2.14. AYYUB (A.S.)
Ayyub payg‘ambar Ya’qub (a.s.)ning akalari Iysuning zurriyotidan bo‘lib, nasablari Ayyub ibn Ma’sub ibn Ravoh
ibn Rum ibn Iysu ibn Ishoqdirlar. Iysuning xotini Ismoil (a.s.)ning qizlari ekanligi avvalda aytib o‘tildi. Ayyub (a.s.)ning
xotinlari Rahima
(Ba’zi olimlar Ayyubnning xotini Layya binti Ya’qub edi deydilar)
binti Afrosim ibn Yusuf esa Yusuf
(a.s.)ning nabiralari edi.
Ayyub (a.s.)ning vatanlari, ba’zi manbalarda al-Aqaba qo‘ltig‘ining shimolida, O’lik dengizning janubiy g‘arbida
joylashgan Odum vodiysidagi Avs yeridir.
(Doktor Shavqiy Abu Xalil. Atlasul-Qur’on. Damashq. 2001. 18-bet.)
At-Tabariy va Yoqut al-Hamaviy Ayyub tug‘ilgan va yashagan yer Damashq va Azru’otning o‘rtasida
joylashgan al-Basaniyya vodiysida ekanligini yozganlar.
Ba’zi «ahli kitoblar»ning fikricha, Ayyub (a.s.)ning onalari Lut payg‘ambarning qizlari degan holda, otalari
Ibrohim zurriyotidan emas, balki Ibrohim olovdan omon chiqqanligini ko‘rib imonga kelgan kishilardan biri edi,
deydilar. Holbuki, Ayyub (a.s.) Ibrohim (a.s.)ning zurriyotlaridan ekanligini Qur’on oyatlari tasdiqlab turibdi:
Do'stlaringiz bilan baham: |