Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Aynan o'shalar Odam zurriyotidan (Idris kabi), Biz Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib (to'fon



Download 0,82 Mb.
bet215/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Aynan o'shalar Odam zurriyotidan (Idris kabi), Biz Nuh bilan birga (kemada) ko'tarib (to'fon balosidan najot bergan) kishilardan (ya'ni, ularning farzandlaridan), Ibrohim zurriyotidan (Ismoil, Ishoq, Ya'qub kabi), Isroil (Ya'qub zurriyotidan bo'lgan Muso, Horun, Zakariyo, Yahyo va Iso kabi) va Biz hidoyat qilgan va tanlab olgan kishilardan bo'lmish Alloh in'om etgan payg'ambarlardir. Ularga qachon Rahmon oyatlari tilovat qilinsa, sajda qilgan va yig'lagan hollarida yiqilurlar.



(Sajda oyati.)



  1. So'ngra ularning ortidan namozni zoye qilgan va shahvatlarga ergashgan kimsalar o'rin oldilar. Endi ular, albatta, yomonlikka (yomon jazoga) yo'liqurlar.




  1. Illo, imon keltirib, ezgu ishlarni qilgan zotlargina (bundan mustasnodirlar). Bas, ular jannatga kirurlar va ularga biror narsada zulm qilinmas.




  1. Ular Rahmon g'oyibona O'z bandalariga va'da qilgan mangu (yashaladigan) jannatlarga (kirurlar). Albatta, Uning va'dasi (o'z vaqtida) keluvchidir.




  1. U joyda ular behuda so'z eshitmaslar, balki salom (eshiturlar, xolos). U joyda ular uchun ertayu kech rizqlari hozirdir.




  1. U - bandalarimizdan taqvodor bo'lgan kishilarga Biz meros qilib beradigan jannatdir.




  1. (Jabroil dedi): "Biz yolg'iz Rabbingiz amri bilangina nozil bo'lurmiz. Oldimizdagi (oxirat) ham, ortimizdagi (dunyo) ham, (ikkisi) o'rtasidagi barcha ishlar ham faqat Uning izmidadir. Parvardigoringiz unutuvchi emasdir".




  1. (U) osmonlar, Yer va ularning orasidagi bor narsalarning murabbiysidir. Bas, Unga ibodat qiling va ibodatida toqatli bo'ling! Unga teng biror (kuch)ni bilurmisiz?!




  1. (Kofir) inson: "O'lganimdan so'ng yana tirik holda (qabrimdan) chiqarilurmanmi?!" - der.




  1. Axir, o'sha inson Biz uni ilgari o'zi hech narsa bo'lmagan paytida yaratganimizni eslamaydimi?!




  1. Bas, (ey, Muhammad,) Rabbingizga qasamki, albatta, Biz ularni shaytonlari bilan birga to'plarmiz, so'ngra (barchalarini) jahannam atrofida tiz cho'kkan hollarida hozir qilurmiz.




  1. Keyin har bir guruhdan qaysinisi Rahmonga qattiqroq osiy bo'lsa, (o'shani) sug'urib olurmiz (va jahannamga oturmiz).




  1. So'ngra, Biz o'zimiz unda (jahannamda) toblanishga loyiqroq kimsalarni yaxshiroq biluvchidirmiz.




  1. Sizlardan har biringiz unga tushuvchidirsiz. (Bu) Rabbingiz (irodasiga binoan) vojib bo'lgan hukmdir.




  1. So'ngra taqvodor bo'lganlarni (undan) qutqarurmiz va zolim kimsalarni tiz cho'kkan hollarida (jahannamda) qoldirurmiz.




  1. Qachonki ularga (insonlarga) aniq oyatlarimiz tilovat qilinsa, kofir bo'lganlar imon keltirganlarga: "Qaysinisi yaxshiroq martaba va go'zalroq manzilda?" - deydilar.




  1. Holbuki, Biz ulardan oldin qancha anjom va ko'rinishlari chiroyli bo'lgan avlodlarni halok qilganmiz!




  1. (Ey, Muhammad,) ayting: "Kim zalolatda bo'lsa, bas, Rahmon uning muddatini uzaytirsin, toki o'zlariga va'da qilingan (dunyo) azobini yoki qiyomatni ko'rganlarida, albatta, kimning martabasi yomonroq va lashkari ojizroq ekanini bilurlar.




  1. Alloh haq yo'ldagi kishilarga yanada hidoyatni ziyoda qilur. Rabbingiz nazdida boqiy ezgu (ish)lar savob jihatidan ham, oqibat jihatidan ham ortiqroqdir".




  1. (Ey, Muhammad,) oyatlarimizga kofir bo'lgan va: "Qasamki, albatta, (oxiratda ham) menga mol- mulk va farzand ato etilur", - degan kimsani ko'rdingizmi?




  1. U g'oyibdan xabardor bo'libdimi yoki Rahmon dargohidan ahd olibdimi?!




  1. Yo'q! Albatta, (Biz) uning aytayotgan so'zini yozib qo'yurmiz hamda unga azobni ziyoda qilurmiz.




  1. U aytayotgan (mol-mulk)ni (Biz) meros olurmiz va u huzurimizga yolg'iz holda kelur.




  1. Ular (Makka mushriklari) Allohni qo'yib, o'zlariga madad bo'lishi uchun "ilohlar" tutdilar.




  1. Yo'q! (Qiyomat kuni butlari) ular qilgan ibodatlarni inkor qilurlar va ularga zid bo'lurlar.

  2. (Ey, Muhammad,) Biz kofirlarga ularni (gunoh ishlariga) qo'zg'atadigan shaytonlarni yuborganimizni ko'rmadingizmi?!




  1. Bas, Siz ularga shoshqaloqlik qilmang! Albatta, Biz ularni (gunohlarini) aniq hisoblab tururmiz.




  1. Taqvodorlarni Biz suvora hollarida Rahmon dargohiga to'playdigan, Izoh: Taqvodorlar tilla tuyalarga mindirilib, Allohning huzuriga olib borilishi to'g'risidagi oyat.




  1. jinoyatchi-kofirlarni esa, Biz jahannamga tushishlari uchun haydaydigan kunni (eslang)!




  1. (U kunda) faqat Rahmon nazdida ahd (izn) olgan kishilargina shafoat qilishga ega bo'lurlar.




  1. (Mushriklar): "Rahmon farzand tutdi", - dedilar.




  1. (Ey, mushriklar,) sizlar shunday og'ir gap aytingizki,




  1. uning (og'irligidan) osmonlar yorilib, Yer bo'linib, tog'lar qulab parchalanib ketayozur.




  1. Sabab - Rahmonga farzand da'vo qilishlaridir.




  1. Rahmon uchun farzand tutish loyiq emasdir.




  1. Osmonlar va Yerdagi bor jonzot (qiyomat kunida) Rahmon (huzuriga) bo'yin sungan holda kelur.




  1. U ularni hisoblab, adadini sanab qo'ygandir.




  1. Ularning barchasi qiyomat kuni yolg'iz holda Uning huzuriga keluvchidir.




  1. Albatta, imon keltirib ezgu (ish)larni qilgan zotlar uchun Rahmon do'stlikni paydo qilur.




  1. (Ey, Muhammad,) albatta, Biz (Qur'on) bilan taqvo egalariga xushxabar berishingiz uchun va sarkash qavmni ogohlantirishingiz uchun uni Sizning tilingizga oson qilib qo'ydik.




  1. Biz ulardan (Makka mushriklaridan) oldin ham qanchalab (itoat etmagan) avlodlarni halok etgandirmiz. Siz ulardan birortasini sezyapsizmi yoki ovozlarini eshityapsizmi?!

TOHA SURASI

To, ho - suraning boshida kelgan bu ikki ramziy arab harflaridan murod nima ekani Allohgagina ma'lum. Lekin ba'zi mufassirlar u Muhammad (a. s.)ning nomlaridan biri deb ham yozganlar. Surada ilohiy ko'rsatmalar bilan bir qatorda Muso bilan birodari Horun, Fir'avn bilan vaziri Homon haqidagi qissa batafsil bayon qilinadi. Muso (a. s.)ning asolaridan sodir bo'lgan mo''jizalar ayni ibrat manbaidir.




Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).



  1. To, ho.




  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizga bu Qur'onni qiynalib mashaqqat chekishingiz uchun emas,




  1. balki (Allohdan) qo'rqadigan kishilar uchun eslatma sifatida nozil qildik.




  1. (U) Yerni va yuksak osmonlarni yaratgan Zot (tomoni)dan nozil qilingandir.




  1. (U) Arsh uzra mustaviy bo'lmish Rahmondir.




  1. Osmonlardagi, Yerdagi va ularning orasidagi hamda zamin ostidagi bor narsa Unikidir.




  1. Agar (Siz) oshkora gapirsangiz ham (yoki xufyona gapirsangiz ham), albatta, U sirni ham, eng maxfiy narsalarni ham bilur.




  1. Alloh - Undan o'zga iloh yo'qdir. Uning go'zal ismlari bordir.




  1. (Ey, Muhammad,) Sizga Muso haqidagi xabar keldimi?




  1. Eslang, u (uzoqdan) bir olovni ko'rib oilasiga: "(Shu yerda) turinglar, men bir olovni ko'rib qoldim, shoyadki sizlarga biror cho'g' olib kelarman yoki shu o't (atrofi)da biror yo'l (ko'rsatuvchi) toparman",- dedi.




  1. Bas, olov (yaqini)ga kelgach: "Ey, Muso!" - deb nido qilindi.




  1. "(Ey, Muso,) Men sening Rabbingdirman. Bas, oyoq kiyimingni yechgin. Chunki sen muqaddas Tuvo vodiysidadirsan.




  1. Men seni (payg'ambarlikka) tanladim. Bas, (O'zingga) yuboriladigan vahiyga quloq tut!




  1. Darhaqiqat, Men Allohdirman! Mendan o'zga iloh yo'q! Bas, Mengagina ibodat qil va Meni eslaganingda namozni ado qil!




  1. Qiyomat albatta keluvchidir. (Lekin) har bir jon qiladigan sa'y-harakati sababli jazolanishi uchun uni (qachon bo'lishini) yashirishni istayman.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   211   212   213   214   215   216   217   218   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish