ISLOM KARIMOVNING O'G'IL-QIZLARI
Chorak asr nurli yo'lga karvonni
Boshladi hech qachon o'chmas izlari.
Osmon toqiga ilk qo'yar narvonni,
Islom Karimovning o'g'il-qizlari.
Yuritdi adolat bilan siyosat,
Xalqining oldida yorug' yuzlari.
Qo'llari duoda, qilar ibodat
Islom Karimovning o'g'il-qizlari.
Xalqning dardi bilan yashab, ter to'kib,
Xalqim deb yosh bilan ketdi ko'zlari.
Bugun ta'zim qilar qaddini bukib,
Islom Karimovning o'g'il-qizlari.
«Yurt uchun, xalq uchun kurashish kerak»,
Bizni olg'a boshlar aytgan so'zlari.
Ertangi kun uchun kurashish kerak,
Islom Karimovning o'g'il-qizlari.
Xotira yurakdan o'chmaydi albat,
Mangu barhayotdir biling o'zlari.
Yuksak cho'qqilarni ko'zlaydi faqat,
Islom Karimovning o'g'il-qizlari.
Islom Karimov haqida:
Islom Abdug‘aniyevich Karimov 1938 yil 30 yanvarda Samarqand shahrida, xizmatchi oilasida tug‘ilgan. Malumoti – oliy. O‘rta Osiyo Politexnika va Toshkent Xalq xo‘jaligi institutlarini tugatgan. Muhandis-mexanik va iqtisodchi mutaxassisliklariga ega. Iqtisod fanlari nomzodi.
Mehnat faoliyatini 1960 yilda Toshkent qishloq xo‘jalik mashinasozligi zavodida boshlagan. 1961 yildan 1966 yilgacha V.P.Chkalov nomidagi Toshkent Aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida muhandis, yetakchi muhandis-konstruktor bo‘lib ishladi.
1966 yilda O‘zbekiston SSR Davlat plan komitetiga ishga o‘tib, bosh mutaxassislikdan respublika Davlat plan komiteti raisining birinchi o‘rinbosarigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tdi.
1983 yilda I.Karimov O‘zbekiston SSR Moliya vaziri, 1986 yilda O‘zbekiston SSR Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari, respublika Davlat plan qo‘mitasining raisi etib tayinlandi.
1986-1989 yillar mobaynida Qashqadaryo viloyat partiya qo‘mitasining birinchi kotibi, 1989 yilning iyunidan boshlab O‘zbekiston Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasining birinchi kotibi lavozimlarida ishladi.
1990 yil 24 mart kuni O‘zbekiston SSR Oliy Kengashining sessiyasida I.Karimov O‘zbekiston SSR Prezidenti etib saylandi.
1991 yil 31 avgust kuni I.Karimov tarixiy voqea – O‘zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini e’lon qildi.
1991 yil 29 dekabrda muqobillik asosida o‘tkazilgan umumxalq saylovida I.Karimov O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
1995 yil 26 martda bo‘lib o‘tgan umumxalq referendumi yakunlariga ko‘ra, I.Karimovning prezidentlik vakolati 2000 yilga qadar uzaytirildi.
2000 yil 9 yanvarda muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, I.Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2007 yil 23 dekabrida muqobillik asosida o‘tgan saylov natijalariga ko‘ra, I. Karimov 7 yil muddatga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti etib saylandi.
2015 yil 29 mart kuni muqobillik asosida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovi bo‘lib o‘tdi. Uning natijalariga ko‘ra Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgarishlarga muvofiq, Islom Karimov 5 yillik muddatga, mamlakatning oliy lavozimiga saylandi.
I.Karimov suveren va mustaqil O‘zbekistonni barpo etish, xalqparvar, demokratik huquqiy davlat yaratish, fuqarolar tinchligi va milliy totuvlikni ta’minlash ishiga qo‘shgan ulkan hissasi, hamda, bu borada matonat va jasorat ko‘rsatganligi uchun «O‘zbekiston Qahramoni» unvoni, «Mustaqillik» va «Amir Temur» ordenlari bilan taqdirlangan.
Shuningdek, u bir qancha xorijiy davlatlar va nufuzli xalqaro tashkilotlarning orden va medallari bilan ham mukofotlangan.
I.Karimov O‘zbekiston Fanlar Akademiyasining haqiqiy a’zosi. Ayni vaqtda u iqtisod, fan, ta’limni rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi uchun ko‘pgina xorijiy mamlakatlar universitet va akademiyalarining faxriy fan doktori, hamda akademikligiga saylangan.
O‘zbekiston xalqi istiqlol yillarida erishilgan salmoqli yutuqlarni haqli ravishda I.Karimov nomi va faoliyati bilan bog‘laydi.
I.Karimov mamlakatda amalga oshirilgan ulkan ishlar, tarixiy o‘zgarishlarning tashabbuskori va rahnamosidir:
O‘zbekiston mustaqilligining asoschisi, mamlakat mustaqil taraqqiyot dasturini ishlab chiqqan va milliy taraqqiyot yo‘lini belgilab bergan atoqli davlat arbobidir;
Demokratik talablar va xalqaro mezonlarga to‘la javob beradigan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy muallifi va uni hayotga tatbiq etishning kafolatidir;
Markaziy hokimiyat va uning joylardagi bo‘g‘inlarini isloh qilish, davlat, jamiyat va inson munosabatlarini uyg‘unlashtirishga qaratilgan yangi siyosiy-ijtimoiy tizim tamoyillarini ishlab chiqdi va amalga oshirdi;
1-o’quvchi:Bugun sizsiz yuraklar g’amga cho’madi,
Qushlar ham Sizning qabringizga qo’nadi,
Olloh Sizga jannatni ato qiladi,
Hamma:Vatan deb yonib kuygan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
2-o’quvchi:O’zi uchun yashamas, bunday inson kam,
Elim deb, yurtim deb uyqu ne, bilmas
Kamtarlikda unga hech kim yetolmas,
Hamma:Shu yurt deb jon bergan Islom Bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
3-o’quvchi:Kamolotga yo’l ochdingiz, bizlar o’qidik,
Yetuk, olim ,farzand bo’lib yetishdik,
Urush-janjal bilmay hur yurtda o’sdik,
Hamma:Tinchlik farishtasi Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
4-o’quvchi:Har fanda-jabhada sizdek topilmas,
O’zbek deb yurak yoqqan, odam topilmas
Topilsa topilar, sizdek bo’lolmas,
Hamma:Kimligini ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
5-o’quvchi:Ilmini-zexnini meros qoldirgan,
Kichikka-kattani e’zoz qildirgan,
Har jabhani mukammal, yetuk to’ldirgan,
Hamma:Buyuklardan-buyuk Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
6-o’quvchi:Kattayu-kichikning mehrin qozongan,
Yigirma besh yilingiz Vatan deb o’tgan,
O’zbek elini dunyoga tanitgan,
Hamma:O’zbekiston faxri Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
7-o’quvhi:Siz yodimizdasiz, siz yuraklarda,
Siz yoddan chiqmaysiz, abadiy dilda,
Har bir yosh qarining qalbi to’rida,
Hamma:Qahramonlik ko’rsatgan Islom bobom,
Boshimiz poyingizga egik bobom!
O’zbegim iftixori,
Istiqlol bayroqdori.
Tinchlik ahdi, shiori,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
Ozod hayotni bergan,
Tolmas qanotni bergan.
Baxt-u sabotni bergan,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
Kelajakni ko’zlagan,
Ezgulikdan so’zlagan.
Iqbol yo’lin izlagan,
Hamma:Islom bobo tashakkur.
Ulug’lab millat sha’nin,
Yashnatgan hur Vatanim.
Fidodir jon-u tanim,
Islom bobo tashakkur.
Do'stlaringiz bilan baham: |