Microsoft Word O'quv qo'llanma



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

sistemali tahlil usuli
hisoblanadi. 
Rivojlangan xorijiy davlatlarning ta’lim tizimida sinovdan o‘tib o‘zining 
hayotiyligini ko‘rsatgan yangi pedagogik texnologiya (YaPT) bizning ta’lim 
tizimimizga yaqinda kirib kela boshladi. Fizikani o‘qitishda YaPT ni joriy etish 
o‘qituvchidan zamonaviy didaktik usullar (induksiya, deduksiya, sistema, model, 
analogiya) ni keng qo‘llashni taqozo etadi. Ikkinchidan ta’lim jarayoni murakkab, 
takomillashib boruvchi, ochiq, boshqariladigan dinamik va nochiziqli sistema 
hisoblanadi. Bu sistemaning asosiy elementlari bo‘lib o‘qituvchi, o‘quvchi, 
darsliklar, o‘qitish uslubiyati va hokazolar hisoblanadi. Bu elementlarning har biri 
o‘z navbatida murakkab sistema hisoblanadi. Ushbu elementlar o‘rtasida 
funksional bog‘lanish mavjud. Funksional bog‘lanishlarni tahlil qilib uning zaif 
tomonlarini aniqlash va uni bartaraf etish orqali fizikani o‘qitishning 
samaradorligini oshirishga erishish mumkin. 
Buning uchun fizika o‘qituvchisidan fizika fanidan fundamental bilim va 
uni o‘qitishning zamonaviy uslubiyatidan yetarli bilimga ega bo‘lish talab etiladi. 
Hozirgi kunda fizika fanini o‘qitish uslubiyatiga bag‘ishlab yozilgan darsliklar 
zamonaviy talablarga mutlaqo mos kelmay qoldi. Shuning uchun fizikani o‘qitish 
uslubiyati fanidan zamonaviy talablarni e’tiborga olib, darsliklar, uslubiy 
qo‘llanmalar yaratish dolzarb muammo hisoblanadi. 
 
§ 1.3. Fizikani o‘qitishning maqsad va vazifalari 
Fizika so‘zini ilk bor yunonistonlik faylasuf Aristotel (Sharqda Arastu nomi 
bilan mashhur bo‘lgan, eramizdan avval 384-322 yillarda yashab o‘tgan)


20
asarlarida uchratamiz. Aristotel o‘zining “Fizika” nomli kitobida fizika fanining 
shug‘ullanish sohasini aniqlab bergan edi. Fizika-yunon tilida “tabiat” degan 
ma’noni anglatadi. U tabiat hodisalarining umumiy qonuniyatlarini o‘rganadi. 
Fizika fan sifatida o‘qitilayotgan davrdan boshlab, uning o‘qitish uslubiyati ham 
shakllana boshlagan. Fizika va uni o‘qitish uslubiyatini jamiyatning rivojlanish 
bosqichlari bilan birgalikda o‘rganish lozim. Chunki jamiyatning rivojlanib borishi 
bilan u fan oldiga yangidan-yangi muammolarni hal etishni qo‘yadi. Ibtidoiy, 
quldorlik va feodalizm jamiyatlarida ishlab chiqarish samaradorligini oshirish 
uchun asosan mexanik moslamalar va asbob-uskunalarga ehtiyoj tug‘ilgan bo‘lsa, 
kapitalistik ishlab chiqarish munosabatlarining yuzaga kelishi bilan mexanik 
moslamalar ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga ojizlik qilib qoladi. 
Natijada issiqlik mashinalari, qudratli texnika va texnologik jarayonlarni yaratish 
ehtiyoji tug‘iladi. Hozirgi kunga kelib ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatik 
usulda kompyuter texnikasi orqali boshqarish hayotiy zarurat bo‘lib qolmoqda. 
Demak, jamiyat taraqqiyoti bilan hamnafas holda fizika fani va uni o‘qitish 
uslubiyati ham kengayib, takomillashib boradi. Fizika fani barcha tabiiy fanlarning 
nazariy asosi hisoblanib, zamonaviy texnika va texnologik jarayonlar 
taraqqiyotining hal qiluvchi omili hisoblanadi. Xuddi shuningdek, fizika fani 
ijtimoiy-gumanitar fanlar sohasiga ham kirib bormoqda. Natijada fizika fanining 
mazmuni, uning o‘qitish uslubiyati va vazifalari ham kengayib bormoqda. 
Fizikani o‘qitish uslubiyati (FO‘U) fanininig uchta asosiy predmeti bor: 
1.
Fizika fani Oliy, o‘rta maxsus va umum ta’lim maktablarida nima maqsadda 
o‘tiladi? 
2.
Fizikadan nimalar o‘qitiladi? 
3.
Fizika fani qanday o‘qitiladi? 
FO‘U fanining predmedlari jamiyatning iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy 
ehtiyojlarining o‘zgarishi bilan uning mazmuni va maqsadi ham o‘zgarib turadi. 
Fizika fanini o‘qitishdan quyidagi asosiy maqsadlar ko‘zda tutiladi: 
Oliy ta’lim muassasasini tugatib bakalavr va magistrlik diplomi berilayotgan 
yosh mutaxassislar har tomonlama kamol topgan, chuqur bilim va madaniyatga, 


21
ega mustaqil fikrlay oladigan bo‘lishi kerak. Ushbu vazifani bajarish qisman FO‘U 
fanining zimmasiga tushadi. FO‘U ta’lim va tarbiya jarayonida quyidagi asosiy 
vazifalarni bajaradi: 
1. Bo‘lajak, fizika o‘qituvchilarini zamonaviy pedogogik uslubiyat bilan 
tanishtirish, ularni ko‘rgazmali qurollar, O‘TVdan foydalanishga o‘rgatish. 
2. Oliy, o‘rta maxsus, umumta’lim maktablarida fizika fanining mazmuni va 
uni qanday ketma-ketlikda o‘tilishini aniqlash.
3.Fizikani o‘qitish jarayonida nazariya bilan amaliyotning birligini va 
bog‘lanishini ta’minlash. 
4.Fizikani o‘qitish jarayonida ta’lim va tarbiyaning uzviyligiga erishish. 
5. Fizika fanining texnika, ishlab chiqarish va sanoatning dolzarb 
muammolar bilan o‘zaro aloqadorligini ko‘rsatish. 
6.Fizikaning boshqa fanlar (matematika, kimyo, biologiya, iqtisod) bilan 
o‘zaro aloqasini o‘rnatish. 
7. Ta’lim jarayonida qanday usullardan, ko‘rgazmali qurollar va O‘TVdan 
foydalanish samarali ekanligini ko‘rsatish. 
8. Fizikani o‘qitishda tarixiy hujjatlardan qanday tartibda foydalanish 
lozimligini aniqlashdan iborat. 
FO‘U ning yuqorida qayd etilgan vazifalari shartli bo‘lib, jamiyatning 
taraqqiy etib borishi bilan u boyib va takomillashib boradi. 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish