2. Gunoh bo‘lmaydigan ishga buyurishsa, buyruqlarini shu zahoti, so‘zsiz bajo
keltiring.
Rasuli akram (s.a.v.)dan rivoyat qilindi:Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Uch toifa
kishining duosi mustajob bo‘lur: 1. Mazlumning duosi. 2. Musofirning duosi. 3. Otaning
farzandiga qilgan duosi”. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
3. Hatto hajga yoki ilm izlab ketayotgan bo‘lsangiz ham ularning roziligisiz
safarga chiqmang.
Abdulloh ibn Amr ibn al-Os roziyallohu anhu aytadilar: bir kishi Rasululloh huzurlariga
hijrat qilmoq uchun bay’at etmoqqa keldi. Ammo ota-onasi uning ketishiga rozi bo‘lmay,
xafalikdan yig‘lab qolgan edilar. Shunda Rasululloh: “Sen hozir ota-onang oldiga bor!
Hijrat qilaman deb, ularni xafa qilganingdek, endi hijrat qilmaydigan bo‘ldim, deb, ularni
xursand qil”,– dedilar. (Imom Buxoriy rivoyatlari).
Do'stlaringiz bilan baham: |