14. O'shanda Biz ularga ikkita (elchi)ni yuborganimizda (ular) ikkisini yolg'onchiga chiqarishgach,
uchinchi (elchi) bilan quvvatlantirdik. Bas, (uchchala elchi Antokiya ahliga): "Haqiqatan, biz sizlarga
(yuborilgan) elchilarmiz", degan edilar.
15. Ular: "Sizlar ham xuddi bizga o'xshagan odamlarsiz. Rahmon (Alloh) biror narsa (vahiy) nozil
qilgani yo'q. Sizlar faqat yolg'on so'zlamoqdasizlar", - dedilar.
16. (Elchilar) aytdilar: "Rabbimiz bilurki, bizlar, albatta, sizlarga (yuborilgan) elchilardirmiz!
17. Bizlarning zimmamizda faqat (Allohning vahiysini sizlarga) aniq yetkazishgina bordir".
18. (Ular) dedilar: "Bizlar sizlardan shumlanmoqdamiz.
Ј
asamki, agar (da'vatlaringizni)
to'xtatmasangizlar, sizlarni, albatta, toshbo'ron qilurmiz va sizlarga biz tomondan alamli azob yetar".
19. (Elchilar) aytdilar: "Shumlanishingiz o'zlaringiz bilandir. Sizlarga nasihat qilinsa
(shumlanasizlarmi)?! Yo'q, sizlar haddan oshgan qavmdirsiz!"
20. (Shu payt) bir kishi shaharning ichkarisidan shoshgancha kelib, dedi: "Ey, qavmim, (bu) elchilarga
ergashinglar!
21. O'zlari hidoyatda bo'lgan va sizlardan haq so'ramaydigan zotlarga ergashinglar!"
Izoh: Bu taklifni xaloyiqqa aytgan kishi Habib ismli bir xudojuy duradgor bo'lib, u shahar chetida yashar edi.
22. (U yana aytdi): "Nega men o'zimni yaratgan Zotga ibodat qilmayin? (Sizlar ham) Ungagina
qaytarilursizlar.
23. Men Undan O'zgalarni iloh qilib olaymi?! (Holbuki), agar Rahmon menga biror zarar yetkazishni
istasa, u ("iloh")larning shafoatlari menga biror foyda bera olmas va ular meni (azobdan) qutqara
olmaslar.
24. U holda men, albatta, aniq zalolatda bo'lurman-ku!
Do'stlaringiz bilan baham: |