Microsoft Word oquv qollanma latin


 Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet17/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50
Bog'liq
kitob

2.4. Tuproqning granulometrik tarkibi, uning havo, issiqlik va suv 
rejimlariga ta’siri 
G‘ovak  tuproq  paydo  qiluvchi  jinslarning  granulometrik  tarkibi  ularning 
hosil bo‘lishi va boshlang‘ich jinslar harakteriga bog‘liq. Tog‘ jinslarining nurash 
mahsulotlari  parchalanishi,  suv  va  shamol  oqimlari  ta’sirida  ko‘chirilish  va 
yotqizilishi  jarayonida  ularning  qayta  saralanishi  va  yer  yuzasida  yirik  bo‘lakli 


 
50 
 
jinslar, qumli, changli yoki loyli yotqiziqlar holida to‘planishi sodir bo‘ladi. Bunda 
allyuvial  va  eol  yotqiziqlari  tarkibi  bir-biriga  o‘xshash,  yaxshi  saralangan  qum, 
qumloq,  soz  zarrachalarini  ko‘p  saqlaydigan  holga  o‘tadi.  Muz,  muz-suv  va 
deluvial  yotqiziqlari  esa  yomon  saralangan,  har  xil  kattalikdagi  zarra  (bo‘lak)lar 
aralashmasidan tashkil topgan. 
Turli katta kichikligidagi zarralar odatda turli minerologik hamda kimyoviy 
tarkibga ega. Tuproqlarda mexanik elementlar nafaqat boshlang‘ich ona jinslardan 
o‘tgan,  albatta  asosiy  qismi  shunday  kelib  chiqishiga  ega  bo‘lsa  ham,  ammo  bir 
qismi  tuproq  paydo  bo‘lish  jarayonida  ham  hosil  bo‘lgan.  Shuning  uchun 
tuproqning  mexanik  elementlarini  mineral,  organik  yoki  organo-mineralli 
zarrachalar tashkil etadi. Shunga ko‘ra tuproq mexanik elementlari birlamchi (ona 
jinslaridan o‘tgan) yoki ikkilamchi (yangi hosil bo‘lgan) bo‘lishi mumkin. 
Hozirgi  vaqtda  N.A.Kachinskiy  tavsiya  etgan  mexanik  elementlar 
klassifikatsiyasi ko‘p ishlatiladi (2.4.1--jadval). 
Tuproqning  suv  o‘tkazuvchanligi,  nam  sig‘imi  kabi  xossalari  hamda  havo-
suv, issiqlik kabi rejimlari mexanik tarkibi bilan bevosita bog‘liq bo‘lib, sug‘orish 
va  zax  qochirish  melioratsiyasida  bu  ko‘rsatkichlar  muhim  rol  o‘ynaydi. 
Qum  va  qumloq  tuproqlar  yengil  haydalganidan  dehqonchilikda  bularni  yengil 
tuproqlar jumlasiga kiritiladi. Suvni yaxshi o‘tkazib, maqbul havo rejimiga ega, tez 
isiydi.  Lekin  bu  tuproqlar  qator  salbiy  xususiyatlarga,  jumladan,  kam  nam 
sig‘imiga  ega.  Shuning  uchun  hatto  seryog‘in  rayonlarda  ham  o‘simliklarga  nam 
yetarli bo‘lmaydi. 
Yengil  tuproqlarda  chirindi  va  o‘simliklar  uchun  zarur  oziq  moddalar  kam 
va  singdirish  qobiliyati  past  bo‘ladi,  shamol  eroziyasiga  ko‘proq  uchraydi.  Og‘ir 
qumoq  va  soz  tuproqlar  ancha  yuqori  birikkanligi  va  nam  sig‘imining  ko‘proq 
bo‘lishi  bilan  harakterlanadi.  Oziq  moddalar  bilan  yaxshiroq  ta’minlangan, 
chirindiga boy. Bunday tuproqlarga ishlov berishda aytilganidek, ancha ko‘p kuch 
va energiya sarflanadi. Shuning uchun bu tuproqlar og‘ir tuproqlardeb yuritiladi.  


 
51 
 
2.4.1- jadval. Mexanik elementlar klassifikatsiyasi 
Zarrachalar o‘lchami, mm 
Mexanik elementlar 
(fraksiyalar) nomi 
Gruppalari 
>3 
 
3-1 
Tosh 
 
Shag‘al 
Tosh qismi 
1-0,5 
 
0,5-0,25 
 
0,25-0,05 
 
0,05-0,01 
Qum:yirik 
 
      O‘rta 
 
      Mayda 
 
To‘zon(chang): yirik 
«Fizik qum» 
0,01-0,005 
 
0,005-0,001 
 
0,001-0,0005 
 
0,0005-0,0001 
 
<0,0001 
O‘rta 
 
Mayda 
 
Loyqa: dag‘al 
 
     Nozik 
 
     Kolloidlar 
«Fizik loy» 
 
Strukturasiz  og‘ir  tuproqlar  noqulay  fizik  va  fizik-mexanik  xossalarga  ega. 
Suv  o‘tkazuvchanligi  past,  yengil  changlanib  ketadi,  qatqaloq  hosil  bo‘ladi, 
zichligi  yuqori,  yopishqoqligi  va  ko‘pincha  havo,  issiqlik  rejimlarining  noqulay 
bo‘lishi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  tuproqlar  ham  qumli  va  qumloq  tuproqlar  singari 
qishloq  xo‘jaligida  foydalanish  uchun  uncha  qulay  emas.  Strukturali  va  kam 


 
52 
 
strukturali  engil  qumoq  va  o‘rta  qumoq  tuproqlar  qator  maqbul  xossalari  bilan 
harakterlanib, dehqonchilik uchun qulaydir. 
Tabiiy  iqlim  sharoitlari  va  tuproq  tiplariga  ko‘ra  mexanik  tarkibining 
maqbulligi  ham  o‘zgaradi.  Masalan,  dasht  zonasining  yaxshi  strukturali  qora 
tuproqlari  uchun  ancha  og‘ir  mexanik  tarkib  (og‘ir  qumoq  va  soz  tuproqlar)  ham 
namni  yaxshi  to‘plash  imkonini  beradi.  Bo‘z  tuproqlarda  esa  o‘rtacha  qumoq 
mexanik tarkib ancha yaxshi hisoblanadi. 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish