buyurdi va u Yunus (a.s.)ni sohilga chiqarib tashladi».
(Al-Bazzorning aytishicha, bu hadis faqat bir sanad bilan
rivoyat qilingan. Ya’ni Muhammad ibn Ishoq o‘rtada bir roviy bilan Abdulloh ibn Rofi’dan, u kishi Abu Hurayradan, u kishi
esa payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi va sallamdan rivoyat qilganlar.)
Yazid ar-Raqqoshiy aytadi: «Men faqat Anas ibn Molikdan bir hadis eshitganman, unda Rasululloh (s.a.v.) shunday
deganlar:
«Yunus payg‘ambar (a.s.) nahang qornida turib, duo qilganlarida shunday degan edilar: «Yo Alloh!
Hech qanday ma’bud yo‘q, illo sen borsan, poksan. Albatta men o‘z jonimga zulm qiluvchilardan bo‘ldim!».
(La
ilaha illa anta subhanaka inniy kuntu minaz-zolimiyn).
Do'stlaringiz bilan baham: |