Toshkentda dunyoga keldi. Boshlang’ich ta’limni olgach, pedagogika bilim yurti (1935),
Toshkent Davlat pedagogika bilimgohida (1944) hamda Toshkent Davlat dorulfununi qoshidagi
aspiranturada tahsil ko‘rdi. O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasida adabiy maslahatchi, badiiy
Shukrulloning birinchi she’ri «Baxt qonuni» 1939 yilda, dastlabki she’riy to’plamlari — «Birinchi
daftar», «Qalb qo‘shiqlari» 1949 yilda nashr etildi. O’zbek paxtakorlarining mardonavor kurashi,
yangi yerlar ochishdagi fidokorona mehnatlaridan hikoya qiluvchi «Chollar» (1948) asari bilan u
she’riyatimizda dostonchilik janrini rivojlantirishga muhim hissa qo‘shdi. Davrimizning yuksalish
yo‘lidagi muhim pog’onalari, o‘zbek dehqonlarining fidokorona mehnati, xalqlar do‘stligini
kuylash, zamonamiz kishilari ongida Vatan tushunchasining muqaddasligini ifodalash uchun
«Rossiya», «Ikki qoya», «26 tongotari», «Dostonlar» (1970) kabi asarlariga mavzu bo‘lgan.
Adib ijodida insonning ma’naviy kamolotini kuylash birinchi o‘rinda turadi. U asarlarida dastlab
hayotimizdan chetda qolganlarni qattiq qoralaydi, kishilarni inson degan sharafli nomga munosib
bo‘lishga chaqiradi, insonni ulug‘lovchi fazilatlarning eng buyugi mehnat deb biladi. Uning bu
fikrlari «Hayot ilhomlari», «Umrim boricha», «Inson va yaxshilik» (1961), «Inson — inson
uchun» (1964) she’riy to‘plamlarida o‘z ifodasini topgan.
Shukrullo bolalar uchun ham ijod qildi. Uning «Bahor sovg‘asi» (1962), «Yulduzlar» (1964) kabi
kitoblarida do‘stlik, Vatanga muhabbat, ona yurt tabiatini ulug‘lash g‘oyalari tarannum qilinadi.
Shoirning «Rossiya», «Ikki qoya», «Ikki yoshlik» singari she’riy to‘plamlarini qardosh va xorijiy
xalqlar o‘z ona tillarida sevib o‘qiydilar. Adib dramatik asarlar ham yaratdi. Uning «Xatarli yo‘l»,
«Tabassum o‘g‘rilari» (1977), «O’g‘rini qaroqchi urdi» (1984) dramalari respublikamiz teatrlari
sahnasida namoyish qilingan.
Shukrullo “Zarralar” (1973), «Suyanchiq» (1977), “Yashagim keladi” (1978), «Sening baxting»
(1986), she’riy majmualarini hamda «Kafansiz ko‘milganlar» romanini o’quvchilar hukmiga
havola etdi. U o‘zining “Zarralar” to’plamida o‘zbek she’riyatidagi ruboiy janrini yangi mazmunda
davom ettiradi. Ularda hayot saboqlaridan chiqariladigan katta mazmundagi xulosalarini ixcham,
lo’nda ifodalab berdi.
U o’zining “Toshkent, 26 tongotari» dostoni uchun Respublika Davlat mukofotiga sazovor
bo’lgan.
Shukrullo ham qatagonlik davrining ikkinchi to‘lqini jabrini chekkan, Sibirga badarg’a etilgan
o‘zbek ijodkorlaridan biri, sho‘ro hukumati lagerlarida og’ir azob-uqubatlarni o‘z boshidan
kechirgan jabrdiydalardan biri hamdir. Uning «Kafansiz ko‘milganlar» romani ana shu
voqealarning badiiy ifodasidir. Shukrullo ham ijodkor, ham jamoat arbobi, ayni paytda
O’zbekiston Prezidentlik Kengashi a’zosi vazifasida faollik ko’rsatmoqda. U O’zbekiston xalq
shoiridir.
Do'stlaringiz bilan baham: