Unga o‘n sahifalik dastur nozil etildi. Bu dasturda Allohga imon keltirish va uning buyruqlariga itoat etish
(ibodat) yozilgan edi.
Ba’zi olimlarning aytishlaricha, Odam (a.s.)ga o‘limtik, qon, to‘ng‘iz go‘shti va birovlarning hayvonlarini
yeyish harom qilingan yigirma bir varaqlik kitob nozil etilgan. (O’sha manba va sahifa.)
Odam (a.s.)ning farzandlari otalari keltirgan shari’atni yaxshi qabul qildilar va amal qildilar. Odam (a.s.)
ming yil umr ko‘rdilar(Abu Ja’far Muhammad ibn Jarir at-Tabariy. Tarix-ul umam val muluk. Misr. 1939. 1-j.
105-bet.)
.
Odam (a.s.)ning qabrlarini ba’zilar Sarandib(Seylon)
dagi Buz tog‘ida, ba’zilar Makkadagi Abu Qubays
tog‘idagi g‘orda, deydilar. Ba’zi rivoyatlarga ko‘ra esa Nuh To‘fonidan keyin Bayt ul-Muqaddasga dafn
etilganlar.(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlas-ul Qur’on. Bayrut. 2001. 14-bet.)
Do'stlaringiz bilan baham: |