Bir joyda bo‘lmagan kataklar guruhlarini ajratish
Yuqoridagi usul bilan jadvalning faqat bir joyida kataklar guruhini ajratish mumkin. Boshqa bir guruhni ajrata boshlasak, avvalgi ajratish bekor qilinadi. Bir-biriga qo‘shni bo‘lmagan bir necha kataklar guruhini tanlash uchun birinchi kataklar guruhini ajratib, so‘ng Shift-F8 ni bosamiz. Holat satrida DOB so‘zi ajratiladi, bu qo‘shni bo‘lmagan kataklar guruhlarini ajratish belgisidir. Endi boshqa oraliqlarni Ctrl tugmasini bosgan holda sichqoncha yordamida ajratishimiz mumkin. Bir joyda bo‘lmagan kataklar guruhi ustida nusxalash, ko‘chirish amallarini bajarib bo‘lmaydi, ularni olib tashlash, formatlash, malumot kiritish amallarini bajarish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |