Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet117/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

TOHIR QAHHOR (1953) 

 

Tohir  Qahhor  didli  va  umidli  iste’dod  sohibi.  Tohir  Qahhor  Namanganning  To‘raqo‘rgon 



tumanida 1953 yilda tug’ilgan. U ham Toshkent dorilfununida tahsil olgan, 1975 yilda jurnalistika 

fakultetini tutatgan. Avval respublika teleradiosining adabiy-dramatik bo‘limida muharrirlik qilgan. 

1979—1986  yillarda  «Sharq  yulduzi»  oynomasida  adabiy  xodim,  hozirda  esa  G’.  G’ulom 

nomidagi nashriyot-matbaa birlashmasida bosh muharrir o‘rinbosari bo‘lib ishlaydi. 

Uning ilk maqola va she’ri juda erta, o‘n besh yoshidayoq paydo bo‘lgan, Namangan tumanida 

chiqadigan «Uchqun»  ro‘znomasida  bosilgan.  Dastlabki  kitobi  esa  1980  yilda «Oq  o‘rik»  nomi 

bilan chop etilgan. Shundan so‘ng uning «Oqayotgan daryo» (1982)., «Osmon kimniki?» (1984), 

«Eshik taqillayotir» (1984), «Kun ko‘zi» (1987), «Yulduzlar mening bog’im» (1988), «Oko dnya» 

(1990, Moskvada, rus tilida), «Togning parvozi» (1990), «Otashgiyoh» (1992) kabi o‘nga yaqin 

to‘plamlari ketma-ket chiqadi. To‘plamlarga kirgan she’rlarini o‘qiganda kitobxonda ajib tuyg‘ular 

qayta  jonlangandek,  uyqudan  uyg’ongandek  bo‘ladi.  Sabab,  ularda  davr  va  zamon,  inson  va 

kelajak, tabiat muammolari sodda va ravon ifodalarda, favqudodda ishonchli tarzda o‘z ifodasini 

topadi. Ayni chog‘da shoirdagi nozik ta’b, saviya, jur’at mutanosibligi uning‘ she’rlariga alohida 

falsafiy kuch bag‘ishlaydi. Jumladan, uning «Tilimiz» she’ri e’tiborga molik. 

 

Tilimiz bir quyoshki, u kunu tun sochar nur,  

U bir gulzorki, so‘nmas, rangidan yashnar umr  

U bir yerki, o‘lsak ham, unda yashay olurmiz. 



 

Xuddi shu misralar Oybek domlaning quyosh haqida quyidagi misralarini eslatadi: 

 

Quyosh nurin sochaver mo‘l-mo‘l,  

Chaman, ketma bizning boglardan! 

 

Tohir  Qahhor  ajoyib  topilma  shoirgina  emas,  ayni  chog‘da  yetuk  publitsist,  mohir  tarjimon 



hamdir.  Uning  milliy  tariximiz,  madaiiyatimiz,  millatimiz  taqdiri  haqidagi,  adabiyotimiz  va 

merosimiz  haqidagi  chuqur  ilmiy  tafakkur  bilan  yozilgan  o‘nlab  maqolalari  nafaqat  publinistika 

janrini, balki adabiyotshunosligimizning ham yutug‘i desa bo‘ladi. 

U tarjimon sifatida buyuk turk shoiri Ziyo Ko‘kalpning «Ergeno‘ko‘n» dostoni va qator she’rlarini, 

fors  adabiyoti  namoyandalari  Hofiz  Sheroziy  va  Abdurahmon  Jomiy  g‘azallarini,  arab 

adabiyotining  klassiklari  Abu  Tammom,  Al-Maariy,  qolaversa,  A.S.Nugakin,  Fet,  Tyutchev 

she’rlarini va yana ko‘plab Sharq va G’arb adabiyoti namoyandalarining asarlarini o‘zbek tiliga 

ag‘dardi.  Shuningdek,  kolumbiyalik  mashhur  adib  G.G.Markesning  «Oshkora  qotillik 

qissasi»ning  ham  tarjimonidir  U  bunday  faol  xizmatlari  uchun  Ahmad  Yassaviy  mukofoti 

sovrindori, O’zbekiston respublikasida xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi degan sharafga ega. 

Shoir bundan qariyb o‘n yillar oldin, hali Respublikamiz mustamlaka girdobidan chiqib, mustaqil 

bo‘lmaganida yozgan edi: 

 

Mustamlaka yurt - ulkan Zindonning xuddi o‘zi:  

O’z qulligin ko‘rmaydi Unda tiriklar ko‘zi. 

 

Ha, u dardli shoir, chuqur ilmiy tafakkur egasi, xususan, uning «Tog‘ning parvozi» to‘plamidan 



ajdodlar tarixi, etnografiyasi, turon va turk eli, uning tabiiy sharoiti, tuzilishi, daryo va tog’-adrlari 

geografiyasi  haqida  yangi-yangi  ma’lumotlar  olasiz.  Tafakkuringizni  boyitibgina  qolmay, 

ajdodlarga yana bir bor ixlosingiz oshadi. 


Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish