Biz uning o‘rniga katta bir (qo‘chqor)
so‘yishni evaz qilib berdik» oyati karimasi aytilib, zabihning kimligi so‘ralganda, Payg‘ambarimiz (s.a.v):
«
Zabih Ishoqdir » - dedilar.
2. Ibn Abbos dedilar: «Alloh taolo Ibrohim (a.s.)ga qurbonlik qilishni buyurgan o‘g‘illari Ishoqdir».
3. Ka’bul ahbor Abu Hurayra (r.a.)ga: «Men sizga Ishoq ibn Ibrohim haqlarida so‘zlab berayinmi?» - deb
so‘radi. Abu Hurayra rozilik bildirganlaridan keyin Ka’bul ahbor dedi: «Ibrohim (a.s.) tushida o‘g‘lini qurbonlik
qilayotganini ko‘rgandan keyin, Shayton o‘ziga-o‘zi: «Agar men Ibrohim xonadonini hozir yo‘ldan urmasam,
hech qachon urolmayman» - dedi va tanish bir odam suratiga kirib, Ibrohim xonadoniga keldi. Ko‘rdiki, Ibrohim
(a.s.) o‘g‘li Ishoqni qo‘lidan yetaklab, so‘ygani olib ketayapti. Shayton vaqtni g‘animat bilib, Soraning oldiga
kirdi va unga: «Ibrohim erta tongda o‘g‘lini qaerga olib ketdi?» - deb so‘radi. Sora unga: «Biror ish bilan
Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)