Mavzu: Ossilograf. Ossilografda ishlashni o’rganish va unda turli xil shakldagi
impulslarni olish, ularning parametrlarini hisoblash.
Kerakli asboblar:
elektron ossilograf, tovush generatori, kuchlanish
regulyatori
Ishdan maqsad:
ossilografning ishini o’rganish, ossilografning qo’llanilishi
bilan tanishish
Ossilograf – o’lchov asbobi bo’lib, uning yordamida
tebranma jarayonlarning
tez o’zgaradigan ikki yoki bir necha kattaliklari orasidagi bog’lanishlarni o’lchash va
qayd qilish mumkin. Unda biologic ob’ektlarning past kuchlanishli potensiallarini
bevosita qayd qilib bo’lmaydi, chunki ossilografning sezgirligi pastdir. Shuning
uchun elektrik potensiallarni yozib oluvchi qurilmaga uzatishdan kuchaytirgichlar
yordamida kuchaytiriladi. Ossilograf klinik amaliyotda ayniqsa funksional
diagnostikada va ilmiy tekshirishlarda keng qo’llanilmoqda.
Elektron ossilograflarni magnitoelektraviy,
elektromagnit, elektron-nurli,
magnitaviy turlariga ajratish mumkin. Elektron nurli yoki elektron ossilograf eng
yuqori sezgirlikka ega bo’lib, chastotalarning keng diapazonidagi jarayonlarni qayd
qilish imkonini beradi. Asbobning ishlash prinsipi elektron-nurli trubkaning
hossasiga
asoslangan, chunki asbobning asosiy qismini elektron nurli trubka tashkil
etadi. U yuqori vakkumli shisha ballon va elektronlar oqimini boshqarib turuvchi
elektrodlardan iborat bo’ladi.
Uning tuzilishi quyidagi 1-rasmda berilgan
1-rasm
Bunda 1-katodni qizdiruvchi element (qizdirgich), 2-katod (elektronlar
manbai), 3-tasvir ravshanligini boshqaruvchi elektrod (modulyator), 4-fokuslovchi
anod (birinchi anod), 5-tezlashtiruvchi anod (ikkinchi anod), trubkaning og’diruvchi
plastinkadagi kuchlanish va sezgirligini tezlashtiruvchi anoddagi kuchlanishga
bog’liq, 6-gorizontal og’diruvchi plastinkalar (kondensator), 7-vertikal og’diruvchi
plastinkalar (kondensator), 8-tezlashtirgich (uchinchi anod) bo’lib,
ekranga yaqin
joyda shisha ballonning yon sirtidagi o’tkazuvchi qatlamdan iborat, 9-
flyurensiyalovchi ekran.
Qizdirgich, katod, boshqaruvchi elektrod va birinchi ikkita anod electron
zambarakni tashkil qiladi. Trubkaning qizdirilgan katodi elektronlar manbayi bo’lib,
xizmat qiladi. Ekrandagi yorug’lanayotgan dog’ning ravshanligi modulyator
yordamida boshqariladi, bu esa boshqaruvchi elektroddagi (modulyatordagi)
manfiy
siljishni o’zgartirish yo’li bilan amalga oshiriladi.
Boshqaruvchi elektrod va anodlar sistemasi fokuslovchi sistemani tashkil
qiladi. Elektron nurli trubka yordamida vaqt davomida o’zgaruvchi elektrik
signallarni o’rganish juda qulay. Trubka ekranida shunga o’xshash signalning
grafigini tasvirlash uchun, vertikal og’diruvchi plastinkalarga
tekshiriladigan signal
uzatiladi, gorizontal og’diruvchi plastinkalarga arrasimon shakldan kuchlanish
beriladi. Bunday kuchlanishni tiratronda to’plangan yoyish generatori hosil qilib
beradi. Tiratron – gorizontal lampa bo’lib, uning ichida qizdirilgan katod va
boshqaruvchi to’r bor.
Davriy va ayniqsa tez o’tuvchi jarayonlarni kuzatishda ossilograf ekranida
signalning qo’zg’almas tasvirini olish juda zarur. Buning
uchun yoyilishning bitta
davriga tekshirilayotgan signalning butun son davrlari to’g’ri (mos) kelishi kerak.
Lekin amalda ikkala davrning mos kelishi qiyin. Chunki o’rganiluvchi
jarayonning o’zi va yoyish generatori barqaror bo’lmaydi. Shuning uchun davrlarni
sinxronlash majburiy ko’rinishda bo’lib, o’rganiluvchi kuchlanish o’z davrini yoyish
generator davriga mos keltirishga “majburlaydi”.
Ossilografning asosiy elementi bo’lib vertikal og’ish kanalining kuchaytirgichi
hisoblanadi (kuchaytirgich Y). u kuchaytirmasdan ishlashi mumkin emas,
chunki
trubkaning kuchlanishga sezgirligi yuqori emas va 1,5-2 mm\V ni tashkil qiladi. Ko’p
hollarda kuchaytirgichning sifatiga qarab (uning chiziqaviyligi va kuchaytirgich
o’tkazadigan chastotalar diapazoni) ossilografning sifati aniqlanadi.
Ta’minlash bloki ossilografning elektron-nurli trubkasi, kuchaytirgichlariga,
yoyilish generatoriga va boshqa tugunlariga kerakli kuchlanish uzatadi.
Ossilografning strukturaviy sxemasi 2-rasmda berilgan.
Tibbiyot amaliyotida umumtexnikaviy ossilograflardan foydalaniladi, masalan:
CI-486, CI-68, C2-65, C1-83 va tibbiyot maqsadlarida maxsus loyihalashtiririlgan
OCIB-01
xotirali elektron ossilograf, 8 kanalli ossilograf IM-789 va boshqa electron
ossilograflar.