Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
41
payg‘ambar alayhis-salomni himoya qilajaklarini, g‘animlari u kishiga biron shikast
etkazishga yo‘l qo‘ymasliklarini, bu yo‘lda har qanday qiyinchilikka tayyor ekanliklarini
bildirib qo‘ygani kelgan edi. "Agar sizlar payg‘ambarga bergan va’danglarda turib
dushmanlardan himoya qilolsanglar, yurtingizga borsin, agar bu ishning uddasidan
chiqolmasanglar o‘z urug‘-aymog‘i bilan yashayvergani tuzuk", dedi Abbos. Ansorlarning
boshlig‘i Baro ibn Ma’rur hammaning nomidan: "Xudo haqqi, va’damizga vafo qilamiz,
rasululloh uchun jonimiz fido", deya va’da berdi. Yasribliklar rasulullohdan: "Robbing
uchun, o‘zing uchun qo‘yadigan qanday shartlaring bor?" deb so‘rashdi. "Robbim uchun
qo‘yadigan shartim shuki, sherik keltirmay yolg‘iz Ollohga ibodat qilasizlar, — dedilar
payg‘ambar alayhis-salom. — O’zim uchun qo‘yadigan shartim shuki, sizlar tomonga
borganimda meni xuddi o‘z ayolingiz va bolalaringizdek himoya qilasizlar". Abul Haysan
ibn Tayhon o‘rnidan turib: "Ey rasululloh, biz yahudiylar bilan shartnomalarimizni buzib
sen tomonga o‘tamiz. Qo‘ling baland kelib g‘alabaga erishsang darrov bizni tashlab,
Makkadagi qavm-qarindoshing yeniga ketib qolmaysanmi?" deb so‘radi. "Qonga qon,
jonga jon", dedilar rasululloh kulimsirab. Shundan keyin qasamyod boshlandi. Bu tarixan
ikkinchi Aqoba bay’ati deb ataladi.
Odamlar payg‘ambar alayhis-salomning talablariga binoan bir-birlab qasamyod
qilishdi. Bu sharafli ishni birinchi bo‘lib As’ad ibn Zurora ado etdi. Shundan so‘ng o‘n ikki
kishi — Xazraj qabilasidan to‘qqiz, Avs qabilasidan uch kishi — ularga boshliq etib
saylandi. Bular Abul Haysan ibn Tayhon, As’ad ibn Zurora, Usayid ibn Xuzayir, Baro ibn
Ma’rur, Rofi’ ibn Molik, Sa’d ibn Abi Xaysama, Sa’d ibn Robi’, ibn Uboda, Abdulloh ibn
Ravoha, Abdulloh ibn Amr, Uboda ibn Somit, Munzir ibn Amr edilar. Rasululloh ularga:
"Isoning yordamchilari unga kafil bo‘lishgandek sizlar ham o‘z qavminglarga, men ham
qavmimga kafilman", dedilar. Mushriklar bu bay’atdan xabar topib, yasribliklar tushgan
joyga kelib: "Muhammadni Makkaddan olib ketmoqchimisizlar? U bilan shartnoma tuzib,
biz bilan urushmoqchimisizlar?" deyishdi. Yasribliklar bu gapni rad etishdi. Bay’atdan
bexabar mushriklar ham kechasi hech qanday hodisa yuz bermaganini tasdiqlashdi.
Mushriklar ko‘zlagan maqsadiga erisholmay noiloj iziga qaytishga majbur bo‘lishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: