Ota-ona rizosi. Ota-ona va farzand munosabatlari haqida
hadislar
www.ziyouz.com
kutubxonasi
3
5. Ularni ko‘rganda o‘rningizdan turing va o‘ltirganlaridan keyingina o‘ltiring.
6. Ota-ona bilan ko‘chada ketayotganda oldinga o‘tib ketmay bir qadam orqada
yuring. (Faqat loy, muzgarchilikda yoki qo‘riqlash ma’nosida oldinda yoki
yonda yurishga ijozat beriladi).
7. Ularning nomlarini aytib chaqirmang, hazil-mazax qilmang.
Abu Hurayra roziyallohu anhu ikki kishini ko‘rib, biridan: “Bu kishi kiming bo‘ladi?” deb
so‘radilar. Boyagi odam: “Otam” deb javob qildi. Abu Hurayra: “Unday bo‘lsa otangning
ismini
aytib chaqirma, yurishda undan ilgari yurma va undan yuqori joyda o‘tirma”
dedilar.
Do'stlaringiz bilan baham: