Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet166/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

(Ey, Muhammad!) Bular Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. Bularni ilgari na Siz va na qavmingiz bilar edingiz. Bas, sabr qiling! Albatta, oqibat (yutuq) taqvodorlarnikidir.




  1. Od (qabilasi)ga birodarlari Hudni (payg'ambar etib yubordik). U aytdi: "Ey, Qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlarga Undan o'zga iloh yo'qdir! Sizlar (soxta ilohlarni) faqat o'zlaringiz to'qib oluvchisizlar.




  1. Ey, qavmim! Cizlardan (elchilik xizmati uchun) haq so'ramayman. Mening ajrim (mukofotim) faqat meni yaratgan Zot zimmasidadir. Aqlni ishlatmaysizlarmi?!




  1. Ey, qavmim! Rabbingizdan mag'firat (kechirim) so'rangiz, so'ngra Unga tavba qilingiz, shunda U osmondan (yomg'ir) yog'dirar va quvvatingizga quvvat qo'shar. Jinoyatchi bo'lib ketmangizlar!"



Izoh: Istig'for aytib tavba qilish serobgarchilikka, serfarzandlikka sabab bo'lishi to'g'risida Nuh (a. s.) da'vatlarida ham qayd etilgan. (Nuh surasi 10,11,12-oyatlarga qarang).



  1. (Ular) dedilar: "Ey, Hud! Bizga biror hujjat keltirmading. Biz sening (quruq) gaping bilan ilohlarimizni tark etuvchi ham, senga ishonuvchi ham emasmiz.




  1. Biz seni balkim ilohlarimizdan birortasi chalib ketgandir, demoqchimiz. " (Hud) dedi: "Men Allohni guvoh qilaman va sizlar ham guvoh bo'lingizlarki, men sizlar keltirayotgan shirkdan bezorman.




  1. (Zero, u) Allohdan o'zgadir. Bas, endi hammangiz menga makr qilaveringiz, so'ngra menga (uni) kechiktirib o'tirmangizlar!




  1. Men Rabbim va Rabbingiz - Allohga tavakkul qildim. O'rmalovchi (jonivor) borki, uning inon- ixtiyori (tasarrufi) Uning qo'lidadir. Albatta, Rabbim to'g'ri yo'ldadir.




  1. Agar sizlar (imon va tavbadan) bosh tortsangiz, bas, sizlarga yetkazishim topshirilgan narsani sizlarga yetkazib bo'ldim. Rabbim sizlardan boshqa qavmni o'rinlaringizga xalifa qilib keltirur. Sizlar esa Unga zarar yetkaza olmaysizlar. Albatta, Rabbim hamma narsani qo'riqlovchidir".




  1. Amrimiz (shamol azobi) kelgach, Hudni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan (bo'lmish) marhamat tufayli xalos etdik va ularga qattiq azobdan najot berdik.



Izoh: "Madorik tafsiri"da, mo'minlar soni 400 kishi bo'lgan deyiladi.



  1. Ana shular Od (qabilasi)dir. (Ular) Parvardigorlarining oyatlarini inkor etdilar, payg'ambarlariga itoatsizlak qildilar va har qanday zolimu qaysarlarning buyruqlariga ergashdilar.



Izoh: Allohning Od qabilasiga ishorat qilishiga qaraganda, g'azabga uchragan bu qavm asoratlari Rasululloh davrilarigacha ham Yaman tog'larida saqlanib qolgan.



  1. Ularga ushbu dunyoda ham, qiyomat kunida ham la'nat yetib turur. Ogoh bo'ling, albatta, Od (qabilasi) Parvardigorlarini inkor etgan edilar. Ogoh bo'ling, Hudning qavmi Od qabilasi)ga halokat bo'lsin!




  1. Samud (qabilasiga) birodarlari Solihni (payg'ambar etib yubordik). (U) aytdi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningizlar! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'q. U sizlarni yerdan paydo qilib, sizlarni uni obod

etuvchi etdi. Bas, Undan kechirim so'rangizlar, so'ngra Unga tavba etingizlar! Albatta, Rabbim yaqin va (duolarni) ijobat etuvchidir".



  1. (Ular) dedilar: "Ey, Solih! Bundan oldin umid qilinadigan kishi eding. (Endi) bizni bobolarimiz sig'inadigan narsalarga sig'inishimizdan man etasanmi? Biz sen da'vat etayotgan narsangdan shak shubhadamiz".




  1. (Solih) aytdi: "Ey, qavmim! (O'ylab) Ko'rdingizmi, mabodo Rabbim tomonidan hujjatim bo'lib, O'zi tomonidan rahmat (payg'ambarlik) bergan bo'lsa-yu, (men) Unga itoatsizlik qilsam, Alloh (jazosi)dan meni kim yordam beradi (qutqaradi)? Menga ziyondanboshqa(narsa)orttirmayapsizlar.




  1. Ey, qavmim! Mana bu - Allohning mo''jizali tuyasi. Bas, uni Allohning yerida o'tlab yurishiga qo'yib beringlar va unga biror yomonlik yetkazmangizlar. Aks holda sizlarni yaqin azob tutar".




  1. Bas, uni (tuyani) so'ydilar. (Solih) dedi: "Uylaringizda uch kun (hayotdan) bahramand bo'lib turingiz! Bu yolg'ondan tashqari va'dadir".




  1. Buyrug'imiz (azobimiz) kelgach, Solihni va u bilan birga imon keltirganlarni Bizdan bo'lmish rahmat bilan (azobdan) va o'sha kunning sharmandaligidan xalos etdik. Albatta, Rabbingiz kuchli va qudratlidir!




  1. Zulm qilganlarni qichqiriq* tutdi. Bas, (ular o'z) uylarida murdaga aylandilar.



Izoh: Jabroil (a. s.) bir na'ra tortib qichqirgan edilar, ular qattiq ovoz ta'siridan halok bo'ldilar.



  1. Go'yo u yerda (oldin) yashamagandek (izlari o'chib ketdi). Ogoh bo'lingizki, Samud (qabilasi) Parvardigorini inkor etgan edilar. Ogohlaningki, Samud (qavmi)ga halokat yetsin!




  1. Ibrohimga elchilarimiz (farzandli bo'lishi haqida) xushxabar keltirdilar va "Salom!" dedilar. U ham "Salom!" dedi-da, hech qancha vaqt o'tmay, bir buzoq (go'shtining tandir) kabobini keltirdi.



Izoh: Elchilar - Jabroil, Mekoil va Isrofil yoki Jabroil bilan birgan ikki farishta.



  1. Unga (taomga) qo'l cho'zishmaganini ko'rgach, (Ibrohim) ularni yotsiradi va ulardan qattiq qo'rqib ketdi. (Ular) dedilar: "Qo'rqma! Biz Lut (qavmi)ga yuborilganmiz".



Izoh: Ibrohim (a. s.) ning qo'rqib ketganlarining sababi ular ayrim gunohkor ummatlarini halok etgani kelishdimikan, deb o'ylagan edilar.



  1. Xotini (Sora) turgan edi, kulib yubordi. Unga Ishoq (nomli farzand) va Ishoqning orqasidan Ya'qub (ismli nabira berishimiz) haqida xushxabar berdik.




  1. (Sora) dedi: "Voy, o'lmasam! O'zim kampir va bu erim qariya bo'laturib, tug'amanmi?! Bu juda qiziq narsa-ku!"




  1. (Farishtalar) dedilar: "Allohning ishidan ajablanasanmi?! Ey, xonadon ahli, sizlarga Allohning rahmati va barakoti bo'lsin! Albatta, U hamd va ulug'lik egasidir".




  1. Ibrohimdan qo'rquv ketib, unga xushxabar yetgach, Biz bilan Lut qavmi (halokati) to'g'risida bahslasha boshladi.




  1. Albatta, Ibrohim halim, serqayg'u va sertavbadir.




  1. (Farishtalar): "Ey, Ibrohim! Bu (bahs)dan qayt! Zero, Rabbingning amri (Lut qavmiga atagan azobi) kelib bo'lgan. Ularga qaytarilmas azob kelgusidir!"




  1. Elchilarimiz Lutning huzuriga kelganlarida ular sababli (holi) yomonlashdi va ular tufayli tashvish chekdi* hamda "Bu – og'ir kun!" dedi.



Izoh: Tashvishlari - qavmi bularni ham buzib qo'ymasmikan, deb o'ylashlari edi. Zero, ular xushro'y yosh yigitlar shaklida kelgan edilar.



  1. Uning (Lutning) oldiga qavmi yugurib keldilar. Oldindan (ular) yomon ishlar (bachchabozlik) qilar edilar. U (Lut) dedi: "Ey, qavmim! Ana ular qizlarim (Ularga uylaninglar). Ular sizlar uchun pokroqdir*. Bas, Allohdan qo'rqingizlar va mehmonim oldida meni sharmanda qilmangizlar! Sizlarda birorta to'g'ri odam yo'qmi?!" Izoh: Lut (a. s.) o'z qizlarini kofir qavmiga erga berishga rozi bo'lishlarining sababi qadim davrdan to Payg'ambarimiz Muhammad (a. s.) ning ilk da'vat zamonalarigacha musulmon qizni kofirga nikohi joiz bo'lgan. Rasululloh qizlaridan birini Abu Lahabning o'g'liga nikohlab, keyinroq ajratib olganlari Islom tarixidan ma'lum.




  1. (Ular) dedilar: "Bizning qizlaringga hojatimiz yo'qligini bilasan va bizning maqsadimiz ham senga ma'lum".



Izoh: Maqsadlari - erkak jinsi bilan bo'lishlik edi.



  1. (Lut) dedi: "Qani edi, sizlarga quvvatim yetsa yoki bir kuchli suyanchiqqa suyana olsam?!"




  1. (Farishtalar) aytdilar: "Ey, Lut! Biz Rabbingning elchilarimiz. (Qavming) senga sira yeta olmaslar (tega olmaslar). Bas, tunning bir qismida oilangni olib ket! Sizlardan biror kishi ortiga boqmasin! Xotiningni esa qo'yaver! Zero, ularga yetgan narsa (azob) unga ham yetqusidir. Ularga va'da qilingan vaqt bomdod vaqtidir. Bomdod yaqin emasmi?!"




  1. Farmonimiz (azobimiz) kelganida u yerni ostin-ustun qilib yubordik va u yerga qizitilgan g'ishtdan iborat toshlarni paydar-pay yog'dirdik.




  1. (U toshlar) Rabbingiz huzurida belgili qilib qo'yilgan edi. U (toshlar) zolimlarga uzoq emasdir



zoh(a): Har bir toshga bir zolim ismi yozib qo'yilgan edi. Izoh(b): Ya'ni shunday azob Makka mushriklariga yoki har qanday zolimga ham yetishi mumkin.



  1. Madyan (qavmi)ga birodari Shuaybni (elchi - payg'ambar etib yubordik). (U) dedi: "Ey, qavmim! Allohga sig'iningiz! Sizlar uchun Undan o'zga iloh yo'qdir. O'lchov va vazndan urib qolmangiz. Men sizlarni (hozircha) yaxshilik (farovonlik)da ko'rib turibman va men sizlarga (hammani) qamrab oluvchi kun (qiyomat)ning azobi (bo'lishi)dan qo'rqaman.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   162   163   164   165   166   167   168   169   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish