www.ziyouz.com kutubxonasi
127
narsa ajratdilar. Hakim yana shuncha narsa berishni so‘ragan edi, payg‘ambar alayhis-
salom o‘ylab o‘tirmay rozi bo‘ldilar. Hakim bunga ham qanoat qilmay yana shuncha
so‘radi, rasululloh hech ikkilanmay uning talabini qondirganlaridan keyingina: "Ey
Hakim, mol-mulk degan ko‘zga chiroyli ko‘rinadigan, shirin narsa. Ko‘zi to‘qlik bilan olsa
barakasi bo‘ladi, ochko‘zlik bilan olsa, barakasi bo‘lmaydi. Mol-mulkka o‘ch odam yeb
to‘ymas ochopatga o‘xshaydi. Beruvchi qo‘l oluvchi qo‘ldan yaxshiroq", dedilar. Hakim
dastlab berilgan yuz tuyani olib, qolganini qaytardi. "Seni haq payg‘ambar qilib yuborgan
Ollohning nomi bilan qasam ichamanki, sendan keyin to dunyodan o‘tganimcha birovdan
sariq chaqalik narsa olmayman" dedi. Chindan ham Hakim so‘zining ustidan chiqdi.
Rasulullohdan keyin o‘tgan halifalar Hakimga xazinadan keragicha mol-dunyo olishni
taklif etishganda u qat’iyan bosh tortgan.
Ibn Hisnga, Aqra ibn Hobisga, Abbos ibn Mirdosga ham yuztadan tuya berildi. Safvon
ibn Umayyaga bir darani to‘ldirib turgan chorva hadya etildi. U mollarga ilgariroq
qiziqsinib qaraganini sezgan payg‘ambar alayhis-salom: "Bu mollar ko‘zingga yaxshi
ko‘rinyaptimi?", deb so‘radilar. Safvon bosh irg‘ab iqror bo‘lib qo‘ya qoldi. — Unday
bo‘lsa olaqol, hammasini senga berdim." "O’sha paytda hech kim menchalik sevingan
emas" deya eslaydi Safvon. Uning Islom diniga kirishining sababi ham shu edi.
Payg‘ambar alayhis-salomning bu tarzda saxovat bilan qo‘li ochiqlik qilishlaridan
ko‘zlangan maqsad odamlarning qalbini yumshatib Islom diniga kiritish sovg‘a-salomga
qiziqtirish yo‘li bilan bo‘lsa ham Ollohning haqiqatini anglatish edi. Zakotning bir qismi
ham odamlarning Islom diniga rag‘batlantirish uchun sarflanardi. Payg‘ambar alayhis-
salom ulashgan sovg‘a-salomlar keyinchalik juda katta foyda keltirdi. Dastavval
musulmonchilikda to‘la barqaror bo‘lib ulgurmagan Safvon ibn Umayya Muoviya ibn abu
Sufyon, Horis ibn Hishom singari zotlar o‘sha paytda berilgan hadya tufaylimi yoki
boshqa sababdanmi, keyinchalik Islom dini uchun juda katta naf yetkazadigan mashhur
shaxslarga aylanishdi.
Payg‘ambar alayhis-salom qolgan g‘aiimatlarning hisobini olib, g‘oziylarga bo‘lib
berishni Zayd ibn Sobitga topshirdilar. Biroq arobiylar ungacha sabr qilmay ulushimizni
ber, deb rasulullohni o‘rtaga olib, bir daraxt tagiga surib kelishdi. Sarvari olamning ridosi
(yaktagi) daraxtning butog‘iga ilinib, orqaga tislanishlariga imkon bermadi. Shunda u
kishi: "Ey jamoat, ridoimni qo‘yib yuboringlar. Xudo haqqi agar qo‘limda Tuhomaning
daraxtlaridek behisob mol-mulk bo‘lsa o‘zimga hech narsa qoldirmay sizlarga bo‘lib
berardim. Men qo‘rqoq, baxil, ko‘zi och odam emasman, — dedilar va borib tuyalarining
bitta tukini yulib, oldilar-da, — ey, odamlar, menga g‘animatning beshdan biridan
tashqari mana shunchalik ham narsa tegmaydi. Menga berilgan ulush ham sizlarga
qaytariladi, sizlarning ehtiyojingiz uchun ishlatiladi. G’animatda ninachalik narsa olib
qolmay o‘rtaga tashlanglar. G’animatga xiyonat qilganlar bu dunyoda uyatga qoladi,
qiyomat kuni esa rasvo bo‘lib, azobga uchraydi", dedilar. Qo‘li egrilik qilib g‘animatni
o‘g‘irlab olganlar hamma narsani qaytarib berishdi. Payg‘ambar alayhis-salom shundan
keyingina g‘animatlarni taqsimlab, piyodalarga to‘rttadan tuya, qirqtadan qo‘y, otliqlarga
esa uch hissa ortiq narsa berdilar. Lekin munofiqlardan biri norozi bo‘lib: "Olloh rozi
bo‘ladigan taqsimot qilinmadi", dedi. Payg‘ambar alayhis-salomning jahllari chiqib,
qizarib ketdilar. — Seni qara-yu, agar men odil bo‘lmasam bu dunyoda kim odil bo‘ladi",
dedilar. Har qancha achchiqlaigan bo‘lsalar-da, munofiqdan o‘ch olishdan o‘zlarini
tiydilar. U kishi bunday qusurdan xoli edilar. O’zlarini bosib, yotig‘i bilan pand-nasihat
qildilar. Payg‘ambarga tuhmat qilishning oqibati nimaga olib kelishini aytib
ogohlantirdilar. Umar bilan Xolid ibn Valid: "Ey rasululloh bu yaramasning kallasini
olaylik", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Yo‘q u namoz o‘qishi mumkin" deya ularni
qaytardilar. Xolid: "Dili boshqa, tili boshqa namoz o‘qiydiganlar ko‘p-ku", dedi.
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |