Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc


Fir’avn qavmining zodagonlari aytdilar



Download 1,01 Mb.
Pdf ko'rish
bet217/268
Sana06.02.2022
Hajmi1,01 Mb.
#432757
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268
 
Fir’avn qavmining zodagonlari aytdilar: 
 
َﻚَﺘَﻬِﻟﺁَو
 
َكَرَﺬَﻳَو
 
ِضْرﻷا
 
ﻲِﻓ
 
اوُﺪِﺴْﻔُﻴِﻟ
 
ُﻪَﻣْﻮَﻗَو
 
ﻰَﺳﻮُﻣ
 
ُرَﺬَﺗَأ
 
َنْﻮَﻋْﺮِﻓ
 
ِمْﻮَﻗ
 
ْﻦِﻣ
 
ﻸَﻤْﻟا
 
َلﺎَﻗَو
 
َنوُﺮِهﺎَﻗ
 
ْﻢُﻬَﻗْﻮَﻓ
 
ﺎﱠﻧِإَو
 
ْﻢُهَءﺎَﺴِﻧ
 
ﻲِﻴْﺤَﺘْﺴَﻧَو
 
ْﻢُهَءﺎَﻨْﺑَأ
 
ُﻞِّﺘَﻘُﻨَﺳ
 
َلﺎَﻗ
)
١٢٧
(
 
«
(Ey Fir’avn)
, Muso va uning qavmini Yer 
(yuzi)
da buzg‘unchilik qilishiga hamda seni va ilohlaringni 
(tan olmay)
 
tark etishiga qo‘yib berasanmi?» 
(Fir’avn)
 dedi: «Ularning o‘g‘illarini 
(qatli om qilib)
 qirib tashlab, xotinlarini tirik 
qoldiramiz va biz ular ustidan g‘olibdirmiz!». 
(A’rof, 127.)
 
Haddidan oshgan va zulm-tajovuzkorlikka mukkasidan ketgan Fir’avn va uning qavmi bani Isroil o‘rtasida 
ikkinchi bor qatag‘onni boshlab yubordi. Natijada ko‘plab yigitlar qirib tashlandi. Fir’avnning bunday 
zulmkorligidan sabr kosasi to‘lgan Isroil avlodlarini Muso (a.s.) sabr-bardoshga chaqirdilar: 
ق
 
ِﻩِدﺎَﺒِﻋ
 
ْﻦِﻣ
 
ُءﺎَﺸَﻳ
 
ْﻦَﻣ
 
ﺎَﻬُﺛِرﻮُﻳ
 
ِﻪﱠﻠِﻟ
 
َضْرﻷا
 
ﱠنِإ
 
اوُﺮِﺒْﺻاَو
 
ِﻪﱠﻠﻟﺎِﺑ
 
اﻮُﻨﻴِﻌَﺘْﺳا
 
ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ
 
ﻰَﺳﻮُﻣ
 
َلاَ
 
َﻦﻴِﻘﱠﺘُﻤْﻠِﻟ
 
ُﺔَﺒِﻗﺎَﻌْﻟاَو
)
١٢٨
(
 
“Muso 
(o‘z)
 qavmiga aytdi: «Allohdan madad so‘rangiz va sabrli bo‘lingiz! Yer Allohnikidir! Uni 
(O’zi) 
xohlagan bandalariga meros qilib berur. Oqibat 
(yaxshiliklari)
 esa taqvodorlarga tegishlidir”. 
(O’sha sura, 
128.)
 
Bani Isroil Muso (a.s.)ga imon keltirgan bo‘lsalar-da, Fir’avnning zulmidan o‘ta zerikkanlari uchun, 
payg‘ambarga nolib shikoyat qildilar. Ular, Muso tug‘ilmasdan oldin ham, hozir ham faqat uning sababidan 
ozor chekayotganlarini, ikki bor qatli omga duchor bo‘lganlarini minnat qildilar. 
 
ْﻢُآﱠوُﺪَﻋ
 
َﻚِﻠْﻬُﻳ
 
ْنَأ
 
ْﻢُﻜﱡﺑَر
 
ﻰَﺴَﻋ
 
َلﺎَﻗ
 
ﺎَﻨَﺘْﺌِﺟ
 
ﺎَﻣ
 
ِﺪْﻌَﺑ
 
ْﻦِﻣَو
 
ﺎَﻨَﻴِﺗْﺄَﺗ
 
ْنَأ
 
ِﻞْﺒَﻗ
 
ْﻦِﻣ
 
ﺎَﻨﻳِذوُأ
 
اﻮُﻟﺎَﻗ
 
َنﻮُﻠَﻤْﻌَﺗ
 
َﻒْﻴَآ
 
َﺮُﻈْﻨَﻴَﻓ
 
ِضْرﻷا
 
ﻲِﻓ
 
ْﻢُﻜَﻔِﻠْﺨَﺘْﺴَﻳَو
)
١٢٩
(
 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
102
(Qavm Musoga)
 dedilar: «
(Sen)
 bizga kelmasingdan oldin ham, kelganingdan keyin ham ozorlandik. 
(Muso)
 dedi: «Rabbingiz dushmaningizni halok etib, sizlarni 
(Misrdek)
 yerga o‘rinbosar qilajak va 
qanday ish qilishingizni ko‘rajak». 
(O’sha sura, 129.)
 
 
Fir’avn
 
qavmini Alloh taolo birin-ketin sinovlarga duchor qila boshladi. Bu haqda oyati karimada shunday 
xabar berilgan:
 
َنوُﺮﱠآﱠﺬَﻳ
 
ْﻢُﻬﱠﻠَﻌَﻟ
 
ِتاَﺮَﻤﱠﺜﻟا
 
َﻦِﻣ
 
ٍﺺْﻘَﻧَو
 
َﻦﻴِﻨِّﺴﻟﺎِﺑ
 
َنْﻮَﻋْﺮِﻓ
 
َلﺁ
 
ﺎَﻧْﺬَﺧَأ
 
ْﺪَﻘَﻟَو
)
١٣٠
(
 
“Fir’avn qavmini zora eslatma olsalar, deb 
(qahatchilik)
 yillariga va mevalarning taqchilligiga duchor etdik”.
(O’sha sura, 130.)
 
Ammo kofir qavm, ommaviy yetgan bunday azobdan ibrat olish o‘rniga, ularning inod va inkorlari battar 
zo‘raydi. Ular buni Muso (a.s.)dan yashirib o‘tirmadilar: 
 
َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤِﺑ
 
َﻚَﻟ
 
ُﻦْﺤَﻧ
 
ﺎَﻤَﻓ
 
ﺎَﻬِﺑ
 
ﺎَﻧَﺮَﺤْﺴَﺘِﻟ
 
ٍﺔَﻳﺁ
 
ْﻦِﻣ
 
ِﻪِﺑ
 
ﺎَﻨِﺗْﺄَﺗ
 
ﺎَﻤْﻬَﻣ
 
اﻮُﻟﺎَﻗَو
)
١٣٢
(
 
ﺎَﻨْﻠَﺳْرَﺄَﻓ
 
ُﻢِﻬْﻴَﻠَﻋ
 
َﻦﻴِﻣِﺮْﺠُﻣ
 
ﺎًﻣْﻮَﻗ
 
اﻮُﻧﺎَآَو
 
اوُﺮَﺒْﻜَﺘْﺳﺎَﻓ
 
ٍتﻼﱠﺼَﻔُﻣ
 
ٍتﺎَﻳﺁ
 
َمﱠﺪﻟاَو
 
َعِدﺎَﻔﱠﻀﻟاَو
 
َﻞﱠﻤُﻘْﻟاَو
 
َداَﺮَﺠْﻟاَو
 
َنﺎَﻓﻮﱡﻄﻟا
)
١٣٣
(
 
«
(Ular Musoga)
 aytdilar: «Bizni sehrlash uchun har qanday mo‘‘jiza keltirsang ham, biz senga imon 
keltiruvchi emasmiz». Shundan keyin ular ustiga to‘fon, chigirtka, bit, baqalar va qon 
(balolari)
ni aniq 
mo‘‘jizalar sifatida yubordik. 
(Shundan)
 so‘ng ham ular kibr qildilar va 
(o‘zlari oldindan)
 jinoyatchilar 
qavmi edilar. 
(A’rof, 132-133.)
 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «To‘fon balosidan murod ekin-tikinlarni va mevalarni to‘kib, yakson qiluvchi 
davomli yoqqan yomg‘irdir». 
Ato va ba’zi olimlarning fikrlaricha, to‘fon o‘limning ko‘p bo‘lishidir. 
Mujohid: «To‘fon suv va vabo kasalligidir» - degan. 
Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.) dedilar: 
«To‘fon o‘limdir».
Salmon al-Forsiy aytadilar: «Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan chigirtka haqida so‘raldi. Payg‘ambarimiz (s.a.v.) 
dedilar: 
«Chigirtka Allohning eng ko‘psonli askarlari bo‘lib, uni men yemayman, sizlarga yeyishni 
harom ham qilmayman». 
Olimlarning e’tirof etishlaricha, Payg‘ambarimiz (s.a.v.) chigirtkani haromligi uchun emas, taqvo sababidan 
yemaganlar, shuningdek poklik sababidan piyoz, sarimsoqni yemaganlar. Ammo boshqa musulmonlarga bu 
narsalarning iste’moli man etilmaydi. 
Abdulloh ibn Abu Avfo aytadilar: «Biz Rasululloh (s.a.v.) bilan yetti g‘azotda qatnashganmiz va safarda 
chigirtkani yeganmiz». 
Ibn Abbos (r.a.) aytadilar: «Qummal donning ichidan chiqadigan qurtdir». Boshqa rivoyatda, qanotsiz 
chigirtka, deganlar. 
Abdurrahmon ibn Zayd ibn Aslam: «Qummal burgadir» - degan.
 
Zafode’ 
(birligi zifda’dir)
barchaga mashhur bo‘lgan qurbaqadir. Qibtiylar ovqat uchun og‘izlarini ochsalar, 
ovqat o‘rniga qurbaqa tushardi. 
Misr hududida toza ichimlik suvi qolmagan edi. Nil daryosidanmi yoki quduq-buloqlardanmi yo biror idishdanmi suv 
ichmoqchi bo‘lsalar, o‘sha onda qip-qizil qonga aylanardi. Bu holat bani Isroilga bilinmasdan, faqat qibtiylargagina bilinishi 
ayni mo‘‘jiza edi. 
(Ibn Kasir. Qisasul anbiyo. Qohira. 256-bet.)

Download 1,01 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish