Qur’oni karim ma’nolari tarjimasi. Tarjimon:
Abdulaziz Mansur
www.ziyouz.com
кутубхонаси
429
20. Tog’lar ham (joylaridan) jildirilur. Bas, u sarobga aylanib qolur.
21. Albatta, jahannam poylovchi,
22. haddan oshganlar uchun qaytish joyidir.
23. (Ular) u joyda uzoq zamonlar (abadul-abad) qoluvchidirlar.
24. U joyda sovuqlik va ichimlikni totmaslar
25. Faqat qaynoq suv va yiringnigina (toturlar).
26. (Mana shu qilmishlariga) loyiq jazodir.
27. Chunki, ular (Qiyomatdagi) hisob-kitobdan umid qilmas edilar.
28. Oyatlarimizni butunlay inkor etar edilar.
29. Holbuki, Biz barcha narsani hisob-kitob qilib, (yozib) qo'ygandirmiz.
30. Bas, (ey, kofirlar, azobimizni) totib ko'ringlar! Endi sizlarga faqat azobnigina ziyoda qilurmiz.
31. Albatta, taqvodor zotlar uchun (jannatda) yutuq bordir.
32. Ya'ni bog’lar va uzumlar,
33. (yosh va husnda) tengqur, bo'liq siynali (hur qiz)lar
34. va (sharob) to'la qadahlar bordir.
35. Ular u joyda biror behuda va yolg’on so'z eshitmaslar.
36. (Bu) Rabbingiz (tomoni)dan bo'lmish mukofot va hisob(-kitob)dir.
37. (U) osmonlar va Yerning hamda ularning o'rtasidagi (bor) narsaning Parvardigori Mehribon zotdir.
Undan (izn bo'lmaguncha) so'zlashuvga ega bo'lmaslar.
Do'stlaringiz bilan baham: