Ishchi kitob varaqlari bilan ishlash
EXCEL dasturi yuqoridagi 1-chi usul bilan yani Пуск tugmasi orkali ishga tushirilganda avtomatik ravishda yangi ishchi kitob yaratiladi va unga «Книга 1» nomi beriladi. Elektron jadvalda yaratilgan fayl ishchi kitob deb yuritiladi, u 16 tagacha ishchi varaqlardan iborat bo‘ladi, buni jadval pastidagi satrdan va ishchi varaqlardan biri aktiv ekanini ham shu satrdan ko‘rishimiz mumkin. Ishchi varaklar «Лист 1», «Лист 2» kabi nomlangan bo‘ladi. Boshqa varaqni faollashtirish uchun unda sichqoncha tugmasini chertish kerak. Klaviatura yordamida o‘tish pastdagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |