Microsoft Word quran uz abd mansur ziyouz com doc



Download 1,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/744
Sana20.07.2022
Hajmi1,61 Mb.
#829608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   744
Bog'liq
quron

www.ziyouz.com
кутубхонаси
3
FOTIHA SURASI
Bu sura Qur'on nusxalarida Makkada nozil qilingan deb kelinayotgan bo'lsada, tafsir va hadislarda u Madinada 
ham takroran nozil qilingan, deyiladi. Shuning uchun ham bu suraning nomlaridan biri - "Sab'ul-masoniy", 
ya'ni "ikki bor nozil qilingan yetti oyat" demakdir.
Suraning o'nga yaqin nomlari bo'lib, ulardan eng mashhuri "Fotiha", ya'ni, "ochuvchi" - suralarning joylashishi 
bo'yicha avvalida qo'yilgani uchun unga shu nom berilgan. "Al-Hamdu" so'zi bilan boshlangani uchun bu nom 
bilan ham ataladi. Islom dini mafkurasi va ahkomlarini muxtasar shaklda o'zida mujassam etgani uchun 
"Ummul-Qur'on", ya'ni "Qur'onning onasi" nomi berilgan. Mazkur yetti oyatni sharhlab ba'zi mufassirlar bir 
necha jildlik asar yozib qoldirganlar.
"Bismillohir Rahmonir Rahim" oyati "Fotiha" surasining tarkibiga kiradimi yoki u keyin qo'shib qo'yilganmi 
degan masalada mujtahidlarning ba'zilari uni shu suradan deb sanaganlar. Boshqalar esa Qur'ondagi 113 ta sura 
boshlanishidagi hamma "Bismilloh"lar ham suralarining tarkibiy qismidan emas, balki ularni bir-biridan ajratib 
turuvchi - fosila sifatida joylashtirilgan, deganlar. "Bismilloh" oyati faqat bir joyda - Naml surasining 30-
oyatida kelgan, deb ta'kidlaydilar.
Abu Hanifa (Imom A'zam) ham shu fikrda bo'lganlar. Shuning uchun Hanafiy mazhabiga mansub xattot va 
noshirlar tomonidan ko'chirilgan va chop etilgan Qur'on nusxalarida, xususan Turkiya va Pokistonda nashr 
etilgan nusxalarda "Fotiha" surasining boshida kelgan "Bismilloh"ga raqam qo'yilmaydi. Arab dunyosida 
chiqadigan Qur'onlarda esa unga birinchi raqam, "Fotiha" surasining birinchi oyatiga esa 2 raqamini qo'yadilar.
Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman). 
1. Mehribon va rahmli Alloh nomi bilan (boshlayman).
 
2. Hamd olamlar Rabbi - Allohgakim, 
Izoh: 
Hamd so'zi arabcha bo'lsada, musulmon xalqlari tilida ko'p ishlatilishi va uning mazmuni ham bir qadar 
tushunarli bo'lib ketgani uchun tarjimasiz o'zi berildi. Aslida hamd - bu maqtov demakdir. Lekin bu maqtov 
Allohgagina xosdir. Ya'ni, Allohdan boshqaga hamd so'zini ishlatilmagani ma'qul. Zero, hamd - bu 
maqtaluvchidagi yaxshi sifatlarni har qancha ta'rif va tavsif qilsa ham ozlik qilishini anglatadi. Insonni 
maqtaganda esa madh so'zini ishlatgan ma'qul. Zero, madh - bu maqtaluvchida mavjud bo'lmagan yaxshi 
sifatlarni ham qo'shib maqtashdir. Oyatdagi "olamlar"dan murod butun mavjudotdir. 

Download 1,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   744




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish