URUSHNING BOSHLANISHI
Quraysh xalqi azaldan Shom bilan savdo-sotiq qilar, ikki o‘rtada muntazam
qatnaydigan karvon bor edi. Ko‘pchilik nufuzli kishilar Madina orqali o‘tadigan karvonni
qo‘riqlab borardi. Payg‘ambar alayhis-salom mushriklarga iqtisodiy jihatdan zarba berish
uchun karvonning yo‘lini to‘sib, mollarni musodara qilishni mo‘ljalladilar. Bu usul ularni
jangda yengish imkonini berardi. Ikki o‘rtada qon to’kilishi muqarrar edi, o‘z diniga sodiq
qurayshlar rasulullohning arablar e’tiqod etadigan ilohlarni haqoratlab, Islomga da’vat
etishlariga tomoshabin bo‘lib turaverishlari mumkin emasdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |