BA’ZI NOZIK ODATLARNING O’RINLARI
Ikki kishi birga yurgan vaqtda o‘ng yoqda va agar uch kishi bo‘lsalar, ikkisining
o‘rtasidan bormoq yaxshidur. Ko‘chada ulug‘ bir kishi ila yurganda qanday bo‘lsa ham
undan bir oz orqada qolib yurmak kerakdir. Ko‘pchilik orasida bir narsa yemak, kim
bo‘lmasin, qanday narsa bo‘lmasin barmoq ila turtib ko‘rsatmak va yo‘lda uchragan
kishilarni ko‘ruv uchun ortiga aylanib boqmak tarbiyasizlik bo‘lganligidan bu ishlarni
qilmak hech bir durust bo‘lmas.
Nasli, boyligi va qarindoshlari ila maqtanmak takabburlik yoki ahmoqlik qilmakliqdir.
Mehmon chaqirgan yoki uyiga bir mehmon keluvini bilgan yurt egasi xotun yaltiroq
ziynatlar ila mehmonlardan ortiq bo‘lmasligi, oddiygina bir ravishda kiyinmagi lozimdir.
Yozilgan xatlarni diqqat ila yozmak, o‘ylab yozishga tirishmak ko‘p kerakli bir ishdir.
To‘rt yo‘lli bir oddiy maktubcha qanday o‘qib, qanday tarbiya ko‘rganingizni ko‘rsatadir
va o‘ylamay yozilgan bir necha so‘z sizni aybli qilib, obro‘yingizni tushirurga yetadir. So‘z
havo kabidir, lekin yozilsa yo‘qolmas. O’z nomingizga yozilmagan xatlarni ochish, imzo
chekmasdan xat yozmak ham yaxshi emas. Imzosiz, sirli suratda xat yozmak nomussiz,
uyatsiz kishilarning ishidir. Har bir ona qiziga yuborilgan xatlarni o‘qib yoki o‘qitib, nima
to‘g‘rida ekanligini bilmakka burchlidir. Agar sizga bir necha kishi yonida xat berilsa, uni
aslo ochib o‘qimangiz, agar tez javobini kutib tursalargina ul xatni o‘qishga ruxsat
so‘rangiz.
Musofir bo‘lib do‘stlaringiz uyiga borsangiz yoki ular tarafidan chaqirilsangiz, ularning
har bir ishiga qarashingiz. "Mehmon bo‘lsang, muloyim bo‘l", deganlar. Ularning
xizmatchilarini xizmatga qo‘shmangiz, sizni qo‘ygan xonalaridagi o‘rin va boshqa
asboblarni kir qiluvdan, buzuvdan ehtiyot bo‘lingiz.
Vasvasali, g‘amgin-kasalmand bo‘lgan kishilar majlisga bormasligi kerak. Chunki
borsalar ham o‘zlarini, ham boshqa mehmonlarni betinch qilurlar.
Hifz-i sihat. Hifz-i sihat bizning sihatu salomatligimizni saqlovga o‘rgatuvchi bir ilmdir.
Odamga kelgan og‘riqlarni bitiruvga mumkin qadar xizmat qilgan narsa hifz-i sihatdir.
Tozalik sihatu salomatlikning kerakli bir shartidir. Tozalikning qurollari ikkitadir: tahoratu
hammom. Yozdagidek qish kunida ham bizga farz bo‘lgan besh vaqt namoz uchun
tahorat oluvdan hech bir erinmaslik kerak. Havo teriga yopishib, uni kirlantira turgan
chang-g‘uborni o‘z ichiga olganidan besh vaqt namoz uchun olingan tahorat terini toza
tutuvga ham Allohning amrini o‘rniga keltirchakka sabab bo‘lur.
Tozalik uchun hammom eng yaxshi narsadir. Lekin unda yarim soat yoki chorak kam
Qizlar tarbiyasi. Aliy Nazimo
Do'stlaringiz bilan baham: |