I BOB. OLIY TA’LIM TIZIMIDA FIZIKANI O‘QITISHNING NAZARIY
ASOSLARI
§ 1.1. O‘zbekistonda oliy ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan me’yoriy
hujjatlar.
Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiga asoslangan
jamiyat qurishga kirishildi. Ma’lumki, jamiyat bilan ta’lim tizimi o‘rtasida o‘zaro
dialektik munosabat mavjud. Jamiyat ta’lim tizimining rivojlanishi uchun shart-
sharoitlar yaratib bersa, ta’lim tizimi o‘z navbatida jamiyat taraqqiyotini amalga
oshiradigan malakali kadrlarni yetkazib beradi. Ammo sovetlar davridan bizga
meros bo‘lib o‘tgan ta’lim tizimi zamon talabiga javob bera olmas edi. Ta’lim
tizimidagi kamchiliklarni prezident I.Karimov 1997 yil 29 avgustdagi Oliy
Majlisning IX sessiyasida so‘zlagan nutqida har tomonlama chuqur tahlil qilib
berdi. Ta’lim tizimida islohotlarni amalga oshirish yuzasidan hukumatimiz
tomonidan «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» va «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonun
qabul qilindi. Ushbu davlat hujjatlarida ta’lim tizimining muhim qismi bo‘lgan
o‘qitish uslubiyatiga ham keng e’tibor berilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoyevning 2017 yil 20 aprel,
PQ-2909-son «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari
to‘g‘risida»gi qarori oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar
tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar
darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash uchun zarur sharoitlar yaratish
maqsadida qabul qilingan.
Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning, ijtimoiy hayotning real talablaridan kelib
chiqqan holda, yurtimizda oliy ta’lim tizimini modernizatsiya qilish, unga
o‘qitishning zamonaviy shakl va texnologiyalarini joriy etish, mutaxassislar
tayyorlash bo‘yicha ixtisoslik yo‘nalishlarini takomillashtirish borasida katta ishlar
qilindi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 8
oktyabrdagi farmoyishi asosida tuzilgan ishchi guruh tomonidan oliy ta’lim
13
tizimidagi mavjud holatni o‘rganish natijalari asosida, qator oliy ta’lim
muassasalarida ilmiy-pedagogik salohiyat hanuz past darajada qolayotganligi,
ta’lim jarayonining o‘quv-metodik va axborot ta’minoti zamonaviy talablarga mos
emasligi, moddiy-texnika bazasi tizimli ravishda yangilanishga muhtojligi Oliy
ta’lim tizimida o‘quv jarayoniga ilg‘or xalqaro tajribani keng joriy etish, yyetakchi
xorijiy turdosh oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalarini yo‘lga
qo‘yish orqali pedagog va ilmiy kadrlar malakasini oshirish borasidagi ishlar talab
darajasida olib borilmayotganligi ko‘rsatilgan.
Qabul qilingan qarorda ko‘rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish vazifalari
belgilangan bo‘lib, oliy ta’lim darajasini sifat jihatidan oshirish va tubdan
takomillashtirish, oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnik bazasini mustahkamlash
va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv-ilmiy laboratoriyalari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari bilan jihozlash maqsadida Oliy ta’lim tizimini
2017 — 2021 yillarga mo‘ljallangan kompleks rivojlantirish dasturi tasdiqlandi.
Dasturga muvofiq, 2017 — 2021 yillarda 48 ta oliy ta’lim muassasasida jami
180 ta o‘quv, ilmiy-laboratoriya binosi, sport inshootlari va ijtimoiy-muhandislik
infratuzilmalari ob’ektlarida qurilish, rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari
olib boriladi. Shuningdek, 53 ta oliy ta’lim muassasasida 400 ta o‘quv
laboratoriyasi bosqichma-bosqich eng zamonaviy o‘quv-laboratoriya uskunalari
bilan jihozlanadi, 7 ta oliy ta’lim muassasasida barcha oliy ta’lim muassasalari
o‘zaro hamkorlikda foydalanadigan ilmiy laboratoriyalar tashkil etilishi ko‘zda
tutilgan. Qarorning muhim ahamiyatini ko‘rsatadigan yana bir jihat shundan
iboratki, mamlakatimiz Prezidenti tomonidan har bir oliy ta’lim muassasasi
bo‘yicha konkret parametr va ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan manzilli
rivojlantirish dasturlari tasdiqlangan.
Birlashgan Millatlar Tashkilotining Ta’lim, fan va madaniyat masalalari
bo‘yicha qo‘mitasi (UNESCO) va konsalting tashkiloti (DGP Research &
Consulting) hamkorligida jalb qilingan nufuzli xorijiy ekspertlar guruhi
tomonidan 2017 yilning yanvar — iyun oylarida O‘zbekiston Respublikasi ta’lim
tizimini kompleks o‘rganish bo‘yicha o‘tkazilgan tahlillar natijalari asosida
14
berilgan xulosalarda oliy ta’lim jarayonida nazariya va amaliyot yaxlitligi
ta’minlanmaganligi, talabalarning malakaviy amaliyotlarini ishlab chiqarish
korxonalarida o‘tkazish samarali tashkil etilmagani oqibatida bitiruvchilarning
aksariyat qismi tayyor mutaxassis bo‘lib chiqish o‘rniga, ishga joylashgandan
keyin qaytadan o‘z kasbini, mutaxassisligini o‘rganayotganligi, shuningdek, ta’lim
sifatini nazorat qilish mexanizmi zamonaviy talablarga javob bermasligi, ta’lim
muassasalarida malakali pedagog va boshqaruv kadrlarining yetishmasligi, xorijiy
ta’lim muassasalari bilan samarali hamkorlik yetarlicha yo‘lga qo‘yilmaganligi
kabi kamchiliklar qayd etilgan.
Bundan tashqari, iqtisodiyot sohalarining istiqbolda kadrlar tayyorlashga
buyurtmalarini shakllantirish, bitiruvchilarga qo‘yiladigan malakaviy talablarni
ishlab chiqish, tarmoqqa zarur bo‘lgan mutaxassislarni tayyorlash sifatini
ta’minlash jarayonidagi ishtiroki talabga javob bermaydi. Oliy ta’lim
dasturlarining o‘zgaruvchan mehnat bozori talablariga hamohangligini ta’minlash
uchun ish beruvchilar tomonidan tizimli ishlar amalga oshirilmayotganligi
ko‘rsatilgan.
Oliy ta’lim - ilm-fan - ishlab chiqarish o‘rtasida uzilishlar mavjudligi,
integratsiya ta’minlanmaganligi, ilmiy-tadqiqot institutlari oliy ta’limda kadrlar
tayyorlash jarayoniga zarur darajada jalb etilmaganligi, ularda ilmiy izlanishlar
iqtisodiyot sohalarining real ehtiyojlaridan kelib chiqmasdan amalga
oshirilayotganligi, oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlarning tizimli
tayyorlanmasligi oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyatining pasayishiga olib
kelayotganligi alohida qayd etilgan.
Xorijiy ekspertlar guruhi tomonidan taklif etilgan tavsiyalarni inobatga
olgan holda oliy ma’lumotli mutaxassislarni tayyorlash sifatini oshirishda
iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish orqali
respublika oliy ta’lim tizimida yuqori malakali raqobatbardosh kadrlar
tayyorlashning mazmunini mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari,
jamiyat ehtiyojlari, ilm-fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy
yutuqlaridan kelib chiqqan holda tubdan takomillashtirish maqsadida: Oliy ta’lim
15
tizimini 2017 — 2021 yillarda kompleks rivojlantirish dasturiga muvofiq
«O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining istiqbolli yosh pedagog va ilmiy
kadrlarning malakasini oshirish «Iste’dod» jamg‘armasi faoliyatini yanada
takomillashtirish to‘g‘risida» 2017 yil 27 iyulda O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining PF-5121-son Farmoni, “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash
sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada
kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2017 yil 27 iyul, PQ-3151-son qarori va
«O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ta’lim sifatini nazorat
qilish davlat inspeksiyasi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida» 2017 yil 18 iyulda
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 515-son qarori qabul qilindi.
Yuqorida ko‘rsatilgan kamchiliklarni inobatga olgan holda va ularni
bosqichma bosqich bartaraf etish maqsadida iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarini
oliy ta’lim tizimidagi kadrlar tayyorlash jarayoniga keng jalb etish, ularning ta’lim
muassasalari bilan samarali hamkorligini ta’minlash uchun respublika oliy ta’lim
muassasalari O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri, Bosh vazirning o‘rinbosarlari
— kompleks rahbarlari, mutasaddi rahbarlarga tarmoq (soha) lar bo‘yicha
biriktirildi. Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini ta’minlash borasida o‘quv yili
davomida amalga oshiriladigan harakatlarning namunaviy rejasi (YO‘L
XARITASI) , O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi komplekslari
tarkibidagi vazirliklar va idoralarning oliy ma’lumotli kadrlar tayyorlash yuzasidan
buyurtmalarni shakllantirish, tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalarida
mutaxassislarni tayyorlash darajasi va sifatini tubdan yaxshilash hamda tizimdagi
korxonalar va tashkilotlarda talabalar amaliyotlarini o‘tkazish, ilmiy ishlarni
hamkorlikda bajarish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarining ishga
joylashishini ta’minlash yuzasidan chora-tadbirlar dasturlari ishlab chiqildi
.
Do'stlaringiz bilan baham: |