Ayyub (a.s.)ga yetgan kasalliklar va og‘riqlar ahli kitoblar tomonidan haddan ortiq bo‘rttirib ko‘rsatilgani ba’zi
mufassirlarning ta’nasiga va inkoriga sabab bo‘lgan. Masalan: ustoz Ahmad Mustafo Al-Marog‘iy o‘zining
«Tafsirul-Marog‘iy» kitobida shunday deydi:
«Ayyub (a.s.)ga yetgan kasallikning odamlar nafrat qiladigan va uni shahardan tashqariga, axlatxonaga
chiqarib tashlaydigan darajada bo‘lishi, undan barcha yaqinlar yuz o‘girishib, faqat xotini Rahimagina uning
oziq-ovqatidan xabar olib turishi to‘g‘risidagi rivoyatlar yolg‘on isroiliy rivoyatlardan bo‘lib, bu rivoyatlarning
barchasini yolg‘on deb e’tiqod qilish vojibdir. Chunki, mazkur rivoyatlarning rostligini quvvatlovchi sahih
sanadlar mavjud emas.
Buning ustiga Allohning payg‘ambarlari bunchalik darajada hamma jirkanadigan va axlatxonaga chiqarib
tashlanadigan kasalliklarga mubtalo bo‘lishi mumkin emas. Agar shunday bo‘lsa, payg‘ambar o‘z ummatiga aralasholmay
qoladi va shariat hukmlarini ularga yetkazolmay qoladi». (Afif Abdulfattoh Tabbora. Ma’al-anbiyo fil-Qur’onil Karim.
Lubnon. 209-bet.)
Ammo biz ahli kitoblarning rivoyatlarigagina emas, balki Ayyub (a.s.) haqlarida qissa qilingan Qur’oni karim
oyatlariga e’tibor qilsak, ustoz Marog‘iyning ta’nalari o‘rinsiz ekanligining guvohi bo‘lamiz. Chunki, Alloh taolo
Ayyub (a.s.)ning jismlariga qattiq zarar yetganini, unga uzoq muddat sabr qilib, keyin alam jonlaridan
o‘tgandan keyin, Allohga iltijo qilganlarini, Alloh bu iltijoli duoni mustajob qilib, Ayyub (a.s.)ga oyoqlari ostidan
shifobaxsh suv chiqarib berganini va undan ichib, cho‘milganlaridan keyin jismlaridan dard-alam chiqib
ketganini hikoya qilib beradi.
Bir kun Ayyub (a.s.)ning xotinlari ko‘chada bir tabibni uchratib qoldi. Uni Ayyub (a.s.)ni davolatish uchun
uyga boshlab keldi. Tabibning odam qiyofasidagi iblis ekanini payqab qolib, Ayyub (a.s.) uni boshlab kelgan
xotinlariga g‘azab qildilar va: «Eson-omon tuzalsam, seni yuz darra uraman!» - deb qasam ichdilar.
Ba’zi olimlarning fikricha, Rahima eridan so‘ramasdan soch o‘rimlarini sotgani uchun, Ayyub (a.s.) uni yuz
darra urishga qasam ichgan edilar.
Muhammad Jodul Mavloning «Qur’on qissalari» kitobida buning sababi quyidagicha keltirilgan. (Rivoyat qisqartirib
berildi.)
«Ayyub (a.s.)ning fazilatlari farishtalar o‘rtasida maqtab zikr qilindi. Ular aytardilar: «Bugunki kunda Yer
yuzida Ayyubdan boshqa yaxshiroq odam yo‘q. U e’tiqodli mo‘min, seribodat muttaqiydir. Uning rizqini ham
Alloh taolo kengaytirib berib qo‘ygan, umrini uzoq qilgan. Uning molidan boyu kambag‘al bahramand, kecha-
kunduz Allohga uning ne’matlari uchun shukr etib, ibodat qiladi».
Farishtalarning bunday maqtovidan Iblisning hasadi qo‘zg‘adi va Ayyubni yo‘ldan urib, amallarini botil
qilishni istadi. Avval Ayyubning qalbiga vasvasa bilan fitna solishga urindi. Buning uddasidan chiqa olmagach,
Allohning yaqiniga borib, unga ig‘vo qila boshladi.
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
Do'stlaringiz bilan baham: |