Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon: Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com
кутубхонаси
482
izhor etishi talab etiladi.
* * *
Vaqorli, og'ir, sokin, sabr-bardoshli bo'lmog'i lozim.
* * *
Abdulloh ibn Masu'd (r. a. ) aytgan ekanlar: “Hofizi Qur'on doimo boshqalardan qandaydir
xususiyatlari bilan
ajralib turishi kerak. Masalan, tunda odamlar uxlaganda u Qur'on tilovati bilan bedor, kunduzi odamlar
ovqatlanganda, u ro'zador, odamlar g'aflatda o'yin-kulgi bilan band, u esa oxirat tashvishi bilan g'amgin,
odamlar turli bema'ni gaplar bilan mashg'ul, u esa tafakkur og'ushida sokit”.
* * *
Hasan ibn Ali (r. a. ) demishlar: “Sahobalar Qur'onni Allohdan
kelgan maktub deb bilar, tunlari uni o'qib
chiqib, kunduzi uni hayotga tatbiq etar edilar”.
* * *
Fuzayl ibn Iyozdan naql etilibdurki, hofizi Qur'on hojat so'rab hech kimning huzuriga, hech qanday amaldor
oldiga bormasligi lozim. Zero, u islom tug'ini ko'tarib
yuruvchi insondurki, unga chalg'ish ham, xayolini
parishon qilish ham mumkin emas.
* * *
Hofizi Qur'on Allohning kalomini zinhor tirikchilik vositasi qilib olmasligi kerak. Hadisi sharifda voridkim:
“Qur'onni o'qinglar, lekin, u tufayli rizq yemanglar, uning qiroatini tark etmanglar va unda g'uluvga ketib, og'ib
ketmanglar”.
IZOH:
Bundan xatmi Qur'onlarda qorilarga ixtiyoriy ravishda beriladigan pul va buyumlarni olish joiz emas
degan xulosa chiqarmaslik kerak. Balki, oldindan ma'lum miqdordagi summaga shartlashmagan,
aksincha,
qorilarga hadiya sifatida ixlos bilan berilgan ashyolar mubohdir, inshoallohu taolo. Shuningdek, Qur'on ta'limi
uchun haq olishning joizligi yuqorida zikr etildi.
* * *
Qorilar Qur'onni muntazam, takror va takror o'qib turishlari lozim. Salafi
solihlar ichida bir oyda, bir haftada,
uch kunda, bir kechada bir bor xatmi Qur'on qiladiganlar bo'lgani manbalarda ko'rsatilgan. Bir kechayu
kunduzda sakkiz marta xatm qiluvchilar ham bo'lgan ekan. Har shom bilan xufton o'rtasida bir bor xatm
qiluvchi bo'lganlardan
Mujohid ibn Jubayr, Ali Azdiyni, bir rakaatda xatmi Qur'on qilganlardan Usmon ibn
Affon, Tamim ad-Doriy, Said ibn Jubayrlarni misol tariqasida keltirish mumkin. Lekin,
salafi solihinlarning
ko'pchiligi bir haftada bir xatm qilishni ma'qul ko'rganlar. Yana debdurlarki, ilmu fan bilan shug'ullanuvchi
olimlar Qur'onni xatm qilishda vaqtni chegaralamaganlari yaxshi. Ular ilmiy ishlariga xalal yetkazmagan holda
xatm muddatini o'zlari belgilashlari lozim.
Mazkur zotlarga Alloh taolo g'ayri oddiy iqtidor ato etgani bois oz muddatda ko'p zikr va qiroat qila bilganlar.
Lekin, oddiy qorilar uchun xatmi Qur'onga uch kundan kam vaqt ajratish joiz emas. Zero, hadisi sharifda: “Har
kim Qur'oni karimni uch kundan kam vaqtda o'qib chiqqan bo'lsa, demak hech narsa tushunmabdi” – deganlar
(Imom Abu Dovud, Termiziy rivoyatlari).
* * *
Qur'onning hammasini yoki ba'zisini yodlab, so'ngra
esidan chiqarib, unutib yuborgan kishilarga nisbatan
oxiratda qattiq uqubatlar bo'lishi hadisi shariflarda ta'kidlangan.