Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob)
www.ziyouz.com kutubxonasi
25
Nuh (a.s.)ning qissalari Qur’oni karimda yigirma sakkiz suraning qirq uch oyatida kelgan.
Nuh (a.s.)ning nasablari – Nuh ibn Lomak ibn Matushaloh ibn Xanux (Idris) bo‘lib, Odam (a.s.)ning
vafotlaridan bir yuz yigirma olti (ba’zi rivoyatlarda bir yuz qirq olti) yil keyin Bobil (Iroq)
ning hozirgi Kufa shahri
joylashgan mavze’ida dunyoga kelganlar. Nuh (a.s.) tillari shirin, so‘zlari ravon, aqllari o‘tkir,
nihoyatda halim va
sabrli kishi edilar.
Alloh taolo Nuh payg‘ambar va u kishining qavmlari haqida yigirma sakkiz suraning qirq uch joyida zikr
etgan.
«Nuh (a.s.) payg‘ambar qilib yuborilgan vaqtda u kishining qavmlari qanday
zalolatda ekanligi borasida
ulamolar turli fikrlar bayon etganlar.
Ba’zilarining fikricha, ular fahsh ishlar bilan, aroqxo‘rlik, zinokorlik bilan mashg‘ul bo‘lganlar.
Ba’zilarining fikricha, o‘sha davrda Buyurosib (arabcha Zahhok) podshoh edi. U sobiiylar e’tiqodida bo‘lib,
qavmning barchasi ham itoat yuzasidan podshohdek zalolatda edilar.
Ammo Alloh taolo o‘z kalomida
xabar berishiga qaraganda, Nuh (a.s.)ning qavmi butparastga aylangan
edilar».
(Tarixi Tabariy. 1-jild. 122-bet.)
Ular Suvo‘
nomli ayol, Vad nomli erkak, Yag‘us
nomli arslon, Yauq
nomli ot, Nasr nomli burgut va kalxat shaklidagi butlarga sig‘inishardi.
Ibn Jarir At-Tabariyning o‘z tafsirida yozishicha, Muhammad ibn Qays ismli kishi shunday deydi: «Nuh
qavmining ibodat qilgan butlari avvalda Odam va Nuh orasidagi muddatda yashagan solih odamlar bo‘lishgan
edi. Ularning vafotidan keyin muxlislari va shogirdlari ko‘zlari tushib eslaganda o‘zlariga shavq
va ibodatga
g‘ayrat keltiruvchi bo‘lsin degan niyyatda suratlarini yasatib qo‘ygan va bu suratlarga sig‘inmagan edilar.
Bu zamondagi odamlar olamdan o‘tib ketishgandan keyin ularning avlodlari zamonida Iblis vasvasa qilib,
«otalaring bu suratlarga sig‘inardilar, ulardan baraka va yomg‘ir so‘rardilar», deb solih
kishilarning timsoliga
ibodat qilishga o‘rgatdi. Hamma bu shirk amaliga mubtalo bo‘ldi».
Imom Buxoriy va Muslim sahihlarida Payg‘ambarimiz (s.a.v)dan shunday hadis rivoyat qilingan: «Habashiston hijratidan
qaytib kelgan Ummu Salama va Ummu Habiba onalarimiz Payg‘ambarimiz (s.a.v)ga, Habashistonda «Moriya» ismli
ibodatxonaga kirganlarini, uning go‘zalligini, u yerda juda ko‘p tasvirlar borligini hikoya qilib berishdi. Payg‘ambarimiz
(s.a.v) dedilar: «Ularning odatlaricha, oralaridan biror solih kishi olamdan o‘tsa, uning qabri ustiga masjid quradilar va
uning suratini masjidga chizdiradilar. Ular Allohning nazdida odamlarning eng yaramaslaridir».
(Ibn Kasir. Qisasul-Anbiyo.
Qohira. 57-bet.)
Bundan tashqari ular sayyoralarga ham sig‘inishgan. Sayyoralar kechasi ko‘rinib, kunduzi ko‘zdan g‘oyib
bo‘lgani uchun, ularning shakllarida ham
sanamlar yasab, sig‘inganlar. Allohning kalomida shunday deyiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: