46
umumiy summasi pochta aloqasi hududiy tashkiloti yoki pochta aloqa
bog‘lamasi (pochtamt)ning rahbari tomonidan belgilanadi.
Qiymati e’lon qilingan xat va banderollarni eltib berish uchun
qabul qilishda pochtalyon ularning o‘rovi, muhri, plombasi, tasmasi,
yopishtirmasini diqqat bilan ko‘rib chiqadi, og‘irligining
qanchalik
to‘g‘riligini tekshiradi va 55-shakldagi daftarga qabul qilgan pochta
jo‘natmalarining sonini ko‘rsatib imzo qo‘yadi.
Qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan banderollar
oluvchilarga 22-shakldagi xabarnomaga imzo qo‘yganlaridan so‘ng
beriladi. Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan ban-
derollarning topshirilganligini aloqa xodimi o‘z imzosi bilan tasdiqlaydi.
Joylanmalarning ro‘yxati bilan qabul qilingan qiymati e’lon
qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderollarni oluvchilarga
uylarida topshirishda, ular ochiladi.
Qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan banderolni
topshirishda oluvchining xohishiga ko‘ra ochilmasligi mumkin,
lekin bu
haqda 22-shakldagi xabarnomaga oluvchining imzosi bilan tasdiqlangan
«Davoim yo‘q» degan tegishli yozuv yozib qo‘yilishi kerak.
Jo‘natma o‘rovi shunday kesiladiki, bunda uning muhri va ichidagi
joylanma shikastlanmasligi kerak.
Agar qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon
qilingan
banderollarni ochishda ichidagi joylanmaning kamligi aniqlansa,
bunda 107-shakldagi ro‘yxatga aynan nima yo‘qligi haqida belgi
qo‘yiladi, 107-shakldagi ro‘yxat yo‘q bo‘lganda esa 22-shakldagi
xabarnomaning orqa tomonida joylanmaning mavjudligi ko‘rsatiladi
va bu belgi oluvchi hamda aloqa xodimi tomonidan imzolanadi.
Bunday qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan
banderol pochta aloqasining eltib beruvchi
obyektiga dalolatnoma
tuzish uchun qaytariladi va joylanma pochta aloqasining eltib berish
obyekti tomonidan tuzilgan dalolatnomaning nusxasi bilan birga
oluvchiga topshiriladi.
Eltib berishdan qaytib kelgan aloqa xodimi egalariga topshi-
rilmagan qiymati e’lon qilingan xat va qiymati e’lon qilingan ban-
derollarga 20-shakldagi ma‘lumotnomani tuzadi, xabarnomalarni va
topshirilmagan pochta jo‘natmalarini topshiradi.
Hisobotni qabul qiluvchi aloqa xodimi eltib berilmagan pochta
jo‘natmalarning o‘rovi va muhrlari (tasmalar, plombalar, yopish-
tirmalari) buzilmaganligini, zarur bo‘lganda esa, og‘irligini ham
47
tekshiradi. 55-shakldagi daftarda eltib berilmagan qiymati e’lon qilingan
xat va qiymati e’lon qilingan banderollarning raqamlarini ko‘rsatadi va
hisobotni qabul qilib olganligi haqida imzo qo‘yadi.
Pochta aloqasi obyektlarida qiymati e’lon qilingan xat va qiymati
e’lon qilingan banderollar xuddi uyga eltib berish tartibidagi kabi, lekin
pochta jo‘natmalarining o‘rovida ko‘rsatilgan og‘irligi uning haqiqiy
og‘irligiga muvofiq kelishini tekshirib beriladi. Belgilangan saqlash
muddatlariga rioya qilinmagan holatlarda ularni saqlaganlik uchun
to‘lov undiriladi.
Korxona, tashkilot va muassasalarga qiymati e’lon qilingan xat va
qiymati e’lon qilingan banderollarni bitta xabarnoma bo‘yicha top-
shirishda ko‘rsatilgan hujjatlar to‘g‘risidagi ma’lumot,
olingan pochta
jo‘natmalarining soni va umumiy summasi haqidagi ma’lumot 16-
shakldagi yukxatda vakolatlangan vakillar tomonidan ko‘rsatiladi va
imzolanadi.
«Ekspress» belgili qiymati e’lon qilingan xat va banderollarni
oluvchilarga topshirish pochta aloqasi obyektlarida buning uchun
ajratilgan telegramma-xabarnomalar bo‘yicha amalga oshiriladi. Pochta
jo‘natmalari kelib tushgan kuni olinmay qolsa, ikkinchi kuni bu haqda
oluvchiga pochta jo‘natmasi o‘rovida ko‘rsatilgan telefon raqami orqali
eslatib qo‘yiladi. Telefon raqami yo‘q bo‘lganda, aloqa xodimi oluvchi
yashaydigan xizmat ko‘rsatish hududidagi
pochta aloqasining eltib
berish obyektiga qo‘ng‘iroq qiladi va «Ekspress» belgili pochta jo‘nat-
malarini topshirish to‘g‘risida pochta aloqasi obyektining ish tartibi va
manzilini ko‘rsatgan holda 22-shakldagi xabarnomani yozish uchun
ma’lumotlarni, shuningdek pochta jo‘natmasi olinishi mumkin bo‘lgan
oxirgi muddatni xabar qiladi. Pochta jo‘natmasining o‘rovida 22-shak-
ldagi xabarnomani yozib bergan pochta aloqasining eltib berish obyekti
xodimining familiyasi ko‘rsatiladi. Xabarnoma oluvchiga o‘sha kuniyoq
8-shakldagi daftarga imzo qo‘ydirib eltib beriladi. Uch kun davomida
talab qilib olinmagan pochta jo‘natmalari (bunga jo‘natma kelib tushgan
kun ham kiradi) alohida yukxat bo‘yicha, odatdagi tartibda topshirish
uchun oluvchi yashaydigan xizmat ko‘rsatish
hududidagi pochta
aloqasining eltib berish obyektiga qayta jo‘natiladi.
51-shakldagi dalolatnoma tuzilgan barcha qiymati e’lon qilingan
xat va qiymati e’lon qilingan banderollar uyga eltib berilmasdan,
oluvchilarga pochta aloqasi obyektining o‘zida topshiriladi. Bunday
pochta jo‘natmalari topshirishdan avval oluvchining ishtirokida ochiladi.
48
Agar joylanma beshikast bo‘lsa, pochta jo‘natmasi umumiy belgilangan
tartibda topshiriladi. Joylanma yetishmay qolganda, uning qolgan qismi
51-shakldagi dalolatnomaning nusxasi bilan birga, oluvchi 51-shakldagi
dalolatnomaga imzo qo‘ygandan so‘ng
beriladi va u pochta
jo‘natmasining o‘rovi bilan birga, idoraviy tekshiruv o‘tkazish va natija-
larini oluvchiga ma’lum qilish uchun pochta aloqasi obyekti, pochta
aloqasi hududiy tashkilotining rahbariga topshiriladi.
Agar qiymati e’lon qilingan xat yoki qiymati e’lon qilingan
banderolni pochta aloqasi obyektida ochishda ro‘yxatda ko‘rsatilgan
joylanmaning bir qismi yo‘qligi aniqlansa, bu haqda 51-shakldagi dalo-
latnoma uch nusxada tuziladi va u aloqa xodimlaridan tashqari oluvchi
tomonidan ham imzolanadi. 51-shakldagi dalolatnomaning nusxasi
joylanma
bilan birga oluvchiga beriladi, pochta jo‘natmasining o‘rovi va
dalolatnomaning boshqa nusxalari esa tekshiruv o‘tkazish uchun pochta
aloqasi obyektida qoldiriladi. Joylanmalar ro‘yxatga mos kelsa,
dalolatnoma tuzilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: