Microsoft Word Pochta aloqalari doc



Download 1,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet83/123
Sana14.07.2021
Hajmi1,11 Mb.
#119215
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123
Bog'liq
pochta xizmati texnologik jarayonlari kasb-hunar kollejlari uchun oquv qollanma (1)

 
NAZORAT SAVOLLARI 
 
1. Mayda paketlarda qanday joylanmalar jo‘natish mumkin? 
2. Mayda paketlarning manzil tomonida qanaqa belgilar qo‘yiladi? 
3. Mayda paketni qabul qilishda pochta haqi qaysi tartibda 
hisoblanadi? 


 
143
4. Mayda paketlarni qiymati e’lon qilingan banderoldan farqlarini 
aytib bering? 
5. Mayda paketlarni qabul qilishda jo‘natuvchiga qaysi chipta 
daftaridan chipta beriladi va unda qanaqa belgilar yoziladi? 
6. Mayda paketni qabul qilishda qaysi pochta blankalaridan 
foydalaniladi? 
 
 
3.4 Qiymati e’lon qilingan xatlarni qabul qilish,  
ishlov berish va topshirish 
 
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlar ochiq holda, qalin qog‘ozli 
konvertlarda qabul qilinadi. 
Qiymati e’lon qilingan xatlarga jo‘natuvchi ikki nusxada 107-
shakldagi ro‘yxatni tuzadi. 
Xatni qabul qilishda aloqa xodimi quyidagilarni bajarishi shart: 
a) Qo‘llanma bo‘yicha qiymati e’lon qilingan xatlarni mo‘ljallangan 
mamlakatga qabul qilish belgilanganligini; joylangan buyumlarni 
yuborishga ruxsat berilganligini; ular bahosining summasi belgilangan 
me’yoriy summadan yuqori emasligi; pochta jo‘natmasining o‘rovi va 
manzillanishi to‘g‘riligini; joylanmani 107-shakldagi ro‘yxat bilan 
solishtirishi; ro‘yxatning ikkala nusxasiga imzo qo‘yishi va taqvim tamg‘a 
izini tushirishi kerak; 
b) xatning e’lon qilingan summasini O‘zbekiston Respublikasi 
markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan va xatni qabul qilish kunigacha 
amalda bo‘lgan so‘mning SDR (bundan buyon matnda – SPZ) rasmiy 
kursiga muvofiq maxsus hisoblash manbaidan foydalanish huquqi (SPZ) 
ga ko‘chirishi va uni pochta jo‘natmasining o‘rovida, e’lon qilingan 
qiymatini aks ettiruvchi summasini rangli qalam bilan chiziq tortib, 
raqamlar yoniga yoki raqamlar ostiga yozishi kerak. Bu ma’lumotlar 107-
shakldagi ro‘yxatda va kvitansiyada ko‘rsatilgan bo‘lishi kerak.  
v) qiymati e’lon qilingan xatning manzil tomonini yuqori chap 
burchagida SN 06 yorliqni yopishtirish yoki yorliq o‘rniga shunday 
shakldagi tamg‘a izini bosish mumkin; 
g) xatda 1-shakldagi daftar kvitansiyasining tartib raqamini (pochta-
kassa apparati, elektron majmuada rasmiylashtirilgan) ko‘rsatish; 
d) manzil tomonining yuqori o‘ng qismida «TR» tamg‘a izini, past 
qismida esa taqvim tamg‘a izini bosish; 


 
144
e) jo‘natuvchi nazoratida ro‘yxat va joylanmani konvertga solib, uni 
yelimlab sug‘urta muhri bilan muhrlash, ro‘yxatning bir nusxasini 
jo‘natuvchiga berish; 
j) xatni tarozida tortib ko‘rish, og‘irligi va e’lon qilingan qiymati 
uchun, shuningdek, buyurtmali uchun to‘lovni aniqlash. To‘lovning 
umumiy summasini raqamlar bilan «TR» tamg‘asi iziga yozish, xatning 
gramm hisobidagi og‘irligini uning manzil tomonidan chap qismida 
ko‘rsatish. 
Qiymati e’lon qilingan xat qabul qilingani to‘g‘risida 1-shakldagi 
daftardan (pochta-kassa apparati, elektron majmuada) kvitansiya beriladi, 
unda qiymati e’lon qilingan ichki xatlar uchun belgilangan ma’lumotlardan 
tashqari mo‘ljallangan mamlakat va maxsus hisoblash manbaidan 
foydalanish huquqidagi e’lon qilingan qiymat summasi ko‘rsatiladi. 
Qabul qilingan qiymati e’lon qilingan xatlar pochta aloqasi 
obyektlari (aloqa bo‘limlari)dan tobeligiga ko‘ra pochta aloqasi obyektlari 
(pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar)ga sug‘urtali qoplarda yuboriladi, 
u yerdan ular yana sug‘urtali qoplarda pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlarining almashuv punktlariga jo‘natiladi. Pochta aloqasi hududiy 
tashkilotlarida yoki viloyat markazlari (Toshkent, Nukus shaharlari) pochta 
aloqasi obyektlarida qabul qilingan qiymati e’lon qilingan xatlar pochta 
aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlariga sug‘urtali qoplarda 
jo‘natiladi. Pochta aloqasi hududiy tashkilotlarining almashuv punktlari 
qiymati e’lon qilingan xatlarni sug‘urtali qoplarda Xalqaro pochtani 
yo‘llash bo‘yicha qo‘llanmaga muvofiq xalqaro pochta almashuvining 
tegishli joylariga jo‘natadi. Qiymati e’lon qilingan xatlarni yopishdan oldin 
16-shakldagi yukxatga quyidagilar yozib qo‘yiladi: jo‘natish raqami, e’lon 
qilingan qiymat summasi. Sug‘urtali qoplar 17-shakldagi yorliqqa 
«Xalqaro» yozuvining qo‘shimcha qilib yozib, umumiy tartibda yopiladi. 
Qiymati e’lon qilingan xatlar topshiriladigan joyning pochta aloqasi 
hududiy tashkilotlari yoki pochta aloqasi obyektlariga pochta aloqasi 
obyektlari (pochta aloqa bog‘lamalari, pochtamtlar, almashuv 
punktlari)dan sug‘urtali qoplarda 16-shakldagi yukxatga raqami, e’lon 
qilingan summasi (SPZ)da va jo‘natilayotgan mamlakat nomi ko‘rsatilib 
qabul qilinadi. Belgilangan joydagi pochta aloqasi hududiy tashkilotlari va 
pochta aloqasi obyektida qiymati e’lon qilingan xatlar joylangan qoplarni 
ochish va ularga ishlov berish ichki sug‘urtali qoplar va qiymati e’lon 
qilingan xatlar uchun belgilangan tartibda amalga oshiriladi. 


 
145
Qiymati e’lon qilingan xalqaro xatlar manzilga eltib berilmaydi, 
balki faqat pochta aloqasi hududiy tashkilotlarida yoki pochta aloqasi 
obyektlarida oluvchi va pochta aloqasi hududiy tashkiloti, pochta aloqasi 
obyekti (pochta aloqa bog‘lamasi, pochtamt)ning nazorat qiluvchi shaxsi 
yoki pochta aloqasi (aloqa bo‘limi) boshlig‘i (o‘rinbosari) ishtirokida 
albatta ochiladi va joylanma ro‘yxat bo‘yicha tekshiriladi. Ochish oldidan 
xatlarning tashqi holati va og‘irligi tekshiriladi. 
Agar qiymati e’lon qilingan xatni topshirishda joylanmaning ro‘yxati 
yo‘q bo‘lsa, u oluvchiga hech qanday to‘siqlarsiz topshiriladi, biroq bu 
haqda 51-shakldagi dalolatnoma uch nusxada tuzilib, unda kelgan 
buyumlarning hammasi ko‘rsatib o‘tiladi. Dalolatnoma aloqa xodimlari va 
oluvchi tomonidan imzolanadi. Dalolatnomaning birinchi nusxasi zarur 
tekshiruv o‘tkazish uchun «O‘zbekiston pochtasi» Ochiq asiyadorlik 
jamiyatiga yo‘llanadi, ikkinchisi oluvchiga beriladi va uchinchisi 22-
shakldagi xabarnomaga ilova qilinadi va pochta aloqasi hududiy tashkiloti 
yoki pochta aloqasi obyektida saqlanadi.  

Download 1,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish