birinchisi qalamdir. Unga hamma narsani yozishni buyurdi».
3. Ato dedilar: «Men Valid ibn Uboda ibn As-Somitdan «Otanggizning o‘lim oldidan sizga qilgan vasiyatlari
qanday bo‘ldi?» - deb so‘radim. Ato shunday javob berdi: «Otam meni yonlariga chaqirdilar va dedilar: «Ey
o‘g‘ilcham, Allohdan qo‘rqqin. Bilginki, yolg‘iz Allohga imon keltirmaguningcha va taqdirning yaxshisi ham,
yomonligi ham Allohdan deb bilmaguningcha, ilm ham o‘rgana olmaysan, Allohdan ham qo‘rqmaysan. Men
buni Rasululloh (s.a.v)dan eshitganman. U kishi shunday deganlar: «Alloh taolo hamma narsadan avval
Qalamni yaratdi, unga: «Yoz!» - deb buyurdi. Qalam: «Yo Rabbim, nimani yozaman?» - deb so‘radi.
Alloh unga: «Qadarni yoz!» dedi. Qalam shu onda bo‘lgan va bo‘ladigan barcha narsalarni yozdi».
Alloh taolo qalamni yaratib, unga hamma bo‘ladigan narsalarni yozdirib, keyin yumshoq bulutni yaratdi.
Abu Razin Al-Uqayliy shunday rivoyat qildilar: «Men Rasululloh (s.a.v)dan: «Ey Allohning rasuli, Yeru
osmonlar yaratilmasdan oldin Alloh taolo qaerda edi?», - deb so‘radim. Rasululloh (s.a.v) shunday javob
berdilar:
«Alloh avval tagida ham, ustida ham havo bo‘lgan yumshoq bulut ustida edi. Keyin suv ustida
Do'stlaringiz bilan baham: |