JUG’ROFIYA
Strabonning o’n yetti kitobdan iborat yirik asari juda ko’plab mamlakatlar va
xalqlar tarixiga bag’ishlangandir. Strabonning o’zi yer yuzining yuzlab o’lkalarida,
minglab katta-katta shaharlarda bo’ladi. Uzi bo’lgan elatlarning tarixini ko’rgan va
bilgan voqyealari asosida yoritsa, uzoq yurtlarga oid faktlarni aniq manbalar,
tarixiy kitoblardan qidiradi.
Nomlanishi «Geografiya» deb atalsa ham, asar boshdan oxirigacha dunyo
xalqlari, elatlarining faqat joylanish chizgilaridan iboratdir, deb tushunmaslik
kerak. Asarni o’qir ekanmiz, ilmiy va badiiy qimmatta ega bo’lgan yorqin ifoda va
ma’lumotlarga duch kelamiz. Bu asar jo’g’rofnya fanining rivojida katta rol
o’ynaydi. Shuningdek, u antik adabiyot tarixini yorituvchi ilmiy tadqiqot hamdir.
Chunki, adib antik dunyoda ijod qilgan shoirlar, fojianavislar ijodiga to’xtalar
ekan, o’z asaridan ko’pgina sahifalarni adabiyot mavzuiga bag’ishlagan va
adabiyotning o’ziga xos xususiyati haqida qim-matln fikrlarni bayon qila olgan.
Muhim tomoni shundaki, Strabon o’tmishdoshlari bo’lgan shoirlarnp
shunchaki tilga olib o’tmasdan, ularning ijodiga keng to’xtaladi, asarlaridan katta-
katta parchalar keltirib, ularga o’z munosabatini bildiradi. Alohida adiblar
ijodigagina emas, adabiyotning umumiy yo’nalishlariga, rivojlanish yo’llariga ham
keng to’xtaladi. Shoirlar ijodini baholashda Strabon o’zining kuchli ilmiy fikrlariga
tayanadi. Ayniqsa, Homer, Sofokl, Yevripid, Kallimax ijodi yuzasidan bildirgan
gxulosalari ko’p jihatdan qimmatlidir. Shu tufayli «Geografiya» asarini faqat
jo’g’rofiya tarixi uchungina ahamiyatli, deb qarash biryoqlamalikdir.
Strabon ensiklopedist olim sifatida tarix, adabiyot jo’g’rofiya, etnografiya
fanlarining uzviy bog’liqligi nuqtai nazaridan masalaga keng va mufassal
to’xtaladi. «Geografiya» hajm jihatdan yirik asar bo’lib qolmasdan, mazmunan
33
ham juda boydir. Bu asar Strabon nomini jahonga tanitdi. Asarning yana muhim
xususiyatlaridan biri shundaki, unda estetik zavq bag’ishlovchi lavhalar juda ko’p.
Strabon o’z asarida go’zal badiiy ifodalarga juda keng o’rin beradi. .Mamlakatlar,
o’lkalar tabiati go’zal badiiy bo’yoqlar bilan sug’oriladi.
Kitobda O’rta Osiyoda yashovchi sak, so’g’d, skif, massaget qabilalari
o’tmishn alohida qayd qilib o’tiladi. XII—XIII— XIV kitoblarda Kichik Osiyo
tarixi yoritiladi. XV kitobdan ham Eron va Hindiston davlatlari haqida qimmatli
ma’lumotlar olamiz. XVI kitob Sharqiy Osiyo mamlakatlari, Assiriya, Vaviloniya,
Messopotamiya, Suriya, Finikiya, Arab mamla-katlaridan hikoya kiladi. XVII
kitob esa Misr, Efiopiya, Liviya o’lkalariga bagishlangan.
Strabon Kaspiy dengizining sharq qismida yashovchi massagetlar hayotiga
to’xtalar ekan, bu qabilalar haqida ilgari o’tgan muarrixlar qariyb hyech narsa
yozmaganliginp ta’kidlaydi. Yezilganlari ham juda oz yoki yetarlicha anik
ma’lumotlar bermaydi, deydi.
Muallif Qora dengiznnng shimoliy qismida yashovchi skif, sarmat qabilalari
haqida to’xtalar ekan, bu joylar «varvarlarning yerlari» deydi.
Albatta, Qora dengiznnng shimol qismida yashovchi skiflar, Kaspiy dengizining
sharqiy kismida joylashgan massagetlar haqida grek va Rim adiblari ilgari ham
yozishgan. Bu haqda Gerodotning ijodidan ancha kengroq ma’lumotlar olamiz.
Rimliklar Vengriya, Ruminiya yerlarini bosib olib, to Dunay daryosi
bo’ylarigacha kelgan edi. Birok ular Urta Osiyoga yurpsh qilishni nazarda
tutmagan edilar. Rimliklarning bos-tirib kelayotganini eshitgan Kaspiy dengizining
shimolidagi va Dunay daryosi bo’ylaridagi skiflar sharqqa tomon ko’chib*
o’tadilar. Birok ular Gongadan Afg’oniston yerlarigacha, Xi-toydan Osiyogacha
cho’zilgan o’lkalarni yaxshi bilishardi
35
.
Kaspiy dengizining sharqiy qismida joylashgan keng tekisliklar Girkoniya
viloyati bo’lib, bir tomoni Mediya va Arman toglari bilan o’ralgan. Bu tog’larning
yon bag’irlarida albanlar bilan armanlar yashaydi. Katta qismida gellar, qud-
35
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000.40б
34
dusliklar, amardlar, vitiya va anariaklar yashashadi. Anariak-lar yashaydigan joylar
Parrasiv o’lkasining bir qismi bo’lib, ularni hozirgilar forslar deb ataydilar. Eppion
toglari bilan o’ralgan Vitiya viloyati Epionda joylashgan. Bu yerlarda ellian
qurollarini, misdan yasalgan buyumlarni uchragish mumkin. Bu yerda Apariak
degan shahar bop. Aytishlaricha, unda go’yo xudoning irodasini biladigan, xar
kanday savollarga tangrn nomidan javob beradigai ibodatxona qohinlari, orakullari
kayfu safo surib yashasharmish. Yana boshka elatlar esa qaroqchilpk va jangu
jadallar bilan mashg’ul bo’larmish. Dengiznnng tog’lik qirg’oqlarini quddusliklar
egallashgan bo’lib, ularning yeri 5000 stadiyni tashkil etardi, deydi. Strabondan
ilgari bu yerlarga Patrokl degan kishi ham uzoq Rim o’lkalaridan kelgan. Anik
ma’lumotlar berishiga ko’ra, u Kaspiy dengizining Sharqny qirg’oqlarini kezgan.
Xozirgi Turkmaniston kenglik-larpda xam bo’lgan, bu yerdagi qabilalar bilan
uchrashgan. Chunki «Bu yerdagi qabilalar kashshoq yashardi», deydi muallif. Shu
fikrning o’ziyoq bu yerdagi elatlarning hayoti bilan u yaxshi tampsh bo’lganligidan
dalolat beradi. Strabonning bu o’lkalarga kelganligi noma’lum, ammo uning Qora
dengiz bo’ylariga kelganligini, Kavkaz o’lkasida bo’lganligini tarixiy ma’lumotlar
tasdiqlaydi.
Girkoniya unumdor, serhosil yerlar bo’lib, juda keng o’lka edi. Bu joylarda
Talabroka, Samariana, Karta kabi bir |Qancha "mashhur shaharlar bor. Bu ulkaning
bir cheti dengizga •borib to’xtaladi. Bu dengiz Kaspiydan 1400 stadiy balandlikka
joylashgan edi.
Bizningcha, bu Orol dengizidir. Mana shu lavhalardan xam ko’rinib
turibdiki, Strabon Girkoniya o’lkasining joylashishinigina emas, bu vodiydagi
shaharlar, serxosil, unumdor yerlar, qabilalarining iqtisodiy ahvoli haqida ham
ma’lumot bermoqda.
Girkoniya ba’zi bir davrlarda Marg’iyona, hatto So’g’diyona davlatlari bilan
ham qo’shilib ketgan. Mahalliy xalqning boyligi asosan quyidagilardan iborat edi:
uzumchilik, vinochilik, bog’dorchilik, boshoqli o’simliklardan non olishadi,
o’rmonlarida asalarilar bilan shugulla-.nishadi. Dengiz, orollarida yashash juda
35
qulay. Aytishlaricha, bu yerlardagi odamlar oltin ham saqlarmish. Girkoniyaning
hukmdorlari dastlab o’zga yurtlardan bo’lgan varvarlar — medeyanlar, forslar,
keyinchalik parfiyanlar bo’-lib, ular o’zga yurtlardan kelgan qo’pol va johil
varvarlar edi. Qo’shni o’lkalarda qaroqchilik, ko’chmanchilik hukm surib, keng
cho’llar yastanib yotadi
36
37.
Girkoniya o’lkasnning antik davrlari haqida berilgan ushbu ma’lumotlar,
faqatgina ma’lumotlar tizimidan iborat bo’-lib k.olmasdan, shu davrga oid ayrim
muhim masalalarni yechishga ko’maklashadi. Aristobulning so’zlariga ko’ra,
Girkoniyada boy o’rmonlar bo’lib, unda zman daraxtlari bor edi. Oqqarag’ay,
qoraqarag’ay va umuman qarag’aylar bu yerda o’smasdi. Bu epizodda Girkoniya
o’rmonlariga ta’rif berilmoqda. Biroq bu ta’rif Strabon yashagan zamonaga
dahldor bo’lmasdan, eramizdan ilgarigi 330 yillarga taalluqlidir. Chunki, Aristobul
Aleksandr Makedonskiyning ishonchli kishisi va «bilimdon hukmdor bo’lib,
eramizdan oldingi 330—327 yilla-rida Girkoniya viloyatiga kelgan va bu yerlardan
olgan taassurotlarini o’z kundaliklarida qayd qilgan edi. Aristobul Girkoniya
viloyatidan Oks daryosiga kelib, bu daryoga ko’prik quradi. Chunki hunarmandlik
kasbini puxta egallagan Aristobul hozirgi til bilan aytganda injener edi. U
Aleksandrning tosh otadigan mashinalarini sozlar, ko’priklar qurardi.
Strabon Aleksandriya shahrida uzoq muddat istiqomat qilib, tahsil olib
yurgan kezlarida Aleksandriyaning olamga mashhur kutubxonasidan Aristobul va
Ptolomey kundaliklarini topib o’qiydi. Girkoniyadan dengiz tomon Ox va Oks
daryolari oqib o’tadi. Ox daryosi Nesay orqali o’tadi. Ko’plar aytadiki, go’yo Ox
daryosi Oks tomon oqarmish. Aristobulning aytishicha, Oks Hind daryosini
xisobga olmaganda, Osiyoda eng yirik daryodir
38
.
Mana shu faktdan ham ko’rinib turibdiki, qadimgi davrlarda Aristobul,
Ptolomey, Kallisfan, Evman, Diodordan tash-kari xam Appolodor degan yozuvchi
36
Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979
516 с.
38
Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая…586 с.
36
Urta Osiyo haqida asar yozgan. Appolodor o’z asarini «Parfem tarixi» deb atagan.
Strabon bu tarixchining asarini o’qigan. Chunki, Strabonning hayot yo’lini
ta’eiflaganda ta’kidlab o’tgan edikki, u Urta Osiyoga oid faktlarni sinchkovlik
bilan o’rgangan. Hatto ayrim mubo-lagali yoki ishonchsiz manbalarga ham
tayangan. Lekin o’z asa-riga ozgina shubha tugdirgan faktlarni slib knrmagan. Bu
jihatdan u Urta Osiyoga kelib ketgan Aristobul ijodiga katta ishonch va hurmat
bilan qaraydi.
Hatto Urta Osiyoda bulgan Ptolomey «Kundalik» lariga ham bir oz shubha
bilan mu-nosabatda bo’ladi. Chunki, Ptolomey Aleksandrning eng yaqin kishisi va
ishongan sarkardasi edi. U o’z kundaligida Aleksandr-Makedonskiyga ortiqcha
baxo berib yuborgandi. Shuning uchun ham o’z kundaliklarida tasvirlangan ayrim
voqyealarning bayoniga u Aleksandr Makedonskiyning ishonchini qozonish uchun
mubolaga jumlalarni ko’shib bayon etardi. Tanais daryosi Osiyoni Yevropadan
ajratib turadi. Osiyo— ning katta qismi Tanais daryosi bilan Girkoniya dengizi
o’rtasida joylashgan bo’lib, bu joylar makedoniyaliklar tomonidan bosib
olinmagan edi. Osiyoning bu bo’lagini Aleksandr bosib olgan deb, yozuvchilar
o’zlarini ko’rsatish uchun ustakorlik bilan noto’g’ri fikr yuritganlar.
Strabonning yuqoridagi fikrlarida qayd etilishicha, makedoniyaliklar Tanais
daryosi bo’ylariga bormaganligi ma’lum bo’ladi. Atoqli olim Bobojon Gofurov esa
makedoniyalik shoh Aleksandrning Tanais daryosi bo’ylariga bormaganligi haqi-
dagi faktlarni tasdiqlaydi. Hind togidan Ox, Oks kabi ko’ilab daryolar oqib keladi.
Bu daryolar ichida eng shimoliy qismda joylashgan Yaksart bo’lib, u xam Kaspiy
dengiziga quyiladi.
Haqiqatan ham, ko’pgina tarixiy kitoblarda Yaksart daryosi Tanaid daryosi
bilan chalkashtiriladi. Holbuki, Sir bilan Donni bir-biridan ancha uzoq masofa
ajratib turadi. Strabon ta’kidlaganidek, Tanaid daryosi Yevropa yerlaridan oqsa,
Yaksart Osiyoni kesib o’tadi. Biroq, Strabon Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi,
deydi. Balki o’sha davrlarda Orol dengizi Kaspiy bilan tutashgan bo’lishi ham
mumkin. yoki ikki dengiz oraligida juda oz masofa qolgan bo’lishi ham mumkin.
37
Har xrlda, Yaksartni Kaspiy dengiziga quyiladi, degan Strabon unchalik haqli
emas.
Biz uchun Strabonning xizmati shu bilan xarakterlanadiki, ko’pgina
mavhum faktlarga u aniqlik ki-ritgan. Masalan, Yaksart bilan Tanaidni bir-biridan
ajratib berishning o’ziyoq muhimdir. Chunki, Yaksart bo’ylarida bo’lib o’tgan
voqyealar olimlar uchun juda ahamiyatlidir. Ko’pgina tadqiqotlar bu ikki daryo
o’rtasida bo’lib o’tgan voqyealarni bir-biriga chalkashtiradi.
Arrian – to’liq
ismi sharifi Kvint Enniy Flaviy Arrian bo’lib,
u Kichik
Osiyoning Vifini degan joyida, taxminan eraning
90—95 yillari orasida tug’ilib,
175 yilda vafot etgan. Vifinida asosan Rim hukmronlign davrida kelib qolgan
greklar yashardi. Vifini o’sha davrlarda ancha uzoq-uzoqlarga dong’i ketgan
badavlat hokimliklardan biri edi. Jug’rofiy sharoiti qulay, ko’rkamligi va tabiiy
go’zalligi bilan maftunkor bo’lgan bu viloyatda hokimlar bilan birga harbiylar ham
yashar edi. Shuning uchun ham bu yerda ilm olish uchun qulay sharoitlar mavjud
edi. Aholi ikki tilda — grek va lotin
tillarida so’zlashardi
39
.
Ayniqsa, Nikomediya shahri Arrian dunyoqarashining shakllanishida muhim
ahamiyatga ega bo’ldi. Bu shahar faqat Vifini viloyatigina emas, balki ulkan Rim
davlati tarixida xam alohida o’rin tutgan. Rim o’z hukmronligini qo’lga kiritish
chog’ida bu shahar mustahkam istehkom rolini ham bajargan. Nikomediyada ilm-
ma’rifat kishilari, zamonasining donishmandlari ko’p bo’lgan. Rim hukmronligiga
qarshi bu viloyatda va uning markazi bo’lgan Nikomediyada asosan lotin tili
xukmron til bo’lsa ham, aholi orasida grek tilida so’zlashish odat tusiga kirgan.
Yunonistonning ulug’
so’z san’atkori Homer asarlarini o’qish va mutolaa qilish,
ulkan yunon dramaturglari Esxil, Sofokl, Evripid asarlarini sahnada tomosha qilish
har bir
Nikomediyalikni qiziqtirardi. Bunday qizg’in adabiy muhit
Arrianning
e’tiborini o’ziga tortadi. Arrian eramizning 112—216 yillarnda zamonasining
atoqli faylasufi Epiktet qo’lida tahsil oladi.
39
Абдуллаев К.А. Культ хаомы в древней Центральной Азии.. –Самарканд.: Международны Институт
Центральноазиатских исследований 2009, –С. 20,56
38
Arrian Epiktet qo’lida yunon tilidan ta’lim oladi. Lotin va grek tillarini puxta
o’rganadi. Yunon va Rim tarixiga katta qiziqish bilan qaraydi. Notiqlik san’ati va
falsafadav chuqur bilim oladi.
Ma’lumki, Suqrot kabi Epiktet falsafasi xam bizgacha asl holida yetib
kelmagan. Suqrotning falsafasini uning shogirdi Ksenofont (eramizgacha 430—
355 yillar) davom ettirgani kabi, Arrian xam o’z ustozi falsafasini keyinchalik
rivojlangiradi va ustozi Epiktetga sodiq qoladi.
Suqrot falsafasi bilan Ksenofont, Epiktet falsafasi bilan Arrian ijodi orqali
tanishamiz. Arrian Ksenofont ijodiga va u orqali Suqrot falsafasiga juda katta
qiziqish bilan qaraydi. Hali ta’lim olib yurgan yoshlik chog’laridayok; Ksenofont
ijodida keng o’rin egallagan antik davrlarga oid tarixiy voqyealar va ayniqsa,
Sharq shaharlari ta’rifi uning e’tiborini beixtiyor o’ziga tortadi
40
.
Arrianning xayotini Ksenofont hayotiga qiyos qilish mumkin, Ksenofont
kabi Arrian ham harbiy mashgulotlarnp puxta o’rganadi, Ksenofont kabi notik.lik
san’ati va falsafani rivojlantiradi. Ksenofont Suqrot haqida yozgani kabi, Arrian
xam Epiktet faoliyatiga, o’z ustoznning ijodiyotiga qiziqish va hurmat bilan
qaraydi.Uning Epiktet falsafasi ta’sirida yozilgan «Epiktet suhbati», «Epiktet ilmi
bo’ylab hukmronlik» kabi asarlari ilmiy-nazariy fikrlarga nixoyatda boydir. Bu
asarlarni o’qisak, faqatgina Epiktet ijodining nazariy asoslari bi-langina emas,
balki uning shaxsiy xayoti bilan ham yaqindan tanishamiz.
Aleksandrning yurishi Arrian asarining ikkita kitobi: uchinchi va to’rtinchi
kitoblari Urta Osiyo tarixiga bag’ishlangan. Uchinchi kitob 30 bobdan tashkil
topgan. Uchinchi kitobning 28 bobidan boshlab Urta Osiyo tarixining o’ziga xos
tasviri keltiriladi. «Aleksandr Oks daryosi qirg’og’iga keldi», deydi muallif.
Bungacha bo’lgan boblarda Aleksandrning Eronga qilgan yurishi, Eron shoxi Doro
ustidan g’alaba qozonishi hikoya qilinadi. Eron shohi yengilgandan yeo’ng, u
40
40
Страбон. География. В семнадцати книгах. Книга седмая, глава шестая. Типографи Рис. Уязск. ., 1979
512 с.
40
Юстин. Эпитома Помпей Трога,// Вестник древней истории. –М. , 1954, – N8, 212-215с.
40
Страбон. География.XI, 8, 3,
39
Kavkaz tog’lariga qarab qochadi. Aleksandr uni izma-iz ta’qib etib kelaveradi.
Ta’qib bir necha kun davom etadi. Doro Kavkaz tog’lariga yashi:rinmoqchi
bo’ladi. Biroq Bess Eron shohining eng yaqin kishisi bo’lishiga qaramasdan,
Doroni o’ldirib, boyliklarini olib, Urta Osiyoga qarab qochadi. Aleksandr
Doroning o’ligini topib olib, uni Sharq udumiga ko’ra izzat-ehtirom bilan dafn
etishni buyuradida, o’zi Bessning izidan ketadi. Bir necha vakt Kavkazda bo’lib, u
yerda «shahar quradi va unga Aleksandriya deb nom beradi».
Oks daryosi hozirgi Amudaryoning qadimgi nomidir. Bu daryo hind
daryolarini hisobga olmaganda, Osiyodagi eng katta daryolardan biri edi, —
deyiladi asarda. Aleksandr Oks daryosidan kechib o’tishga harakat qiladi. Biroq
daryo juda keng edi, undan kechib o’tish mumkin emasdi. Daryoning kengligi 6
stadiy (1 stadiy —grek o’lchovida 184 metr, 98 santimetrga to’g’ri keladi). Shu
bilan birga, daryo ancha chuqur edi. Bu daryoga qulay ko’prik qurish uchun
uzoqdan yog’och olib kelishga to’g’ri kelardi. Daryoga ko’prik qurish ancha uzoq
vaqtni talab etardi. Shuning uchun Aleksandr teridan qayiqqa o’xshash suv-
o’tmaydigan moslama yasashni buyuradi. Terilarni o’simliklarning quruq poyasi
bilan tikdiradi (bunday o’simlikning nomini muallif tilga olmaydi. Ehtimol u
qamish bo’lsa kerak. Chunki daryo bo’ylarida qamish o’sadi). Shunday qilib, Alek-
sandr qo’shinlari Oks (Amu) daryosidan besh kun davomida o’tib oladi
41
.
«Daryodan o’tolmagan urushga yaroqsiz, keksa kishilarni Aleksandr
uylariga jo’natib yuboradi. Uz ixtiyorlari bilan. Aleksandr qo’shinlarini tark etib,
o’z yurtlariga ketmoqchi bulgan fessaliyaliklarga xam ruxsat beradi». Shu
voqyealar bila bog’liq epizodlarga e’tibor bersak, Aleksandr dastlab Urta Osiyoni
jangu-jadallarsiz, osongina qo’lga kiritish niyatida bo’lgan. Aleksandr Oks
daryosidan o’tgandan so’ng, So’g’diyona —hozirgi Uzbekiston tomon shoshiladi.
Chunki bu yerda Bess katta-qo’shin bilan Aleksandrga qarshi kuch to’playapti,
degan xabar tarqaladi. Shu vaqt Spitamen bilan Detaferndan Ayeksandrga chopar
kelib, agar kichik bir otryad yuborsa, Bessni ushlab-berishligini bildiradi. Bu
41
41
Кшибеков Д. Кочевое общество. – Алма-ата.: Наука, 1984. – С. 51
40
xabarni eshitgandan so’ng Aleksandr otryadga Laganing o’g’li Ptolomeyni bosh
qilib, Spitamen bilan Datafern huzuriga yuboradi. Bu otryad juda yaxshi
qurollangan, saralangan jangchilardan iborat edi. Baqtriya va So’g’diyonaning
hokimi bo’lgan Bess aslida ahmoniylar sulolasidan bo’lgan. Doro III ni
o’ldirgandan so’ng u o’zini shoh deb e’lon qiladi. Ahmoniylar, so’g’diyonaliklar
Bessni tutib berishga qaror qiladilar.
Ptolemey 10 kunlik yo’lni to’rt kunda bosib o’tib, Spitamen tunagan lager
yaqiniga keladi. Piyoda askarlarga yurishn» davom ettirishni buyurib, o’zi otliq
askarlar bilan Bess joylashgan qishloqqa yaqinlashadi. Spitamen Bessni o’z qo’li
bilan dushmanga tutib berishni or bilib, Ptolomeyga Bess joylashgan qo’rg’onni
ko’rsatib, o’zi So’g’diyonaning ichkarisiga qarab-ketadi. Ptolomey Bess
joylashgan qo’rg’onni o’rab olib (qo’rg’on-devor bilan o’ralgan, uning maxsus
darvozasi bor edi), uning qo’riqchidariga agar Bessni tutib berishsa, ularga
tegmaslikka va’da qiladi. Shundan so’ng qo’rg’onning darvozasi ochiladi. Jangu
jadalsiz tinch yo’l bilan ular Bessni asir olishib, yana Aleksandr huzuriga
qaytishadi. Aleksandr o’z podshohi Doroga hiyonat qilgan Bessdan nafratlanadi.
Shuning uchun ham Ptolomeyga «Bessni yalang’och qilib, ko’chaning o’ng
tomoniga bog’lab qo’yishni buyuradi. Sharmandalarcha qip-yalang’och turgan
Bessning yonidan Aleksandrning butun qo’shinlari saf tortib o’tadi». Mana shu
epizoddan xam ko’rinib turibdiki, Aleksandrning Bessni shunday sharmandali
holga qo’yishi va qo’shnniga na-moyish etishi bilan muhim bir masalaga ishora
qilinyapti.
Birinchidan, kimda kim xiyonat yo’liga qadam qo’ysa — jazosi shu, sharmandali
o’lim, demoqchi bo’lsa, ikkinchidan, o’z jangchilariga ham katta saboq bermoqda.
Ma’lumki, bundan ilgarigi davrlarda Eron shohi Kir, so’ngra Doro Urta Osiyoga
tez-tez hujum qilib, bu yerdagi tarqoq qabilalarni bosib olgandi
42
.
Arrianning tarixiy xizmati shundaki, asardagi voqyealar tasviriga u haqiqiy
ijodkor ko’zi bilan qaraydi. Tarixiy haqiqatni bo’yamasdan ko’rsatishga harakat
42
Асқаров А. Ўзбекистон тарихи (энг қадимги даврлардан эрамизнинг V асригача) Т, 1994.
41
qiladi. Bundan ilgarigi epizodlarda, jumladan. Eron shohi Doro bilan bo’lgan? jang
tasvirlarida ham adib o’zining mana shu pozisiyasida qoladi. Doroga nisbatan
so’g’diyonaliklarning nafrat o’ti kuchli. Chunki u maksdonlar bilan bo’lgan
urushgacha So’g’diyona yerlarini bosib olib, boyliklarimizni talab, odamlarimizni
qul qilib olib ketgan edi. Eronliklar bilan makedonlar o’rtasida bo’lib o’tgan
qirg’in janglarda ming-minglab so’gdiyonaliklar ham qat-nashib, ularning ko’plari
qurbon bulgan edi. Doro qonxo’r, Doro yovuz, Doro mol-dunyo, duru-javohirlarga
hirs qo’ygan shoh. Ammo u sotqin emasdi. Osiyoga bostirib kelgan yovga qarshi
bir necha yillar davomida kurashadi. Asarda Doro shoh bo’lsa ham: o’z vataniga
sodiq qoladi. Aleksandr bir necha marta katta-katta va’dalar berib, undan taslim
bo’lishni taklif qilganda ham Doro unamaydi. Greklar bilan eroniylar o’rtasida
urush uzoq vaqt davom etadi. Hatto Doroning onasi, xotini, o’g’il va qizi
Aleksandr qo’liga asir tushganda ham Doro dushgmanga tiz cho’kishni
xohlamaydi. Uz yurtiga sotqinlik qilishni istamaydi. Dushmanga qarshi kurash
rejasidan qaytmaydi. Arrian bu o’rinda Doroning qilmishidan nafratlanishi va uni
haqorat qilishi ham mumkin edi. Biroq adib hamisha, voqyeaga real yondashishga
harakat qilgan. Uz navbatida, yozuvchi Aleksandrning xarakterini yorqin-
bo’yoqlarda ochib beradi. Bosqinchilik Aleksandrning qonida bor edi. Otasi Filipp
II ning butun umri jangu-jadallarda: o’tgan. Yozuvchi Aleksandrii bosqinchi, shu
bilan birga, tanti. va mard sarkarda obrazi sifatida tasvirlaydi. U Doroning onasi,
xotini va farzandlariga ozor yetkazmaydi. Ug’lini eng bilimdon, donishmand
kishilar qo’liga topshirib, saboq berishni l ozim topadi.Doroning qiziga uylanishni
ko’pgina yaqin kishilar Aleksandrga taklif etadi. Birok Aleksandr ularning bu
takliflarni rad etadi.
Diodor
Grek va Rim adabiyotida Aleksandr haqida ko’plab asarlarning yaratilganiga
yuqorida guvoh bo’ldik. Aleksandrning zamondoshi, ellinizm davrining atoqli alibi
Kallimaxning Aleksandr haqidagi asari ham dastlabsh shunday badiiy ijod
42
namunalaridan bo’lgan. Kallimaxning shogirdi Apolloniyning Aleksandr haqidagi
romani antik dunyodayoq mashhur edi.Rim adabiyotida Lukian xam «Aleksandr»
romani bilan o’z davrida shuhrat kozonadi. Enneyning «Aleksandr» tragediyasini
butun rimliklar xayrixoxlik bilan tomosha qilgan. Bu asarda Urta Osiyo, jumladan,
So’g’diyona tarixi u yoki bu darajada o’z ifodasini toptan edi
43
.
Grek va Rim adabiyotining antik davriyoq Kvint Kurs Rufning «Aleksandr
Makedonskiy tarixi», Arrianning «Aleksandrning yurishi», Plutarxning
«Aleksandr» asarlari yaratilganini yukorida aytib o’tdik. Bu tarixiy nasr
namunalarini varaqlab chiqsak, Urta Osiyoning antik davrlariga oid muhim
voqyealar tafsiloti bilan tanishamiz.
Bizga yana antik dunyodan uch ulug’ adibning nomi yaqindan tanish. Bular
Diodor, Pompey Trog va Yustindir. Diodorning hayotiga doir juda kam
ma’lumotga egamiz. Uning qachon tugilgani noma’lum, ammo eramizgacha
bo’lgan I asrda yashab o’tgani anik.
Diodor ijodini chuqur o’rgangan va bu haqda tadqiqot ishlari olib borgan
adabiyotshunos M. Mandes xam Diodorning hayotiga oid keng va batafsil
ma’lumotlar berolmaydi. Shunday bo’lsada, Diodorning kim ekanligini aniqlashga,
uning ijodi haqida kitobxonlarga ma’lumot berishga harakat qilamiz.
Diodor yoshligidanoq grek tili va grek adabiyotini puxta o’rganadi.
Klitarxning tarix va notnklik san’atiga oid asarlarini berilib o’qiydi. Diodor
Gresiya, hatto Kichik Osiyo bo’ylab sayohatga chiqadi. Bu sayohat taassurotlari
uning dunyoqarashiga kuchli ta’spr kursatadi. Afinaga kelib, grek xalqi tarixiga
aloxida qizikish bilan qaraydi. Afinadagi adabiy oqimlar bilan yaknndan
muloqotda bo’ladi. Ellinizm davrini o’rganishga kirishadi. Bu davrni boshlab
bergan Aleksandrning hayotiga va uning harbiy yurishlariga oid kerakli
ma’lumotlarnn to’playdi. Birok, Afinada Aleksandr tarixiga oid chuqur
ma’lumotga ega bo’lmagach, u Misr tomon yo’l oladi. Misrda joylashgan
43
Аҳмедов Б. Ўзбекистон тарихи манбалари, Тошкент, 1991.63б.
43
muhtasham va go’zalligi jixatidan Afinadan kolishmaydigan Aleksandriya
shahriga boradi. Bu yerda u oltin tobutda mo’xmiyolangai Aleksandrning kabrini
va uning maqbarasini ziyorat qiladi. Bu shaxarni eramizdan ilgarigi 332 yilda
Aleksandrning o’zi qurdirgan edi
44
.
Ma’lumki, Aleksandr eramizdan avvalgi 323 yilning 11 iyunida Vavilonda
vafot etgan. Uning shaxspy qo’rikchisi va atoqli sarkardasi Ptolomey Aleksandriya
podshohi bo’lgandan so’ng, Aleksandrning tobutini shu shaharga olib kelgan va
unga muhtasham maqbara qurdirgan edi. Diodor Aleksandriya shahridagi jahonga
nomi ketgan katta kutubxona bilan tanishadi. Bu kutubxonada ellinizm
mamlakatlaridan keltnrilgan yetti yuz mingdan ziyod nodir qo’lyozmalar, bebaho
kitoblar saqlanmoqda edi. Diodor bu noyob nusxalar bilan tanishish sharafiga
muyassar bo’ladi. Bu kutubxonaga asos solgan, Makedoniya tarixida o’chmas iz
qoldirgan Aleksandrning tarjimai holiga oid tarixiy dalillarni yig’a boshlaydi.
Diodor «Shoh jurnali» yoki «Efemerida» saxifalarini diqqat-e’tibor bilan o’qib
chiqadi. Bu jurnalda Aleksandrning qadim So’g’diyonada bo’lgan davrlariga oid
muhim ma’lumotlar saqlanmoqda edi. Aleksandr bilan Osiyoga kelgan tarixiy
voqyealarning shohidi bo’lgan Ptolomey, Aristobul, Kallisfenning «Kundalik» lari
bilan xam batafsil tanishadi.
Diodorda Klitarxning Aleksandr haqidagi asari ayniqsa katta taassurot
qoldiradi. Biroq Klitarxning ijodida tarixiy haknqat o’zining haqqonny va aniq
ifodasini topmagan edi. Bu holat Diodorning «Tarixiy kutubxona» romaniga salbiy
ta’sirini ko’rsatdi. Diodorning «Tarixiy kutubxona» romanida Urta Osiyo tasviriga
uncha keng o’rin berilmagan. Shuningdek, qadimgi So’g’dnyonadagi jug’rofiy
muhit ,shaharlar va qishloqlar bilan bog’lnk, hodisalar, tarixiy voqyealarnnng
qasrda kechganligi haqidagi ma’lumotlar romanda aniq detallarda yoritilmagan. Bu
jihatdan Diodorning «Tarixny kutubxona» asari Aleksandr haqidagi Ruf, Plutarx,
Arrian asarlaridan farq qiladi. Biz, albatta, bu o’rinda romandagi So’g’diyona
tarixiga bag’ishlangan epizodlarni nazarda tutyapmiz. Asarning tarixiy va badiiy
44
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. Тошкент, 2000.41б.
44
xususiyatlarini e’tiborga olsak, bu asar usha davr-lardayok grek adabiyotida
munosib o’rin egallagan edi. Bir so’z bilan aytganda, Diodor nomini jaxonga
tanitgan uning «Tarixiy kutubxona» asaridir. U asar ustida o’ttiz yil mexnat qilgan.
Diodor ijodini keng tadqiq qilgan M. Mandes, u o’z asarida tarixiy
voqyealarga tarixchi sifatpda emas, yozuvchi nuktai nazaridan yondoshganligini
ta’kidlaydi. Masalaga, M. Mandes fikriga asoslanib yondoshadigan bo’lsak,
haqiqatan xam romanda tarixiy sanalarga emas, voqyealar bayonnga kengroq.
e’tibor berilganligini ko’ramiz. Romanning badiiy ifodasi Diodor qalamining
o’tkirligini ko’rsatadi. Kitobda tasvirlangan voqyealar tafsilotining bayoni
xususida e’tirozimiz yo’q, biroq bu voqyealarning qayerda kechganligi —
Baqtriyadami yoki So’g’diyonadami, Oks daryosi bo’yidami. yoki Yaksart
yoqasidami, ajratish ancha qnyichilik tug’diradi.
Kitobda Eron va Hindiston voqyealariga keng o’rin berilgan. Bu holat asar
muallifining tarixiy dalillarga munosa-batini belgilaydi. Diodor o’rgangan tarixiy
asarlarda Urta-Osiyo tasviri uncha keng berilmagan. Chunonchi, Klitarx ijodida
ishonchsiz o’rinlar ko’p. Klitarxning Aleksandr haqida yozgan» asaridan Urta
Osiyoga kelgan va bu yerdagi tarixiy voqyealar-ning shoxidi bo’lgan Ptolomey bir
oz ranjiydn. Ptolomey. keyinchalik Makedoniya shohligini egallagandan so’ng, o’z
«Kundalik»lariga tayangan holda, badiiy asar yozadi.Diodor esa Klitarx an’anasini
davom ettiradi. Muxnmv shundaki, Klitarx ijodiga Diodor katta ishonch bilan
qaraydn. Buning sababi, Klitarx ellinizm davrining atoqli adibla-ridan biri edi.
Diodorning «Tarixiy kutubxona» asari keyinchalik Yustin va Plutarx ijodiga katta
ta’sir ko’rsattanligini ko’ramiz
45
.
Bu adiblar Diodor ijodidan foydalanganligini o’z asarlarida qayd qilib o’tadi.
Ayniqsa, Plutarxning «Aleksandr va Sezar» nomli «Qo’shalos hayotnoma» sida
Diodorning badiiy tasvirlash uslubi ta’sirini ko’ramiz. Plutarxning «Aleksandr»
asari Diodorning «Tarixiy kutubxona» siga juda yaqik turadi. Diodor o’zining
XVII kitobdan iborat asarini Aleksandr Makedonskiy davriga bagishlaydi. Diodor
45
. Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи, Тошкент, 1997.
45
romanining kup-boblari yo’qolib ketgan. Aynvqsa, So’g’diyona tarixiga tegishli
boblarning anchagina sahifalari yirtnlib, yo’qolgan. Shuning uchun xam bu
kitobning 69-bobidan 97-bobigacha bo’lgan 28 bob-dagi sahifalarni o’rganib
chiqamiz. Bu boblardagi voqyealarning ko’pchiligi So’g’diyonada va unga
qo’shni. o’lkalarda bo’lib o’tadi. Kitobning bu boblarini varaklar ekanmiz, bizga
tanish, dilimizga yaqin epizodlarning epkini kelib turadi. Voqyealarning ifodasidan
xam sezilib turibdiki, So’g’diyona tarnxn-yai tasvirlash yozuvchi uchun bir qancha
qiyinchiliklar tug’dirgan. Bu tabiiy holdir. O’zidan uch asr ilgari bo’lnb o’tgan
voqyealarni tasvirlash eramizdan avvalgi birinchi asrda yashagan grek «yozuvchisi
Diodor uchun, qadim So’g’diyona bilan yaqindan tanish bo’lmagan bir adib uchun
ancha murakkab kechganligi o’z-o’zidan ravshandir.
Kitobda Oks (Amu) daryosi Arake deb nomlanadi. Gerodotning «Tarix yoki
tadqiqot» asarida ham Amudaryo Arake deb nomlanadi. Arrianning
«Aleksandrning yurpshi» romanida esa Amudaryo Oks deb atalganining guvohi
bo’lamiz. "Bundan taxmin qilish mumkinki, Urta Osiyo tarixini o’rganishda
Gerodot ijodiga murojaat etgan.
Aleksandr Araks daryosidan o’tgandan keyin, dahshatli va qurqnnchli
voqyeaning guvohi bo’ladi. Eron shoxi Doro sakkiz yuzga yaqin kishini bu
yerlarga haydab yuborgan, qolganlarini shafqatspz qirib tashlagan edi. «Bu
odamlarning birining qo’li qirqilgan, boshqasining oyog’i kesilgan, birining burni,
boshqasining qulog’i yo’q edi. Ularning hammasining a.hvoli ayanchln edi.
Ularning ichida bironta ham jazo olmagani yo’q edi. Ular yordam so’rab
Aleksandrga yalinadilar. Aleksandr ularning ahvolini ko’rib, juda achinadi. Hatto
ko’ziga yosh keladi».
Aleksandr ularga yordam beradi. Romanda tasvirlanishicha, Aleksandr bu muhtoj
knshilarning har qaysisiga 3000 dirham pul, beshtadan kiyim, 2 juftdan poyabzal,
50 tadan qo’y, 50 puddan bug’doy va boshpana beradi.
Bu epizodda Aleksandrning rahmdilligi, oddiy odamlarga g’amxo’rligi,
insonparvarligi tasvirlansa, bundan keyingi epizodda uning shafqatsizligi, molu
46
dunyoga o’chligi, inson boshiga jabr-jazo keltiruvchi qonxo’r bosqinchi ekanligi
tasvirlanadi.
Polien
«Qadimgi sarkarda va qahramonlarning jangovarlik maxoratini o’z ichiga
olgan Polien asarini faqat harbiy kishilar emas, balki tarixiyligi jixatidan barcha
toifadagi odamlar xam bilishi zarur bo’lgan ishdir. Faqat qurol kuchi bilan emas,
uzoqni ko’zlaydigan o’tkir fikrlari bilan dushmanni mag’lubiyatga uchratgan
sarkardagina eng oliy darajadagi harbiy san’atni egallagan hisoblanadi», —- deb
ta’kidlaydi asarning ruscha so’z boshisida tarjimon Dimitriy Pappadopulo.
Tarjimon o’z fikrida davom etib yana shunday deydi: «Uzoqni ko’ra olmaydigan
sarkardalar juda ko’p talafot ko’rib, o’tkir fikrli sarkardalar shuncha ko’p foyda
ko’rgan, yuksak harbiy mahoratga ega bo’lmagan sarkardaning qo’shinlari hamma
vaqt o’limga mahkum etilgan. Tajribali, uzoqni ko’ra oluvchi sarkardalar boshliq
bulgan qo’shinning saf tortib turishiyoq dushmannn dovdiratib qo’ygan
46
.
Sarkardaning bitta oqilona fikri, harbiy tadbirkorligi dushman ustidan
g’alabaga,"kuchli flotni qirib yuborishga, o’tib bo’lmas to’siqlarni yengishga, bir
qancha viloyatlarni zabt etishga sabab bo’lishi mumkin. Bu haqiqatni isbotlash
uchun xalqlar tzrixidan juda ko’plab misollar keltirish mumkin. Bu dalillar,
vasiyatnomalarni yig’uvchi fidoyi yozuvchilar bo’lmaganida, ularning yigirmadan
bir qismi ham bizning avlodimizga yetib kelmagan bo’lardi.
Poliyenning ijodi jahon madaniyati xazinasida alohida yuksak o’rin
egallaydi. Uning asarlarining tarixiy va badiiy kimmati hali tadqiqotchilar
tomonidan chuqur o’rganilgai emas. Shuningdek, hayotiga oid manbalar ham
tiklanganicha yo’q. «Harbmy hiylalar» (Strategemы») deb nomlanuvchi sakkiz
kntobdan iborat nodir asar Polien nomini jahonga tanitdi.
46
Каримов Ш., Шамсутдинов Р. Ватан тарихи, Тошкент, 1997.,
Центральная Азия в Кушанскую эпоху, Т. 2, Москва, 1974
47
Uzbek xalq ogzaki ijodida afsona deb nomlanadigan «Shiroq» hikoyasp ham
Polien asari orqali bizgacha yetib kelgan, Doroning skiflar yurtiga yurishi haqida
ko’plab rivoyatlar mavjud. Ularning deyarli barchasida ham Doroning skiflardan
yengilganligi hikoya qilinadi. Polien keltirgan «Shiroq» («Sirak») da Doro
qo’shinlarining skiflar tomonidan tor-mor etilganligi bayon qilinsa, Gerodot
asaridagi «Doroning skiflar o’lkasiga yurishi» hnkoyatida skiflar bilan bo’lgan
jangda Doroning bevosita o’zi qatnashadi.
Skiflar ot ustidan o’q otishga juda usta bo’lib, asosan chorvachilik bilan
shug’ullanishardi. Bepoyon tekisliklari o’t o’lanlarga juda boy edi. Doro ularga
karshi yurish boshlaydi. Oldin choparlarni, so’ngra ularning orqasidan piyoda
lashkarlarni yuboradi.
Izma-iz quvib kelayotgan Doro qo’shinlari kechasi horib-charchab, tamaddi
qilishayotganlarnda skiflar qo’qqisdan hujum boshlaydilar. Skiflarning otliq.
qo’shinlari hamma vaqt eroniylarning otliq qo’shinlaridan ustunlik kilishardi.
Pnyodalari esa zaifroq. edilar. Bu talofatdan so’ng, tang ahvolda qolgan Doroga
skiflar o’z vakillarini yuborishadi. Vakillar Doroga sovg’a-salomlar olib borishadn.
Bu sovg’alar-ichida bitta qush, sichqon, qurbaqa va beshta yoy o’qi bor edi.
Eronliklar butun aql-zakovatlarini ishga solpb, skiflar yuborgan sovg’annng
mag’zini chaqishga, ma’nosini anglashga harakat qiladilar. Buning ma’nosi
shunday edi: «Agar kushga aylanib, osmonga uchib ketmasang yo sichqon kabi
yerning tagnga yashirinmasang yoki qurbaqaga o’xshab botqoqlikdan sakrab
o’tmasang, sizlar uchun o’z ellaringpzga sog’-omon qaytish yo’q. Mana shu yoy
o’qlaridan o’lib ketasiz».
Bu yerlarda yo’l yo’q edi. Lashkarlarning asosiy qismi piyodalardan tashkil
tolgan. Eronliklar kaysp yo’ldan Istr daryosining xavfsnz kuprigiga yetib olishni
o’ylab, hang-mang bo’lib qoladilar. Otliq skiflar yo’lni yaxshi bilishardi.
Shunnng uchun ham, ular ko’prnkka eronliklardan ilgari yetib keladi. Ular
ko’prikni qo’riqlayotgan ioniyaliklarga shunday deydi: «Ioniyaliklar, oxirgi
kunlaring keldi, bu yerda qolib, nohaq ish qilyapsizlar. Jonlaringning sog’
48
qolganiga shukur qilib, skiflar xudosidan minnatdor bo’linglar-da, ko’prikni buzib,
zudlnk bilan o’z yurtlaringga kaytinglar. Dorodan shunday qasos olaylikki, u qayta
bu yurtlarga yovuzlik niyatida qadam bosmasin».
Ioniyalnklar o’zaro xengasha boshlashadi. Gellespont davrida Xerson
xokimi va sardori bo’lgan afiniyalik Miltiad skiflar taklnfini ma’qullaydi. Miletlik
Gistiyey sal boshqacharoq fikrda bo’ladi. U aytadiki, agar Doroning qudrati
yakson qilingan bo’lsa, endi hokimiyatni hyech kim idora eta olmaydi. Davlatga
endi xalq hokimlik qiladi. Uning bu fikriga boshqalar ham qo’shiladi. Ioniyaliklar
o’zaro kengashib, skiflarning g’azabi qo’zg’almasdan ko’prikni buzib, o’z
yurtlariga jo’nab qolishga qaror qiladi
47
.
Usha kuni kechasi yetib kelgan Doro vayron etilgan ko’prikni ko’rib
vahimaga tushadi. Doro ovozi o’tkir bir misrlikka qirg’oq bo’ylab bornb, miletlik
Gistiyeyni chaqirib, qaytarib kelishni buyuradi. Birinchi ovozni eshitishi bilanoq,
Doroning sog’-omon ekanligini sezgan Gistiyey hamma kemalarni qaytarib,
ko’prikni tuzatadi. Shunday qilib Doro skiflar o’lkasidan o’z yurtiga qaytib ketadi.
Doro Frakiyani o’z hukmiga bo’ysundirgach, mamlakatda katta qo’shinga sardor
qilib Megabiznn qoldiradi. Gistiyeyga esa qilgan xizmatlari evaziga Frakiyadan
bir viloyat hokimligini beradi. Gistiyeyning qudrati oshib ketishidan qo’rqqan
Megabiz, uni Suzga chaqirib olishni Dorodan o’tinib so’raydi. Doro uning
maslahatiga quloq solib, Gistiyeyni Suzga chaqirkb oladi.
To’maris kabi jasur ayollarimiz, Shirok kabi erksevar o’g’lonlarimiz,
Spitamen kabi haqiqiy vatanparvarlar tarix-da juda ko’p bo’lgan. Sirakning bunday
tadbirkorligini Vavilonni egallashda Zopir ham ko’llaydn.
Do'stlaringiz bilan baham: |