Agar mushriklardan birortasi Sizdan himoya so'rasa, bas, uni himoyangizga oling, toki u Allohning kalomini eshitsin. So'ngra uni xavfsiz joyiga yetkazib qo'ying! Bu ularning bilmaydigan qavm bo'lganlaridandir.
Alloh nazdida va Rasuli nazdida qanday ham mushriklarda ahd (vafo) bo'lsin?! Ammo sizlar (bilan) Masjidi Harom (Ka'ba) oldida ahdlashganlar esa, modomiki (ular ahdlarida) sizlar uchun to'g'ri turar ekanlar, (sizlar ham) ular uchun to'g'ri turingiz! Albatta, Alloh taqvodorlarni sevgay.
(Ha) qanday ham?! Vaholanki, agar sizlarni yengsalar, sizlar uchun na ahdni va na shartni rioya qiladilar. Og'izlarida sizlarni rozi qiladilaru, dillari inkor etib (jirkanib) turadi. Aksariyatlari fosiq (itoatsiz)dirlar.
Allohning oyatlarini ozgina bahoga sotadilar-da, Uning yo'lidan (odamlarni) to'sadilar. Ularning qilmishlari naqadar yomon?!
Mo'min (odam) uchun na ahdga va na shartga rioya qiladilar. Ana o'shalar tajovuzkor (ham)dirlar.
Agar tavba qilsalar va namozni mukammal ado etib, zakot bersalar, u holda (ular) sizlarning din jihatdan birodarlaringizdir. Biladigan qavm uchun oyatlarni batafsil bayon eturmiz.
Agar ahdlashganlaridan keyin (uni) buzsalar va sizlarga diningizni ta'na qilsalar, unda (bu kabi) kufr peshvolariga qarshi jang qilingiz! Zero, ular uchun (hech qanday muqaddas) qasamlar yo'qdir. Shoyad (shunda qilmishlaridan) qaytsalar.
Do'stlaringiz bilan baham: |