KIRISh
Mavzuning dolzarbligi. Tarixiy voqyeligimiz – ma’naviy meros, milliy
an’analarimiz, bularning barchasi, o’quvchi va talaba yoshlarni tarbiyalashda
muhim qadriyatlarimizga qaytishdek ma’naviy zaruriyatga aylanib bormoqda.
O’rta Osiyo qadimdan o’zining milliy ma’naviy merosi bilan butun dunyo
xalqlarini o’ziga rom etib, kelgan markazlardan biri bo’lgan.
O’rta Osiyo, jumladan, O’zbekiston hududi insoniyat paydo bo’lgan ilk
markazlardan biri hisoblanadi. O’zbek xalqi o’z tarixi bilan istagancha faxrlansa
arziydi. Mustaqillik o’zbek xalqiga o’zining xaqiqiy tarixidan voqif bo’lish,
dunyoda hyech bir xalqdan kam emasligini anglash imkonini berdi.
Insoniyat o’zining ilk go’daklik davriga hamma vaqt g’ayrat bilan qarab
kelgan. Bu davrni biz antik dunyo deb ataymiz. Antik dunyoda yashagan
bobokalonlarimiz hayotiga har birimiz qiziqish bilan qaraymiz. Tabiiyki, ular o’z
tili, adabiyoti, san’ati va madaniyatiga ega bo’lgan. Madaniyatning asl beshigi
sharq mamlakatlarn bo’lgan, dastlabki adabiy yodgorliklar avvalo Misr, Eron,
Xitoy, Hindiston, Bobil (Vaviloniya) kabi mamlakatlarda yaratilgan.
Afsuski, bebaho antik yodgorliklar Urta Osiyo adabiyotida saqlanib
qolinmagan. So’g’diyonaning antik davrlarida yashagan bobokalonlarimiz hayoti
bilan arxeologik qazilmalar orqali tanishamiz, holos. Bu noyob topilmalar uzoq
tarixning zalvorli hodisalaridan darak beradi. Biz ularning shakli, go’zalligi va
hokazo jihatlari-ga qarab xulosalar chiqaramiz. Antik davrlarda bizda muhtasham
shaharlar bo’lganligi, madaniyat va san’at gullab-yashna-ganligini faraz qilamiz.
Bu qadimiy yodgorliklar biz uchun bebaho boylikdir.
Urta Osiyoning antik davrlariga oid adabiyot yodgorliklaridan atigi bir-ikki
nusxa saqlanib qolganda edi, bugungi avlodlarimiz qalbi quvonch va faxr-iftixor
hissi bilan to’lib-toshgan bo’lardi. Bu boylikning qiymati pul yoki oltin bilan
o’lchanmaydi, ular qadimiy bo’lganligi uchun ham bebaho-dir. Axir, bu
yodgorliklar antik ajdodlarimiz bilan tengdosh, ularning qo’li tekkan. Ularda
bobokalonlarimizning ulugvor nigohini kuzatamiz.
8
Hurmatli yurtboshimiz I.A.Karimov, har tomonlama barkamol avlodni
tarbiyalash, ularda milliy g’urur va fahr tuyg’ularini shakllantirishda tarixning
tutgan o’rniga baho berib shunday degan edi: « Tarixiy xotirasi bor inson-irodali
inson. Kim bo’lishidan qat’iy nazar, jamiyatning har bir a’zosi o’z o’tmishini
yaxshi bilsa, bunday insonlarni yo’ldan urish, har xil aqidalar ta’siriga olish
mumkin emas. Tarix saboqlari insonni hushyorlikka o’rgatadi, irodasini
mustahkamlaydi»
1
.
Gresiya bilan Urta Osiyo o’rtasida siyosiy-madaniy aloqalar mavjud
bo’lgan. Qadimdan jahon kezishni eng yaxshi odat deb bilgan grek sayyohlarn
Urta Osiyoga bir necha marotaba tashrif buyurishgan. Gresiya, Urta Osiyo, Xitoy,
Hindiston mamlakatlari orasida karvon tinimsiz qatnab turgan. Eramizdan ancha
ilgariyoq Urta Osiyoliklarga Filotun — Aflotun (Platon), Suqrot (Sokrat), Arastu
(Aristotel), Buqrot (Gippokrat), Faysoguras (Pifagor) nomlari yaqindan tanish edi.
Uzoq yunon o’lkasi bilan Urta Osiyo xalqlari o’rtasida qadim-qadim
zamonlardayoq madaniy aloqa bo’lganligini aniq misollar orqali ham isbot etish
mumkin
2
. Jumladan, fessaliyaliklarning qadimiy yodnomasn bulgan «Ellada
qahramonlari» asarida Amozonkalar haqida hikoya qilinadi. Muarrih adib
Yustinning fikricha, Amozonkalar skif avlodlaridan bulgan ekan. Ulug’ yunon
fojeanavisi Esxilning (eramizdan ilgarigi VI asrda yashab o’tgan) fikricha, inson
zotiga olov hadya etmoqchi bo’lgan Prometey hukmdor Zevsning qahriga uchrab,
skiflar o’lkasidagi qoyaga zanjirband qilinadi.
3
Biroq, antik davrlarni o’rganishimizda yolg’iz bu arxeologik qazilmalar
kifoya qilmaydi, faqat ularning o’zi bilangina qanoatlanmaymiz. Bu qadim
topilmalar g’oyat go’zal va qanchalik noyob bo’lmasin, biz ularning faqat tashqi
shakliga qarab fikrlaymiz, taxmin yuritamiz.
1
Каримов И.А. Тарихий хотирасиз келажак йуқ. – Т.:Шарқ, 1998. 12-13 б.
2
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг антик даври. Т., Ўқитувчи 1991, 29 б.
3
Бойназаров Ф.Ўрта Осиёнинг қадимги давр тарихи. Т., 1994, 60 б.
Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.
3
Н.Я.Бичурин(Иакинф) Собрание сведений о народах, обитавших в Средней Азии в древние времена.
,IIIқисм.М.-Л.,1950,174 с.
9
To’g’ri, antik davrdan bizga yozma «guvoh» yetib kelmagan. Qadim
ajdodlarimiz haqida «so’zlovchi» shaharlarning qoldiqlari, go’zal san’at obidalari,
bebaho arxeologik topilmalar qolgan, holos. Biz avlodlar qalbini bir bebaho boylik
o’ziga asir etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |