydo bo'ldi.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   164   165   166   167   168   169   170   171   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish