www.ziyouz.com kutubxonasi
19
5
Torn tunni bedor o’tkazdi. U ayvonda o’tirganicha sigaret chekar, tamakining ta’midan
uning ko’ngli aynib ketay derdi. Yotoqxonadan Katerinaning ingrashi eshitildi va Torn u
tushida qanday mahluq bilan olishayaptikin, deb o’yladi. Tushkunlik uni yana ta’qib
etmayaptimikin? Torn butun tunni xayollar girdobida o’tkazdi.
Katerina uyg’onganida, uning jarohatlangan ko’zi yanada shishib, butunlay yumilib
qolgandi. Torn ishga ketayotib, unga shifokorga uchrashish lozimligini aytdi. Ular boshqa
hech narsa haqida gaplashmadilar. Katerina jim turar, Torn esa yangi kunning
muammolari bilan band edi. Saudiya Arabistoniga safar uchun ayrim mayda-chuydalarni
olish qolgandi xolos, ammo u yerga bormasligi lozimligi haqidagi fikr Tornni o’yga
toldirgandi. U qo’rqardi. Katerina uchun, Demen uchun, o’zi uchun tashvishlanar, lekin
nega bunday bo’layotganini tushunmasdi. Ularning hayoti go’yoki qil ustida turgandek
edi. Ilgarilari Torn o’lim haqida umuman o’ylamasdi. Ammo hozir u hayoti xavf
ostidaligini his qilayotgandi.
Limuzinda ketayotib, u yo’l bo’yi sug’urta varaqalarini to’ldirib bordi, o’limidan so’ng
nimalar qilish lozimligi haqida ko’rsatmalar yozdi. Va nihoyat, yozishni tugatgach, Tornni
birdan qo’rquv hissi chulg’ab oldi. Jeremi qandaydir xatarni sezayotgandi.
Limuzin to’xtadi. U oldiga ikki kishi yugurib kelayotganini ko’rdi. Ulardan biri
fotoapparatini chiqillatdi, ikkinchisi esa uni savolga tutdi. Torn elchixona tomon
yurmoqchi bo’ldi, lekin ular uning yo’lini to’sishdi.
- Bugungi «Reporter»ni o’qidingizmi, janob Torn?
- Yo’q, o’qimadim…
- Unda farzandingizning enagasi haqida maqola chiqibdi…
- Ko’rmadim.
- Maqolada yozilishicha, enaga o’limidan oldin qandaydir xat yozgan ekan.
- Bema’ni gap.
- Bu yoqqa qarang, iltimos, - dedi Jennings va uni suratga oldi.
- Meni o’tkazib yuboring, - dedi Torn.
- U giyohvand bo’lganligi rostmi? – so’radi jurnalist.
- Albatta yo’q.
- Uning qoni tarkibida dori bo’lgan.
- Bu allergiyaga qarshi dori edi, - javob berdi Torn tishlarini g’ijirlatib. – Uning allergiyasi
bor edi.
- Aytishlaricha, u dorini me’yoridan ortiq ichgan.
- Bir daqiqa to’xtang, - so’radi Jennings.
- Yo’limdan qoching! - baqirdi Torn.
- Bizning ishimiz shu, janob.
Torn chetlanib o’tib ketmoqchi bo’ldi, lekin ular yana uning yo’lini to’sishdi.
- U giyohvand edimi, janob Torn?
- Aytdim-ku sizga.
- Maqolada yozilishicha…
- Tupurdim o’sha maqolangizga!
- Juda yaxshi! – dedi Jennings. – Birpas qimirlamay turing!
U fotoapparatini to’yoriladi. Torn uni turtib yubordi va fotoapparat qattiq zarb bilan
yo’lakka tushdi. Ular bir necha soniyaga qotib qolishdi.
Jennings yerga engashdi.
- Kechirasiz, - dedi Torn. Uning ovozi qaltirardi. – Pulini to’layman.
Jennings singan apparatni asta qo’liga oldi va jimgina Tornga qaradi.
Omen (Iblis Hamlasi). Birinchi kitob. Devid Zeltser
Do'stlaringiz bilan baham: |