POMPEY TROG VA YUSTIN
Qadim So’g’diyona tasviri va Urta Osiyoning antik davrlarida ruy bergan
voqyealar Pompey Trog va Yustin asarlarida alohida mahorat bilan chizib bernladi.
Bu ikkala ulug’ adib ijodining biri ikkinchisining davomidir. Ya’ni Pompey Trog
ijodining davomini Yustin ijodida ko’ramiz.
Pompey Trogni biz Yustin ijodi orqali taniymiz. Uning 44 kitobdan iborat
«Filipp tarixi» asari turli xil sabablarga ko’ra keyinchalik yo’qolib ketgan. Pompey
Trog bu asarini eramizning 7-yillarida yozdi. Uning hayotiga oid juda kam
ma’lumotga egamiz. Pompey Trog Narbon viloyatining Galli elida yashab o’tadi.
Uning bobosi Sertori jangida jasorat ko’rsatganligi tufayli imperator Gney Pompey
tomonidan Rimning grajdanlik huquqiga ega bo’lgan edi. Uning amakisi
Mitridatov jangida Gney Pompey sarkardaligidagi otliq qo’shinning bir qismiga
boshliq qi-lib tayinlanadi. Uning otasi imperator Yuliy Sezar davrida kotib va
tarjimon bo’lib ishlaydi.
Pompey Trogning «Filipp tarixi» asarida asosan Filipp va Aleksandr
Makedonskiy davrida yuz bergan voqyealar tasvirlanadi. Muximi shundaki, asarda
faqat Makedoniya tarixi o’z ifodasini topib qolmasdan, o’sha davrda va undan
keyin yashab o’tgan shohlar hayoti haqida ham qiziqarli voqyealar tasviri beriladi.
Shuningdek, asardan Filipp II hayoti va uning harbiy yurishlari, Aleksandr
Makedonskiyning Osiyodagi tarixiy sarguzashtlarga boy xayoti keng o’rin olgan.
Hatto o’z zamonasi, Avgust asri bilan bog’liq bo’lgan voqyealar ham qalamga
olnnadi.
Pompey Trogning «Filipp tarixi» asari syujeti bilan ham biz asosan Yustin
asari orqali tanishamiz
54
. Muximi shundaki, Yustin asarining ham ko’p sahifalari
yo’qolib ketgan. Keyinchalik boshqa bir noma’lum tadqiqotchi bu asarning kam-
chiliklarini, yo’kolib ketgan sahifalari o’rnini to’ldirishga harakat qilgan. Shu bilan
54
Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 206-211с
58
Yustinning nomini jahonga tanitgan Pompey Trogning «Filipp tarixi» asaridir.
Pompey Trogni jahonga tanitgan esa Yustinning «Pompey Trog epitomi» nomli
asa- ridir. Pompey Trog haqida qisqagina ma’lumot bergan Yustin o’zi haqida
lom-lim demaydi. Shu tufayli biz Yustin haqida juda' kiska ma’lumotga egamiz.
Uning Avgust asridan keyin eramizning I—II asrlarida Rimda yashab o’tganligi
ma’lum, holos.
Bu ikki adib o’z zamonasida unchalik katta obro’-e’tibor topmagan bo’lsa
ham, Urta asrlar va Renessans davrlariga kelib, nomlari ko’pchilikka tanish bo’lib
qoldi. Yustin hayotining ko’p qismi Avgust asri va undan keyingi davrlar adabiyoti
va san’atining rivoji bilan bog’liqdir. Ma’lumki, eramizdan avvalgi 31 yilda o’ziga
«Avgust» degan muqaddas nomni olgan Rim imperatori Oktavian adabiyot va
san’atning ravnaq topishi va gullab-yashnashiga aloxida e’tibor bilan qaragan.
Imperator zamonasining ulug adiblari va buyuk san’atkorlarini o’z qoshiga
chorlab, adabiyot kechalari va san’at anjumanlari o’tkazib turardi. Jaxrn
adabiyotiga Vergiliy, Gorasiy, Ovidiy kabi buyuk so’z san’atkorlarini yetkazib
bergan Avgust asri yana o’zining son-sanoqsiz katta-kichik ijodkorlari bilan
e’tiborga loyiq
55
.
Yustin o’z zamonasining adabiyot va madaniyat ahllari bilan yaqin aloqada
bo’lgan. Uning «Pompey Trog epitomi» ni varaqlab chiqsak, muallifning katta
iste’dod va ilm-ma’rifat egasi bo’lganligini anglaymiz. Uning Pompey Trog
ijodiga alohida hurmat bilan qaraganligining o’zi fikrimizning isbotidir.
Yustin tarixni juda yaxshi bilgan, ayni paytda, mahoratli yozuvchi edi.
Tarixchi sifatida Pompey Trog hikoya qilingan tarixiy voqyealarning asoslarini
puxta o’rgangan va ularga o’zining munosabatini bildirgan bo’lsa, yozuvchi
sifatida Pompey Trog asaridagi badiiy tasvirlarning davomchisi sifatida ko’zga
tashlanadn. Chunki, asardan yo’qolib ketgan ko’pgina sa-hifalarning badiiy
xususiyatlarini va ifoda vositalarini tiklashga harakat qilgan.
55
Юстин. Эпитома Помпей Трога, 212-215
59
U Pompey Trog asaridagi badiiy epizodlarni o’zining mustahkam g’oyaviy
pozisiyasida turib tahlil etadi. Mana shu belgi va xususiyat Yustin
dunyoqarashining kengligidan, bi-limining chuqurligidan darak beradi. Aks holda,
unga Pompey Trogning tarixiy romanini o’rganish va unga badiiy jilo berish nasib
etmagan bo’lardi. Muximi shundaki, Yustin o’z sa-lafining romanini qayta kashf
etadi, kerakli o’rinlarda unga badiiy jilo beradi. Hatto Pompey Trog asaridagi
ayrim xom, maromiga yetmagan epizodlar Yustin ijodxonasida pishib yetiladi,
yozuvchining tasvir uslubida yoritiladi.
Yustin Pompey Trogning dardiga sherik bo’lganligini, ayrim lavha-larni
hamdard bo’lib, u bilan birgalikda bitganligini ko’ra-miz. Yana shunisi
xarakterliki, Yustin o’ziga yoqmagan ayrim lavhalarni o’z salaflarining asaridan
olib tashlagan. yoki boshqa o’rinlarda bunday badiiy lavhalarga qaytadan ishlov
bergan. Ba’zi bir o’rinlarda boshqacha holatga duch kelishimiz ham mumkin.
Romandagi katta-katta badiiy lavhalarni, tarixiy voqyealar tasvirini o’zi yaratadi.
Shuning uchun ham Yustinning xizmati Pompey Trog mehnatidan qolishmaydi.
Shu tufayli bo’lsa kerak, Yustin nomi jahon adabiyotida katta hurmat bilan tilga
olinadi. Chunki, Yustinning «Pompey Trog epitomi» asari o’ziga xos badiiy
asardir. Hatto u g’oyaviy yuksakligi va badiiy go’zalligi jixatidan ayrim grek va
Rim romanlaridan ustun turadi. Shuningdek, bu asar ilmiy xarakterga ega. Unda
xalqlar tarixiga oid muhim ma’lumotlar bor.
Biz uchun e’tiborli tomoni shundaki, So’g’diyona tarixi va O’rta Osiyoning
antik davrlariga oid ayrim epizodlar romanda saqlanib qolingan. Albatta, badiiy
lavhalarning hammasi emas, bu davrga tegishli bo’lgan ayrim sahifalar yo’qolgan.
Shunday bo’lsa ham, biz saqlanib qolgan epizodlar yuzasidan ham ona
yurtimizning tarixiga oid tegishli xulosalarni chiqarib olishimiz kerak.
Pompey Trog va Yustin haqida qo’lga kiritilgan manbala-rimiz asosan
shundan iborat. Bu ikkala adib hayoti va ijodi haqida yirik tadqiqot ishlari olib
borgan atoqli rus olimi K. K. Zelin o’zining «Pompey Trog va uning,«Filipp tari-
xi»1 asarida bir qator muhim fikrlarni aytib o’tgan. Lekin tarixiy kundaliklar
60
Makedoniyalik shoh Filipp II davridayoq muhim hujjatlarni saqlaydigan maxsus
arxiv mavjud edi.
Bu arxivda Filippning shaxsiy hayotiga oid va uning sal-tanatnga tegishli
muhim hujjatlar qattiq nazorat ostida saqlanardi. Bu davlat ahamiyatiga ega
bo’lgan xujjatlar orasida Filippning harbiy taktikasini belgilovchi, og’ir janglar
tarixini o’rganuvchi va bo’lajak janglar rejasini ifodaloz-chi ma’lumotlar ham
mavjud edi. Shuningdek, bu arxivda Yevro-padagi va Osiyodagi ko’pgina katta-
kichik mamlakatlarning joylashuz xaritasi, jugrofiy xarakterdagi boshka sxemalar,
harbiy bo’linmalarning joylashuv holati mahorat bilan ishlab chiqilgan edi. Bu
xujjatlar bilan tanishgan kishi Filippning katta harbiy kuchga ega ekanligiga, uning
harbiy taktikasiga hayrat bilan qaramasdan iloji yo’q. Saqlanadigan hujjatlarning
tuzilishi, saqlanish tartibi yosh Aleksandrii lol qoldiradi.
U barcha ilmlar singari janglar tarixi bilan ham yaqindan tanishishga
kiziqadi. Janglar taktikasining nazariy asoslarini o’rganishga alohida diqqat kiladi.
Bunday jang tasvirlari aksariyat hollarda badiiy ifodalardan iborat edi. Jang
tafsilotlari qiziq-qiziq badiiy epizodlarda hikoya qilingan. Aleksandr bunday lavha-
larnp yoshligida berilnb o’qiydi. 12—13 yoshlar chamasida'gi Aleksandr katta
qo’shinga qo’mondonlik qilib, dushman bilan bo’lgan jangda zafar qozonadi.
Bo’lib o’tgan jang haqida otasp Filippga to’lib toshib hikoya kiladi. Shubhasiz,
bunday g’alabaga erishishda otasi Filippning arxividagi janglar tarixiga oid
xujjatlar muhim ahamnyatga ega bo’lgan.
Arxivda Osiyoning fors va arab mamlakatlariga oid ma’lumotlar juda ko’p.
Bunday ma’lumotlar grek—Rim adabiyotida xam istagancha topiladn. Chunki
Gresiya xam, Rim xam bu mamlakatlar bilan deyarli qo’shni joylashgandn.
Aleksandr davridan avval xam bu mamlakatlar o’rtasida o’zaro turli xil aloqalar
mavjud bo’lgan.
61
Do'stlaringiz bilan baham: |