Microsoft Word oquv qollanma latin


Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati



Download 2 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/50
Sana31.12.2021
Hajmi2 Mb.
#252817
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50
Bog'liq
kitob

2.5.Tuproqdagi suvning shakllari. Suvning tuproq va o‘simlikdagi harakati 
Tuproqdan  suv  olish  uchun  o‘simlik  iddiz  hujayralarining  so‘rish  kuchi 
tuproq  eritmasining  surish  kuchidan  bir  muncha  yuqori  bo‘lishi  shart.  Chunki 
tuproqda  bunday  so‘rishga  qarshilik  qiluvchi kuchlar  mavjudki,  ular  suvni  ushlab 
turuvchi  kuchlar  deyiladi.  Odatda,  tuproq  tarkibida  suv  toza  emas,  balki  ma’lum 
konsentratsiyali  eritma  holida  bo‘ladi.  Eritmaning  konsentratsiyasi  tuproqdagi 
suvda  eruvchituzlar  va  boshqa  moddalarning  miqdoriga  bog‘liq.  Bundan  tashqari 
tuproqda  osmotik  qarshilik  bilan  bir  qatorda  adsorbsion  xususiyatdagi  qarshilik 
ham  bor.  U  suv  molekulalarining  tuproq  donachalari  bilan  bo‘lgan  o‘zaro 
munosabatidan  kelib  chiqadi,  ya’ni  suv  tuproq  donachalari  bilan  har  xil  darajada 
birikadi va natijada tuproqda har xil shakllar hosil bo‘ladi. 
Tuproqda  suvning  ikki  xil  shakli  bor:  fizikaviy  birikkan  suv  va  kimyoviy 
birikkan  suv.  Kimyoviy  birikkan  suv  mineral  kolloidlar  va  minerallar  tarkibida 
birikma yoki molekula shaklida uchraydi. 
Fizikaviy shakldagi suv quyidagi xillarga bo‘linadi:  
1. Bug‘simon suv.  
2. Gigroskopik suv. 
3. Pardasimon suv.  
4. Kapillyar suv. 
5. Gravitatsion suv. 


 
53 
 
Har  qanday  sharoitda  tuproqdagi  suvinig  bir  qismi  bug‘  holatiga  o‘tadi. 
Tuproq  g‘ovakliklaridagi bug‘  tuproq haroratini o‘zgarib turishi natijasida  tomchi 
holatiga  o‘tishi  va  o‘simlikning  ildizi  orqali  o‘zlashtirilishi  mumkin.  Gigroskopik 
suv-tuproq  zarralari  yuzasiga  singdirilgan  namlikdir.  Parda  suv-tuproq 
zarrachalarining sirtidan yupqa parda singari o‘rab olgan bo‘ladi. 
O‘simlik o‘zlashtira olmaydigan suvning shakli. 
1.Gigroskopik suv. 
2. Parda suv. 
O‘simlik o‘zlashtira oladigan suvning shakli. 
1. Kapillyar suv. 
2. Gravitatsion suv. 
3. Bug‘simon suv. 
Kapillyar  suv  -  tuproq  qatlamlaridagi  kapillyar  g‘ovaklar  orqali  quyi 
qatlamdan  yuqori  qatlamga  erkin  harakat  qiladigan  suvdir.  Kapillyar  suv 
tuproqning  juda  mayda  kapillyarlarini  to‘ldiradi  va  o‘simlikni  suv  bilan 
ta’minlashda asosiy manbalardan hisoblanadi.  
Gravitatsion suv - tuproqning- nokapillyar g‘ovaklari orqali yuqoridan quyi 
qatlamlariga  erkin  harakatlanadigan  suv  gravitatsion  suv  deyiladi  va  undan 
o‘simlik qisman foydalanadi  
Bug‘simon  suv  -  har  qanday  sharoitda  tuproqdagi  suvinig  bir  qismi  bug‘ 
holatiga  o‘tadi.  Tuproq  g‘ovakliklaridagi  bug‘  tuproq  haroratini  o‘zgarib  turishi 
natijasida  tomchi  holatiga  o‘tishi  va  o‘simlikning  ildizi  orqali  o‘zlashtirilishi 
mumkin.  
Tuproqdagi  erkin  o‘zlashtiriladigan  suv  shakllari  o‘rtacha  0,5  mPa,  qisman 
o‘zlashtiriladigan  suv  shakllari  1,2  mPa  va  o‘zlashtirilishi  qiyin  bo‘lgan  suv 
shakllari 1,25-3,0 mPa.gacha bo‘lgan kuch bilan ushlanib turadi. 
O‘simliklar  o‘zlashtira  olmaydigan  suv  -  suvning  o‘lik  zaxirasi  deyiladi. 
O‘lik zaxiraning miqdori odatda, tuproq turiga va tarkibiga qarab o‘zgarib turadi. 


 
54 
 
Tuproqning  to‘la  nam  bilan  ta’minlanganligi  to‘la  nam  sig‘imi  deyiladi. 
To‘la  nam  sig‘imi  ham  tuproq  turlariga  qarab  har  xil  miqdorga  ega:  yirik 
qum~23,4  %,  mayda  qum~28,0  %,  yengil  qumoq~33,4%,  og‘ir  qumoq-47,2  %, 
og‘ir soz-64,6 % va boshqalar. 
O‘simliklarning  to‘la  suv  bilan  ta’minlanish  jarayonida  ildiz  tizimi  asosiy 
o‘rin  egallaydi.  SHuning  uchun  ham  ildizning  rivojlanish  jadalligi  morfologik 
tuzilishlari  tuproqdan  suv  va  suvda  erigan  mineral  elementlarni  so‘rishga 
moslashgan.  
O‘simliklar tanasiga suvning kirishi va sarflanishi suv muvozanati deyiladi. 
Bunda o‘simlik tanasiga kirayotgan suv bilan sarflanayotgan suv miqdori bir-biriga 
to‘rg‘i  kelishi  lozim.  Lekin  yozgi  ochiq  kunlarda  quyosh  nurlari  ta’siridan 
transpiratsiya  kuchayishi  va  o‘simlik  qabul  qilayotgan  suv  uning  o‘rnini  qoplay 
olmasligi  natijasida  nisbiy  tenglik  buziladi.  Oqibatda  suv  taqisligi  ro‘y  beradi. 
Aksariyat hollarda taqchillik 5-10 foizga teng va o‘simliklarga ko‘p zarar qilmaydi. 
Chunki  asosan  tush  vaqtida  bo‘ladigan  bunday  suv  taqchilligi  odatdagi  hodisa 
hisoblanadi.  O‘simlik  uning  ta’sirida  transpiratsiya  jadalligini  tartibga solib  turish 
qobiliyatiga ega bo‘ladi. Bu suv taqchilligining oshib ketishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Transpiratsiya  ham  juda  kuchayib  ketganda,  tuproqda  suvning  miqdori 
kamayib kolsa, o‘simliklarga kirayotgan suvning miqdori ham juda kamayib ketadi 
va  o‘simliklarningsuvmuvozanati  ancha  qattikbuziladi.  Bu  ayniqsa,  kunning  eng 
issiq soatlarida sodir bo‘ladi. Suv taqchilligi ro‘y berganda barglar so‘lib va osilib 
qoladi. Suv taqchilligini quyidagi formula bilan aniqlash mumkin: 
D= (1-M/M
1
)·100 
bu yerda: D - suv taqchilligi; 
                M - barg kesmalarining (doiracha) suvga solguncha bo‘lgan og‘irligi, g; 
                M
1
- barg kesmalarining 60 daqiqa davomida suvda saqlangandan keyingi 
og‘irligi, g. 
 


 
55 
 

Download 2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish