Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc


Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg'onchilik qilganlari sababli ularga, to Uni



Download 0,82 Mb.
bet155/354
Sana16.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#678056
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   354
Bog'liq
XklEfI67uMZfdNUE-5DQbsFT9l0nDvAt543

Allohga bergan va'dalariga xilof qilganlari va yolg'onchilik qilganlari sababli ularga, to Uni uchratadigan kunlari (qiyomat)gacha dillarida munofiqlik bo'lishini qismat qilib qo'ydi.




  1. Allohning ular yashirgan va shivirlaganlarini ham bilishini va Allohning g'ayb narsalarni ham allomasi ekanligini bilmaganmidilar?!




  1. Mo'minlardan ixtiyoriy iona qiluvchilarini va zo'rg'a topib-tutuvchilarni masxaralaydiganlarni Alloh "masxara" qiladi va ular uchun alamli azob (bor)dir.




  1. Ular uchun (Siz) xoh kechirim so'rang, xoh kechirim so'ramang - agar yetmish bor ular uchun kechirim so'rasangiz ham - Alloh sira ularni kechirmagay. Bu ularning Alloh va Rasuliga kufr keltirganlaridandir. Alloh esa fosiqlar qavmini hidoyat qilmagay.




  1. (Jangdan soxta uzrlar bilan) qolganlar Allohning rasuliga xilof qilib o'tirishlaridan (o'zlari) shod bo'ldilar va mollariyu jonlari bilan Alloh yo'lida jihod qilishni yoqtirmadilar. Hamda: "Issiqda (jangga) chiqmanglar!" - deyishdi. Ayting: "Agar anglaganlarida edi, jahannam olovi (undan) issiqroqdir".




  1. Bas, (ular) qilmishlarining jazosi uchun (bu dunyoda) oz kulsinlar va (oxiratda) ko'p yig'lasinlar!




  1. Bas, agar Alloh Sizni (yana) biror toifa (yov)ga (to'qnashish uchun) qaytarganda Sizdan (jangga) chiqishga izn so'rasalar, ayting: "Men bilan birga (endi) sira chiqmaysizlar va Men bilan birga biror dushmanga qarshi urushmaysizlar ham. Zero, sizlar avvalgi gal (jangga chiqmay) o'tirishga rozi bo'ldingizlar. Yana qoluvchilar bilan (qolib) o'tiraveringizlar!"




  1. Ulardan o'lgan biror kishiga zinhor janoza namozini o'qimang va qabri ustida ham turmang! Zero, ular Allohga va Rasuliga kufr keltirdilar hamda fosiqlik hollarida o'ldilar.




  1. Ularning mol-mulklari va farzandlari (ko'pligi) Sizni taajjublantirmasin! Zero, Alloh ularni (shu dunyoda) o'shalar (tashvishlari) sababli azoblashni va kofirlik hollarida jonlari chiqishini iroda etadi.




  1. "Allohga imon keltiringiz va Rasuli bilan birga jihod qilingiz!" - degan (mazmundagi) sura (oyat) nozil qilinsa, ularning iqtidorli (boy)lari (darhol) izn so'rab: "Bizni qo'ygin, o'tiruvchilar bilan birga bo'laylik!" - deydilar.



Izoh: Yana Tabuk voqeasiga doir oyatlar bayon etilmoqda. Kengroq ma'lumot olish uchun suraning 38-39- oyatlari izohiga qaralsin.

O'N BIRINCHI JUZ’


*************************



  1. (Ular) qoluvchi (ayol va bola)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Dillari esa muhrlab qo'yildi. Bas, ular (jihodning fazlini) anglamaydilar.




  1. Lekin, Rasul va u bilan birga imon keltirganlar jonlari va mollari bilan jihod qildilar. Yaxshiliklar ana o'shalar uchundir va tolei yor kishilar ham aynan o'shalardir.



Izoh: Diniy istilohlarga ko'ra jihod uch hil bo'ladi. Birinchisi-Nafs bilan kurashish; ikkinchisi-shayton bilan; uchinchisi-yov bilan kurashish. Qur'oni karim oyatlaridagi jihod-mazkur uch dushman bilan kurashish.
Shahidlikning ko'pgina turlari bo'lgani kabi jihodning ham turlari ko'pdir. Yana Niso surasi 95-oyat izohiga qaralsin.



  1. Alloh ular uchun ostidan anhorlar oqadigan, unda mangu qolinadigan jannat (bog')larni tayyorlab qo'ygandir. Ana o'sha - ulkan yutuqdir.




  1. A'robiy (badaviy)lardan ularga ruxsat berilishi uchun uzr ko'rsatuvchilar keldi va (shunday qilib) Allohga va Rasuliga yolg'on gapirganlar (jangga chiqmay uylarida) o'tirdilar. Albatta, ulardan kofir bo'lganlariga alamli azob yetqusidir.




  1. Zaiflar, bemorlar va (jang uchun) xarj qilishga narsa topa olmaydiganlarga - Alloh va Rasuliga sodiq turgan bo'lsalar - qiyinchilik (majburlik) yo'q. Ezgu ish qiluvchilar (sha'ni)ga (ta'na uchun) yo'l yo'q. Alloh kechirimli va rahmlidir.




  1. Shuningdek, Sizning huzuringizga ularni ulovli qilib qo'yishingiz uchun kelganlarida, "sizlarni ulovli qilishga narsa topa olmayman", - dedingiz. Ular esa sarf qilishga narsa topa olmaganlari uchun g'amgin bo'lib, ko'zlaridan yosh oqib qaytib ketdilar. Ularga ham (ta'na yo'q).




  1. (Ta'na uchun) yo'l - o'zlari boy bo'la turib, Sizdan ruxsat so'raydiganlar (sha'ni)gadir. (Ular) qoluvchi (ayol)lar bilan birga bo'lishga rozi bo'ldilar. Alloh ularning dillarini muhrlab qo'ydi. Bas, ular (shuning uchun savob bilan gunoh farqini) bilmaydilar.




  1. Ular sari qaytganlaringizda, sizlarga uzrlarini aytadilar. Ayting: "Uzr aytmangizlar! Sizlarga sira ishonmaymiz. Alloh bizlarga sizlarning xabarlaringizdan bildirdi. Albatta, Alloh va Rasuli ishlaringizni ko'rar. So'ngra g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot - Alloh)ga qaytarilursizlar. Bas, (U) sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur".




  1. Ular huzuriga qaytganlaringizda ulardan (uzrli deb bilib) beparvo bo'lishlaringiz uchun Alloh (nomi) bilan qasam ichadilar. Mayli, ularga parvo qilmangiz! Zero, ular nopokdirlar. Joylari esa, qilmishlariga yarasha, jahannamdir.




  1. Ulardan qanoat hosil qilishlaringiz uchun sizlarga qasamyod etadilar. Sizlar ulardan qanoatlansangiz ham, Alloh fosiqlar qavmidan sira rozi bo'lmas.




  1. A'robiylar (odatda) kufr va nifoqda kuchliroq va Allohning Rasuliga nozil qilgan narsalar hududini bilmasliklari aniqroqdir. Alloh (esa) ilmli va hikmatlidir.




  1. A'robiylar ichida qilgan sadaqasini zarar (ortiqcha chiqim) deb biladigan va sizlarga musibatlar bo'lishini kutib turadiganlar ham bor. Ularga yomon balo bo'lsin! Alloh eshituvchi va biluvchidir.




  1. A'robiylar ichida Allohga va oxirat kuniga imon keltiradigan, qilgan sadaqalarini Alloh huzurida yaqinlik va Rasul olqishi deb biladiganlari ham bor. Albatta, u ular uchun (Allohga) yaqinlikdir. Alloh ularni, albatta, o'z rahmati (jannati)ga kirgizur. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.




  1. Muhojirlar va ansorlarning dastlabki peshqadamlari hamda ular ortidan ezgulik bilan borganlardan Alloh rozi bo'ldi, ular ham Undan rozi bo'ldilar. Yana ular uchun ostida anhorlar oquvchi, (ular) unda abadiy mangu qoladigan (jannat) bog'larini tayyorlab qo'ydi. Ana o'sha ulkan yutuqdir.




  1. Tevaragingizdagi* a'robiylar va Madina aholisi ichida munofiqlar bor. (Ular) nifoqda bardavomdirlar. Ularni (Siz) bilmaysiz, ularni Biz bilamiz. Albatta, ularni ikki bor azoblaymiz*. So'ngra (qiyomatda) ulkan azob (do'zax)ga qaytarilurlar.



Izoh: Madina tevaragida Asad, G'atfon, Juhayna, Aslam, Ashja', G'ifor qabilalari joylashgan edi. Izoh(a): Ikki bor azoblash deganda, ularni qatl etish bilan qabr azobi yoki munofiqliklarini yuziga aytib, sharmsor qilish bilan qabr azobi yoxud ma'muriy va jinoiy jazolash ko'zda tutiladi. Bundan boshqa ta'villar ham bor.



  1. Yana boshqalari ham borki, gunohlarini tan olurlar. Yaxshi ishni boshqa yomoniga aralashtirib yuborganlar. Alloh ularning tavbalarini shoyad qabul qilsa. Albatta, Alloh kechirimli va rahmlidir.




  1. Mol-mulklaridan ularni u sababli poklashingiz va tozalashingiz uchun sadaqa oling va ular (haqqi)ga duo qiling! Albatta, duoingiz ularga taskin (tasalli)dir. Alloh eshituvchi va biluvchidir.




  1. Ular Allohning bandalari tomonidan (qilinadigan) tavbani qabul etishini, sadaqalarni olishini hamda Alloh tavbalarini qabul etuvchi va rahmli ekanligini bilmaganmidilar?!




  1. Ayting: "Ishlangizlar! Albatta, Alloh, Rasuli va mo'minlar ishlaringizni ko'rajaklar. Shuningdek, albatta, g'oyib va oshkora (ishlar)ni biluvchi (zot) huzuriga qaytarilursizlar. Bas, (o'shanda) sizlarga qilgan ishlaringiz xabarini berur.




  1. Yana Allohning amriga havola etilgan boshqalari ham borki, ularni yo azoblar yoki tavbalarini qabul etar. Alloh bilimli va hikmatlidir.




  1. Yana shundaylar ham borki, ular (mo’minlarga) zarar yetkazish, kufr, mo'minlar orasiga tafriqa solish va oldin Alloh va (Uning) Rasuliga qarshi urushgan (bir) kishiga ko'z tutish uchun masjid qurib oldilar. Yana: "Faqat (bundan) yaxshilikni istagan edik",-deb qasam ham ichadilar. Alloh guvohlik beradiki, ular, albatta, yolg'onchidirlar!



Izoh: Munofiqlar qurgan bu masjid Islom tarixida "Masjidi ziror" nomi bilan tanilgan. Uni Payg'ambarimiz (a. s.) odam yuborib buzdirib, yondirib yuborganlar. Zero, u masjid Qubo masjidi yaqiniga yomon niyatda qurilgan edi. Munofiqlarning bu ishi Allohga ham, Rasuliga ham xush kelmadi.



  1. (Ey, Muhammad,) zinhor (Siz) unda (namoz o'qish uchun) turmang! Birinchi kundan taqvoga asoslangan masjid - Sizning o'shanda turishingiz loyiqroqdir. Unda poklanishni xush ko'radigan kishilar bor. Alloh esa poklanuvchilarni sevar.




  1. Binolarini Allohdan (beriluvchi) taqvo va rozilik asosida qurgan kishi yaxshiroqmi yoki binolariga qulayotgan jar yoqasini asos qilib olgan va shu sababli (o'zi ham) jahannam o'tiga qulagan kishimi?! Alloh zolimlar qavmini hidoyat qilmagay.




  1. Qurgan binolari (buzib tashlangach,) to yuraklari yorilgunga (o'lgunga) qadar dillarida shak bo'lib qolur. Alloh bilimli va hikmatlidir.





  1. Download 0,82 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   354




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish