Microsoft Word O'zbek adiblari doc



Download 0,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet113/123
Sana07.01.2022
Hajmi0,84 Mb.
#327379
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123
Bog'liq
xJUJlhKbIRAqt61muHvk20AMkEpAJ5nWYr9gazjq

 

 

ERKIN A’ZAM (1950)

 

 



Erkin  A’zam  1950  yili  Surxondaryo  viloyatining  Boysun  tumanida  tavallud  topgan.  1967  yili 

tumandagi  1-o‘rta  maktabni  tamomlagan.  Shu  yili  Toshkent  Davlat  universitetining  jurnalistika 

fakultetiga o‘qishga kirib, uni 1972 yilda tugatgan. 

Adib avval O’zbekiston radiosida muharrir (1972—1976), undan so‘ng «Guliston» oynomasida 

bo‘lim muharriri, adabiy kotib vazifalarida ishlab (1976—1981), qalamini charxladi. 1981 yildan 

1986  yilgacha  «Yoshlik»  jurnaliga  ishga  o‘tib,  Erkin  Vohidov  rahbarligida  jurnalning 

shakllanishiga, o‘z muxlisini topishiga jonbozlik ko‘rsatdi. Proza bo‘limini boshqargan yosh adib 

o‘z ijodi takomili bilan birga yangi talantli ijodkorlarning paydo bo‘lib, oyoqqa turishida munosib 

hissa qo‘shdi. 

1986—1992 yillar davomida ijodkor G’afur G’ulom nomidagi Adabiyot va sai’at nashriyotida ko‘p 

jildli asarlar tahririyatiga mudirlik qilib, atoqli o‘zbek adiblari asarlari, saylanmalarini chop etishda 

o‘zining munosib hissasini qo‘shdi. 

Erkin A’zam bugungi kunda O’zbekioton respublikasi milliy Axborot agentligi Bosh direktorining 

birinchi muovini vazifasida xizmat qilmoqda. 

Adibning  ilk hikoyasi  uning  o‘quvchilik  yillarida  yaratilgan,  viloyat  ro‘znomasida bosilgan. Biroq 

talabchan  ijodkor  universitetni  tugallagandan  keyin  ham  ancha  yillar  kitob  chop  ettirishga 

shoshilmadi. 1977 yilda Erkin A’zamning «Chiroqdar o‘chmagan kecha» nomli hikoyalar to‘plami 

bosilib  chiqdi.  Bu  mo‘jaz  kitobcha  o‘quvchilarga  o‘zbek  adabiyotida  yangi  bir  iste’dodli 

hikoyanavis  dunyoga  kelganligidan  xabar  berdi.  Ushbu  asarda  yoshlik,  talabalik  yillari  olovli 

kechinmalari  katta  samimiyat,  ilhom  bilan  yoritilgan  bo‘lib,  hikoya  uslubi  o‘z  jozibasi  bilan 

o‘quvchini  sehrlab  oldi.  1981  yilda  chop  etilgan  «Otoyining  tug‘ilgan  yili»  qissa  va  hikoyalar 

to‘plami kitobxon ishonchini mustahkamladi. Birinchi kichik qissasi bilan adib o‘zining lirik tasvir 

uslubidan tashqari hayotiy, serzavq, yumoristik badiiy ifodaga moyilligini ham namoyish qildi. 

Shundan  so‘ng  iste’dodli  adibning  «Olam  yamyashil»  (1984),  «Javob»  (1987),  «Bayramdan 




boshqa kunlar» (1989), «Mir ves v svetax» (1989) kabi bir qator qissa va hikoyalar to‘plamlari 

bosmadan  chiqdi.  Bu  asarlarda  zamondoshlarimiz  hayotidan  hikoya  qilinib,  axloq,  e’tiqod, 

burch,  oddiy  iisoniy  munosabatlar o‘ziga  xos  uslubda  badiiy aks ettiriladi.  Erkin  A’zam  prozasi 

Abdulla  Qahhor,  Shukur  Xolmirzayev  ijodiy  namunalari  kabi  lo‘nda  va  to‘la  ifodasi,  shafqatsiz 

realizmi va professional mahorati bilan boshqa yozuvchilar asarlaridan keskin ajralib turadi. 

Erkin A’zam hikoya va qissalari rus, ukrain, belorus, qozoq, tojik, turkman, gruzin, bulg‘or, chex 

tillariga tarjima qilingan. Adibning o‘zi ham o‘zga xalqlar adiblari asarlarini rus tilidan o‘zbek tiliga 

mahorat bilan tarjima qilgan. 

Yozuvchi   1982   yilda   respublikamiz   Yoshlar   Ittifoqi   mukofotiga   sazovor   bo‘lgan. 

Adibning  «Anoyining  jaydari  olmasi»  hikoyasi  asosida   badiiy  film  suratga  olingan. 

Hikoyalari radiopostanovka qmlangan Erkin A’zam ayni  ijodiy kamolat yoshida ilhom bilan ijod 

qilmoqda. 




Download 0,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   109   110   111   112   113   114   115   116   ...   123




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish