Microsoft Word O'quv qo'llanma


§ 2.8. Fizika va tibbiyot integratsiyasi: tibbiyot fizikasi-XXI asr tibbiyotining



Download 12,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/225
Sana06.07.2022
Hajmi12,2 Mb.
#752141
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225
Bog'liq
O\'quv qo\'llanma 13.12

§ 2.8. Fizika va tibbiyot integratsiyasi: tibbiyot fizikasi-XXI asr tibbiyotining 
strategik qurolidir. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. M. Mirziyoyevning Oliy majlisga 
yo‘llagan murojaatnomasida tibbiyot sohasida qilinishi lozim bo‘lgan muhim 
masalalar qatorida aholining onkologik (o‘sma shishlar) kasalliklar bilan 
kasallanishini kamaytirish, bunday kasalliklarni barvaqt aniqlashning zamonaviy 


135
usullarini ishlab chiqish va tashxislash tizimini tubdan takomillashtirish, sohaga 
yuqori texnologiyalarga asoslangan tashxislash usullarini joriy etishga alohida 
urg‘u berilgan. Vazirlar Mahkamasiga mazkur masalaning yechimi bo‘yicha bir oy 
muddatda maxsus qaror loyihasini ishlab chiqish vazifasi topshirilganligi 
muammoning naqadar dolzarbligini ko‘rsatadi. 
Bugun fizika fanining yutuqlarini tibbiyot amaliyotiga kiritish - kasalliklarni 
tashxislash va davolashda qo‘llaniladigan yangi-yangi asbob-uskunalarni kashf 
etish, ular bilan ishlaydigan malakali mutaxassislarni tayyorlash lozimligini kun 
tartibiga qo‘ymoqda. Zero, kundan-kunga murakkablashib va zamonaviylashib 
borayotgan, davolash-tashxislash maqsadlarida foydalanilayotgan asbob-
uskunalarni tibbiy yoki fizik mutaxassislarni tayyorlashning mavjud tizimi orqali 
birlamchi ixtisoslik olgan shifokor va fizik alohida-alohida harakat qilganida 
boshqara olmaydi. Demak XXI asr ilm-fan taraqqiyoti yutuqlaridan kelib chiqqan 
holda, fizika fani tibbiyotga yanada chuqurroq, kiritilishi, o‘z navbatida, tibbiyot 
ilmi va amaliyoti fizika fani yutuqlariga keng ko‘lamda tayanishi taqozo etilyapti. 
Ayni paytda fizika fanining eng so‘nggi yutuqlari asosida kompyuter 
tomografiyasi, yadro magnit rezonansi tamografiyasi usullarini inson 
salomatligi yo‘lida xizmat qilishga yo‘naltirish imkoniyati yaratildi. 
Ultratovush yordamida tashxislash va davolash uchun eng zamonaviy 
apparaturalar tibbiyot amaliyotiga kirib kelyapti. Fizikaning yutuqlari ‐ tolali 
optikani qo‘llash orqali endoskopik tashxislash, me’da‐ichak kasalliklarini 
davolash jarayonida keng qullanilmoqda, endoskopik jarroxlik uchun yangi‐
yangi apparaturalar aynan fizikaning (optika) yutuqlari asosida yaratilib, 
klinik amaliyotda qo‘llana boshladi. 
Tibbiyotchi‐fizik bugun zamonaviy tibbiyot asbob‐uskunalarini kashf 
etish, ishlab chiqish va amaliyotda qo‘llash bilan bog‘liq barcha bosqichlarda 
faol ishtirok etishi lozim. Diagnostik tekshiruv natijalarini aniqlik bilan tahlil 
qilishni bugun tibbiy‐fizika mutaxassisi ishtirokisiz o‘tkazib va baholab 
bo‘lmaydi. 


136
Tibbiyotchi-fiziklarni tayyorlashda ularni radiatsion fizika yo‘nalishida 
ishlaydiganlar va noradiatsion yo‘nalishlar bo‘yicha ishlaydiganlarga ajratgan 
holda tayyorlash maqsadga muvofiq. Keyingi yillarda tibbiyot fizikasi bo‘yicha 
o‘tkazilayotgan konferensiyalar mavzusi “Nanotexnologiyalarning tibbiyotda 
qo‘llanilishi" yo‘nalishi bilan to‘ldirilmoqda. Mazkur yo‘nalish bo‘yicha ilmiy 
ma’ruzalar soni ham ortib bormoqda. Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan kelib 
chiqqan holda, Tibbiyotchi-fiziklarni tayyorlashni uch bosqichda amalga oshirish 
maqsadga muvofiq deb topilgan. Unga ko‘ra, tibbiyotchi-fiziklarni tayyorlashning 
birinchi bosqichida talabalar fizika, matematika va boshqa fundamental hamda 
gumanitar fanlar bo‘yicha asosiy bilimlarni egallaydilar. Ikkinchi bosqichda tibbiy-
fizika o‘rganiladi. Uchinchi bosqichda esa talabalar yetakchi davolash-proflaktika 
muassasalari va laboratoriyalarida amaliy tayyorgarlikdan o‘tadi.
XXI asrda fizika bilan tibbiyot hamkorligini har ikkala fanlar qo‘shilgan 
joyda ana shu hamkorlikning timsoli sifatida tayyorlanishi lozim bo‘lgan 
tibbiyotchi-fizik ixtisosligiga ega bo‘lgan mutaxassislarsiz tasavvur qilish mushkul. 
Shifokor yoki nazariy tibbiyot uchun fizika nihoyatda zarur fan. Hozirgi tez 
rivojlanayotgan davrda fizikaning o‘rni beqiyosligini anglagan holda yurtimizda 
fizik-tibbiyotchi mutaxassislar tayyorlash masalasini dolzarb deyish mumkin. 
Onkologik kasalliklarni barvaqt tashxislash bo‘yicha bugungi kunda tibbiyot 
amaliyotida qo‘llanilib kelinayotgan tashxislash usullari jadal rivojlanib ketayotgan 
davr talablaridan sezilarli ravishda orqada qolib ketmoqda. Fransuz yozuvchisi 
Antuan de Senta Ekzyuperi “Men shunga ishonaman, shunday kun keladi. 
Noma’lum xastalik bilan kasallangan bemorlar o‘zini fiziklar qo‘liga topshiradi. 
Fiziklar bemordan hech bir narsani so‘rab o‘tirmasdan uning qonini olib, qandaydir 
doimiy kattalik topadi, ularni o‘zaro ko‘paytiradi, so‘ngra logarifmlar jadvali bilan 
taqqoslab, bemorni bittagina dori kulchasi bilan davolaydi”, deb XXI asr fizikasi 
fanining kelgusi istiqbolini oldindan bashorat qilgan edi.
Masalaning yechimini birgina tibbiyot ilmi doirasida yechib bo‘lmaslik ayon 
bo‘lib qolmoqda bu sohada tabiiy fanlar jumladan fizika fani bilan uzviy 
hamkorlikni o‘rnatish tibbiyot fizikasini rivojlantirish masalasini kun tartibiga 


137
qo‘ymoqda. Tibbiyot fizikasi bugungi kunda insonni va uning kasalliklarini tadqiq 
qilish uchun fizik vositalar va fizika-matematika usullarini ishlab chiqish 
zamonaviy tashxislovchi va davolovchi ta’sir ko‘rsatishni tibbiyot amaliyotiga 
tadbiq etishda tobora hal qiluvchi ahamiyat kasb etib borayapti. 
Tibbiyot amaliyotida keng qo‘llanilib kelinayotgan fizik–introskopik usulda 
ultratovushli tashxislash nochiziqli va ultratovushli dopler tomografiyasi kabi 
usullarning paydo bo‘lishiga fizik akustikaning yutug‘i sifatida qarash o‘rinlidir. 
Dunyoda bugungi kunda elektronli va protonli tezlatgichlardan tibbiyotdagi 
dolzarb amaliy texnik masalalaridan hisoblanuvchi tibbiy asbob uskunalari va 
instrumentlarini sterilizatsiya qilishda keng qo‘llanilmoqda. Shuningdek, 
tezlatgichlarda zaryadlangan zarralarni sinxrotronli nurlantirish usulidan yuqori 
sifatli rentgen transmission tomografiya amaliyotida qo‘llanila boshlanishi rentgen 
kompyuter tomografiyasi va oddiy transmission rentgenografiyasining aniqlik 
darajasini oshirish imkonini bermoqda. Quyidagi 56-rasmda hozirgi vaqtda keng 
qo‘llanilayotgan usullar keltirilgan. 

Download 12,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   225




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish