2. So‘zlashgan paytda ovozni baland ko‘tarmang.
Rasulullohdan shunday rivoyat qilindi: “Alloh taolo gunohlardan istaganini qiyomatga
qoldirdi, lekin ota-onani ranjitishning azobini kechiktirmaydi. Oqpadarga oqpadarlik
azobi tezlashtiriladi”.
3. Ota-ona huzurida zaruratdan ortiqcha gaplarni gapirmang.
Payg‘ambar alayhissalom aytdilar: “Qiyomat kuni kimga do‘zax o‘ti harom bo‘lishini
aytaymi? U yuvvosh, muloyim, yaxshi muomalali, bir gapga oson kelishadigan
kishilardir. Sizlarning yaxshilaringiz xushxulqli, shirin suhbatlilaringizdir. Yomonlaringiz
esa , og‘zini to‘ldirib, ezmalik ila ko‘p gapiruvchilaringizdir”.
Do'stlaringiz bilan baham: |