kecha-bugun-ertaga
holatlari grafik tarzda ifodalanib,
o‘quvchilarga statistik ma’lumotlar berib borilsa, bu sohadagi ishlarimiz samarali
natija beradi. Chunki, hammani ertaga bizni nimalar kutayotganligi befarq
qoldirmaydi. Hatto, ekologik muammolarni, ekologik ta’limni, aholining ekologik
madaniyati rivojlanishini ham o‘rganib, uni grafiklarda ifodalab, yillar davomida
qay darajada bo‘lishini oldindan baholab, kerakli chora tadbirlar ko‘rish mumkin.
Ko‘rinib turibdiki, atrof-muhitning ifloslanishi oziq-ovqat mahsulotlari
miqdori kamayishining asosiy omili hisoblanadi.
Biz yuqorida qarab chiqqan ekologik ta’lim-tarbiya masalalaridagi
60
kamchiliklar bartaraf qilinsa, o‘ylaymizki, ekologik barqarorlikni saqlash yo‘lidagi
eng muhim vazifa bajarilgan bo‘lar edi.
Umumta’lim maktablari uchun fizikadan o‘quv dasturida o‘quvchilarga
ekologik bilimlarni berish uchun keng imkoniyatlar mavjud bo‘lib, ulardan dars
jarayonlarida oqilona foydalanish - o‘quvchilarning ekologik dunyoqarashini
rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Ko‘pgina mavzular, masalan, ishqalanish
kuchlari, atmosfera hodisalari, bosimi, harorati, havoning nisbiy va absolyut
namligi, bug‘lanish va kondensatsiya, reaktiv harakat, suyuqlikning xossalari,
issiqlik dvigatellari, elektromagnit maydon, yorug‘likning biologik va kimyoviy
ta’siri, issiqlik hodisalari va tabiatni muhofaza qilish, o‘tkazuvchanlik, konveksiya,
radioaktivlik va boshqalar ekologik ta’lim muammosi bilan bevosita bog‘langan.
Geliotexnika, elektrostansiyalar va ularning turlari, shamol va geotermal
energiyalar hamda yadro energiyasidan foydalanish kabi mazmundagi masalalarni
qamrab olgan mavzularni o‘rganishda o‘quvchilarga tabiat resurslaridan oqilona
foydalanishga oid bilimlarni berish mumkin. Bundan tashqari, fizikani o‘qitishda
o‘quvchilarni tabiatga nisbatan ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ko‘nikmalarini
rivojlantirish uchun tayaniladigan ma’lum imkoniyatlar mavjud: bular 1)
o‘quvchilarning boshlang‘ich sinflarda 2) IV sinfda tabiatshunoslik predmetida; 3)
V sinfda botanika predmetida; 4) VII-sinfda zoloogiya predmetida 5) tabiiy
geografiya va boshqa predmetlardan olgan boshlanag‘ich tushunchalari.
Shuningdek, bu sinf o‘quvchilarida shunday tabiiy imkoniyatlar mavjudki, uni
boshqa hech narsa bilan almashtirib bo‘lmaydi. Bu ham bo‘lsa, 13-14 yoshli
o‘quvchilarning tabiat (atrof-muhit) ga bo‘lgan qiziqishlaridir. Uzoq yillar
davomida tadqiqot olib borgan pedagog - psixologlarning xulosasiga ko‘ra, bu
yoshda o‘quvchilar tabiatda sodir bo‘ladigan barcha hodisa va jarayonlarni
sinchkovlik bilan kuzatib, ularni bilishga intiladilar. Demak, yoshlarda tabiat va
unda bo‘ladigan hodisalarni o‘rganishga ishtiyoqlari kuchli. Ularning bu
qiziqishlarini to‘g‘ri yo‘naltirish va qondirish lozim. VI sinf o‘quvchilari darsdan
tashqari boshqa axborot manbalari(radio, televedeniya, gazeta va jurnallar hamda
ota-onalar, ayniqsa internet) dan tabiat va uning ekologik holati to‘g‘risida ma’lum
61
darajada ma’lumotlarga ega bo‘ladi. Yuqorida aytilganidek, ularning bu bilimlarini
sistemalashtirib, ma’lum bir yo‘nalishda kuchaytirish kerak.
Fizikani o‘qitishda ekologik ta’limning ikkinchi bosqichida, ya’ni VIII-IX
sinflarda o‘quvchilarga ekologik bilimlarni berish imkoniyati esa har tamonlama va
chuqur bo‘ladi. Chunki, bu yoshda o‘quvchilar atrof-muhit va jamoat bilan faol
munosabatda bo‘ladi. Shunindek, bu davrda o‘quvchilar yosh va ma’naviy jihatdan
shakllangan, mustaqil fikrlash malakasini egallab olgan bo‘ladilar. Albatta ma’lum
bir doirada, ayniqsa, o‘quvchilar yuqori sinflarda fizika, kimyo, geografiya va
matematika fanlaridan olgan bilimlar sistemasi anchagina chuqurlashgan bo‘ladi.
Shuning uchun ulardan unumli foydalanish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |