Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 0,82 Mb.
bet178/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Ular dedilar: "Allohga qasamki, Alloh seni bizlardan afzal qilibdi. Bizlar esa, haqiqatan, xatoga ketganlardan bo'ldik".




  1. U dedi: "Bu kun sizlarga ayblov yo'q. Alloh sizlarni mag'firat qilgay. U rahm qiluvchilarning rahmlirog'idir".




  1. "Sizlar mana bu ko'ylagimni olib borib, otamning yuziga tashlangiz, shunda uning ko'zlari sog'ayur. So'ng barcha ahlu oilalaringiz bilan birga mening oldimga kelinglar".




  1. Karvon (Misrdan) chiqishi bilan otalari (Ya'qub o'z huzuridagi kishilarga): "Men Yusufning bo'yini sezmoqdaman. Meni aqldan ozganga chiqarmasangizlar edi", - dedi.




  1. (Ular) aytdilar: "Allohga qasamki, sen (hali ham) o'sha eski xatoyingda turibsan".




  1. Bas, xushxabarchi kelib, uni (ko'ylakni Ya'qubning) yuziga tashlagach, u ko'radigan bo'lib qoldi. "Sizlarga men Allohning (mehribonligi haqida) sizlar bilmaydigan narsalarni bilurman, demaganmidim", - dedi u.




  1. Ular dedilar: "Ey, ota, (Allohdan) bizlarning gunohlarimizni mag'firat qilishini so'ragin. Albatta, bizlar xato qiluvchilardan bo'ldik".




  1. U aytdi: "Albatta, Rabbimdan sizlarni mag'firat qilishini so'rayman. Albatta, mag'firat qiluvchi va mehribon zot Udir".



Izoh: Otasi, qarindoshlari hammasi Yusufni barhayot ekanini eshitib, shodlanib yo'lga tushdilar. Yusuf esa chegarada bir chodirda ularning kelishiga muntazir edi.



  1. Bas, qachonki, (yetib kelishib) Yusufning huzuriga (chodirga) kirganlarida, u o'zini otaonasining quchog'iga otdi va "Inshoalloh, Misrga tinch-omon kiringlar", - dedi.




  1. (Keyin, Misrga kirib Yusufning saroyiga kelganlaridan so'ng) u ota-onasini o'z taxtiga chiqardi va ular (ya'ni, ota-ona va akalari Yusufga) sajda qilgan hollarida yiqildilar. U dedi: "Ey, otajon, mana shu (qirq yil) ilgari ko'rgan tushimning ta'biridir. Rabbim uni rost qildi. Darhaqiqat, u menga yaxshilik qildi

  • meni zindondan chiqardi, shayton men bilan akalarim orasini buzib ig'vo qilganidan keyin, mana sizlarni sahrodan (Misrga sog'-salomat holingizda) keltirdi. Albatta, Rabbim O'zi xohlagan narsani lutf bilan amalga oshiruvchidir. Albatta, Uning O'zigina bilim va hikmat sohibidir.




  1. Ey, Rabbim! Menga podshohlik ato etding, yana barcha gap (tush)larning ta'vil (ta'bir)laridan menga ta'lim berding. Ey, osmonlar va Yerni ijod etgan zot! Dunyoyu oxiratda O'zing egamdirsan. (Ajalim yetganida) musulmon holimda jonimni olgin va meni solihlar (qatori)ga qo'shgin. "




  1. (Ey, Muhammad,) bu Biz Sizga vahiy qilayotgan g'ayb xabarlaridandir. (Chunki siz Yusufning akalari) makr-hiyla bilan o'zlarining ishlarini tuzib, ittifoq qilishayotgan paytlarida ularning huzurlarida yo'q edingiz.




  1. Odamlarning ko'plari, garchi Siz juda istasangiz-da, mo'min bo'lmaydilar.




  1. Siz ulardan bu (da'vatingiz) uchun biror ajr (haq) so'ramaysiz. U (Qur'on) faqatgina (barcha) olamlar uchun bir eslatmadir, xolos.




  1. Osmonlar va Yerda qanchadan-qancha alomatlar bordir. (Lekin) ular bu oyatlardan yuz o'girgan hollarida (beparvo) o'tib ketaveradilar.




  1. Ularning aksariyati Allohga faqat mushriklik hollaridagina "imon" keltiradilar.



Izoh: Ya'ni Allohning borligiga ishonchlari bo'laturib, Unga shirk keltirdilar.

  1. Yoki ular Allohning azobidan biror qamrab oluvchi (balo) kelib qolishidan yo to'satdan ular sezmagan hollarida qiyomat qoyim bo'lishidan xotirjammilar?!




  1. Ayting: "Mening yo'lim shu! Men va menga ergashganlar aniq hujjat bilan Allohga da'vat etamiz. (Har qanday sherikdan) Allohni pok deb bilaman. (Zero,) men mushriklardan emasman".




  1. (Ey, Muhammad,) Biz Sizdan oldin ham faqat shahar ahllaridan bo'lgan kishilarni payg'ambar qilib, ularga vahiy yuborganmiz. Axir, (odamlar) yer yuzida sayohat qilib, o'zlaridan avvalgi (imonsiz) kimsalarning oqibatlari qanday bo'lganini ko'rsalar bo'lmaydimi? Taqvoli bo'lganlar uchun, shubhasiz, oxirat diyori (bu foniy dunyodan) yaxshiroqdir. Aql yurgizmaysizlarmi?!




  1. Har qachon (o'sha) payg'ambarlar noumid bo'lib: "Bizlar yolg'onchi qilindik", - deb gumon qila boshlaganlarida, ularga Bizning g'alabamiz (yordamimiz) kelib, Biz xohlagan kishilarga najot berilar edi. (Ammo) jinoyatchilar qavmidan Bizning azobimiz qaytarilmas!




  1. Darhaqiqat, ularning qissalarida aql egalari uchun (katta) ibrat bordir. (Ushbu Qur'on) to'qib chiqariladigan gap emas, balki o'zidan oldingi narsalarni (ya'ni, samoviy kitoblarni) tasdiq etuvchi, unga imon keltiradigan qavm uchun barcha narsalarni mufassal bayon qilib beruvchi hidoyat va rahmat (manbai bo'lgan bir Kitob)dir.

RA'D SURASI

Ra'd - momaqaldiroq. Bu nom berilishiga sabab surada hamma mavjudot, hatto momaqaldiroq ham Allohning sha'nini ulug'lab, Unga tasbeh aytib turishi haqida oyat borligidir. Surada imon- e'tiqod, haqiqat bilan botillik o'rtasidagi kurash, hayot va mamot, qiyomat hisoboti va boshqa ilohiy ko'rsatmalar misollar bilan bayon etilgan.




Mehribon va Rahmli Alloh nomi bilan boshlayman.



  1. Alif, Lom, Mim, Ro. Ushbu (sura oyatlari) Kitob (Qur'on) oyatlaridir. (Ey, Muhammad!) Sizga nozil qilingan bu narsa (Qur'on) haqiqatdir, lekin odamlarning aksariyati imon keltirmaydilar.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   174   175   176   177   178   179   180   181   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish