Microsoft Word paygambarlar tarixi 1 ziyouz com doc



Download 0,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/274
Sana15.01.2022
Hajmi0,97 Mb.
#366516
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274
Bog'liq
gUniIa0jrThC89GdmAWRJcXdg1xipwfJPUXMEMpK

 
َﻦﻴِﻠَﺳْﺮُﻤْﻟا
 
َﻦِﻤَﻟ
 
َسﺎَﻴْﻟِإ
 
ﱠنِإَو
)
١٢٣
(
 
َنﻮُﻘﱠﺘَﺗ
 
ﻻَأ
 
ِﻪِﻣْﻮَﻘِﻟ
 
َلﺎَﻗ
 
ْذِإ
)
١٢٤
(
 
ﻼْﻌَﺑ
 
َنﻮُﻋْﺪَﺗَأ
 
َﻦﻴِﻘِﻟﺎَﺨْﻟا
 
َﻦَﺴْﺣَأ
 
َنوُرَﺬَﺗَو
)
١٢٥
(
 
َﻦﻴِﻟﱠوﻷا
 
ُﻢُﻜِﺋﺎَﺑﺁ
 
ﱠبَرَو
 
ْﻢُﻜﱠﺑَر
 
َﻪﱠﻠﻟا
)
١٢٦
(
 
ْﻢُﻬﱠﻧِﺈَﻓ
 
ُﻩﻮُﺑﱠﺬَﻜَﻓ
 
َنوُﺮَﻀْﺤُﻤَﻟ
)
١٢٧
(
 
َﻦﻴِﺼَﻠْﺨُﻤْﻟا
 
ِﻪﱠﻠﻟا
 
َدﺎَﺒِﻋ
 
ﻻِإ
)
١٢٨
(
 
ﺎَﻨْآَﺮَﺗَو
 
َﻦﻳِﺮِﺧﻵا
 
ﻲِﻓ
 
ِﻪْﻴَﻠَﻋ
)
١٢٩
(
 
َﻦﻴِﺳﺎَﻳ
 
ْلِإ
 
ﻰَﻠَﻋ
 
ٌمﻼَﺳ
)
١٣٠
(
 
َﻦﻴِﻨِﺴْﺤُﻤْﻟا
 
يِﺰْﺠَﻧ
 
َﻚِﻟَﺬَآ
 
ﺎﱠﻧِإ
)
١٣١
(
 
ﺎَﻧِدﺎَﺒِﻋ
 
ْﻦِﻣ
 
ُﻪﱠﻧِإ
 
َﻦﻴِﻨِﻣْﺆُﻤْﻟا
)
١٣٢
(
 
«Ilyos ham, albatta, payg‘ambarlardandir. Qaysiki, o‘z qavmiga degan edi: «
(Allohdan)
 
qo‘rqmaysizlarmi?! Sizlar yaratuvchilarning yaxshisini qo‘yib, Ba’l nomli butga sig‘inyapsizlarmi? 
Sizlarning Rabbingiz va avvalgi ota-bobolaringizning ham Rabbini qo‘yib-a?!»  Bas, 
(Ilyosni)
 
yolg‘onchiga chiqardilar. Bas, albatta, ular 
(do‘zaxga)
 hozir qilinuvchilardir, illo, Allohning ixlosli 
bandalarigina 
(hozir bo‘lmaslar)
. Biz keyingi avlodlar orasida u 
(Ilyos)
 haqida 
(go‘zal maqtovlar)
 
qoldiraylik. Ilyosga Salom! Biz ezgu ish qiluvchilarni mana shunday mukofotlaymiz! Darhaqiqat, u 
Bizning mo‘min bandalarimizdandir». 
(Vas-soffot.123-132.)
 
 
Ilyos (a.s.) yahudiylarga: «Ba’ldan voz keching. Yakkayu yagona Allohga sig‘ining, Unga ibodat qiling», - 
deb nasihat qildilar. Agar Ba’ldan voz kechmasalar, Allohga qaytmasalar qattiq azob bo‘lishini aytdilar. Lekin 
Alloh qalblarini muhrlab qo‘ygan qavm payg‘ambarlariga quloq solmadilar, uni o‘ldirmoqchi bo‘ldilar. 
Ilyos (a.s.) qavmlaridan qochib, tog‘dagi g‘orlarda umr o‘tkazdilar. 
Ka’bul ahborning rivoyat etishicha, Ilyos (a.s.) tog‘ ostidagi g‘orda o‘n yil istiqomat qildilar, rizqlarini qarg‘alar 
keltirardi. Alloh taolo o‘sha zamon podshohini halok etdi va uning o‘rniga solih odam podshoh bo‘ldi. Ilyos 
(a.s.) g‘ordan chiqib, qavm huzuriga  keldilar, podshohni da’vat etdilar. Podshoh va qavm islomni qabul qildi. 
Ammo qavmdan o‘n ming kishi islomni qabul etmagani uchun podshoh ularni qatl ettirdi. 
Ibn Abud-dunyoning rivoyatida, Ilyos (a.s.)ning g‘ordagi hayotlari faqat qirq kun bo‘lgani aytiladi. 
Vahb ibn Munabbah aytadi: «Ilyos (a.s.)ning qavmlari takzib qilib, u zotga ko‘p ozorlar yetkaza 
boshlaganidan keyin Alloh taolo Ilyos (a.s.)ni vafot ettirishni iroda qildi. Ilyos (a.s.)ning huzurlariga osmondan 
olov rangli bir hayvon tushdi. Unga mingan zahoti Ilyos (a.s.)da qanot paydo bo‘ldi, nurdan libos kiygizildi, uni 
taom va sharob lazzatidan xalos qilindi, Ilyos (a.s.)da ham farishtalik, ham insonlik, ham osmoniylik, ham yerlik 
xususiyati paydo bo‘ldi. Payg‘ambarlikni al-Yasa’ ibn Axtubga vasiyat qilib, o‘zlari osmonga chiqib ketdilar.» 


Payg’ambarlar tarixi Islomiyat tarixidir (1-kitob) 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
130
Abu Bakr al-Bayhaqiy rivoyat etishicha, Anas ibn Molik (r.a.) dedilar: «Biz Payg‘ambarimiz (s.a.v.) bilan safarga 
chiqqan edik. Bir joyda dam olish uchun to‘xtadik. Shu payt, vodiydan bir odamning: «Allohim, meni o‘zing gunohini 
kechirgan, rahmat qilib ummatga yuborgan payg‘ambaring Muhammad (s.a.v.)ning ummatlaridan qilgin!» - degan nidosi 
eshitildi. Men vodiyga chiqib, ovoz kelgan tarafga bordim. Ro‘paramda bo‘yi uch yuz gaz 
(Bir gaz yetmish sm ga teng)
 
(taxminan ikki yuz ellik metr) keladigan bahaybat odam o‘tirar edi. U menga: «Sen kimsan?» - deb savol qildi. Men: «Anas 
ibn Molik, Alloh Rasulining xodimiman» - deb javob qaytardim. «U qaerda?» - deb so‘radi. Men  Rasululloh (s.a.v.)ga 
ishora qildim. U dedi: «Unga mendan salom aytgin va deginki: «Sizga birodaringiz Ilyos salom yubordi». Men Rasululloh 
(s.a.v.)ning huzurlariga qaytib kelib, Ilyosning xabarini berdim. Rasululloh (s.a.v.) Ilyosning oldiga keldilar va ikkovlari 
uchrashib, bir-birovlari bilan quchoqlashib ko‘rishdilar. Keyin yonma-yon o‘tirib suhbatlashdilar. Ilyos dedilar: «Ey 
Allohning rasuli, men bir yilda faqat bir marta taom yeyman. Bugun mening taom yeydigan kunim, siz bilan iftor qilaman». 
Shu payt osmondan dasturxon tushdi. Unda non va pishirilgan baliq bor edi. Ikkovlari tanovul qildilar, menga ham 
taomdan berdilar, keyin birga asr namozini o‘qidik. Keyin ikkovlari xayrlashdilar va osmondan bir bulut tushib, Ilyos (a.s.)ni 
olib chiqib ketdi». 
(Ushbu hadis to‘qilgan hadis bo‘lib, Ibn Al-Javziy uni “Mavzu’ot”da keltirgan.)
 
 
Ushbu hadisni an-Naysoburiy «Mustadrak»ida Imom Buxoriy va Imom Muslimdan deb keltirgan. Holbuki, bu 
hadis to‘qilgan, yolg‘on hadisdir. Qolaversa, uning mazmuni sahih hadisga munosib kelmaydi, balki zid keladi.
 
Imom Buxoriy va Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda, janob Rasululloh (s.a.v.) dedilar: «Alloh taolo Odam 
(a.s.)ni oltmish gaz qilib yaratgan. Shundan buyon uning zurriyoti to hozirgacha kichrayib borishda davom 
etmoqda.» 
Mazkur hadisda: «Ilyosning yoniga Muhammad (s.a.v.) keldilar» - deyilgan. Xolbuki, bu haqiqatga mos 
kelmaydi, Chunki Ilyos (a.s.) oxirgi zamon payg‘ambari huzuriga borishlari lozim edi. 
Hadisda, Ilyos (a.s.)ning bir yilda bir marta ovqat yeyishlari aytilgan, holbuki, Vahb ibn Munabbah rivoyat qilgan avvalgi 
hadisda: «Ilyos (a.s.)dan yeyish-ichish lazzati olib qo‘yildi» - deyilgan yoki yana bir hadisda, Xizr va Ilyos bir yilda bir bor 
zam-zam suviga qonib olishlari aytilgan. Xulosa shuki, Ilyos (a.s.) haqlarida aytilgan yuqoridagi hadislarning barchasi bir-
biriga muxolif, botil, yolg‘on, to‘qilgan hadislardir. 
(Ibn  Kasir. Qisasul-anbiyo. Qohira. Dorul-manor. 346-347-bet.) 
Xizr (a.s.) kabi Ilyos (a.s.)ning haqlarida ham isroiliy rivoyatlar juda ko‘p to‘qilgan. Yuqorida keltirganimiz, 
Xizr (a.s.) va Ilyos (a.s.)ning Baytul muqaddasda uchrashib, Ramazon ro‘zasini birga tutishlari, ikkovlari birga 
Makkaga hajga borishlari, zam-zam suvidan bir yilga kifoya qiladigan darajada qonib ichishlari, har yili 
Arafotda uchrashishlari va shunga o‘xshash rivoyatlarning hammasi isroiliy – to‘qilgan rivoyatlardir.  
Ammo Abu Bakr ibn Abud-dunyo shunday bir hadisni keltirganki, unday xolatning sodir bo‘lishiga aql bovar 
qiladi, odam ishonadi. Chunki, bunday holat ko‘p odamlarda sodir bo‘ladi, o‘sha holatga tushgan odamlar: 
«Men Xizrni ko‘rgan bo‘lsam kerak, Ilyosni ko‘rgan bo‘lsam kerak, shunday gumon qildim» - deydilar. Quyidagi 
rivoyatda ham shunga o‘xshash voqea bayon etiladi:  
«Sobit aytadilar: «Biz Mus’ab ibn Umayr (r.a.) bilan birga «Savodul Kufa»da edik. Men bir devorning 
orqasiga o‘tib, namoz boshladim. Namozning rakatlariga zam sura qilib, «G’ofir» surasining boshidan qiroat 
qildim:

Download 0,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   266   267   268   269   270   271   272   273   274




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish