Payg‘ambar alayhis-salom Ji’ronaga qaytib, g‘animalarning hisobini olgach, teng
beshga bo‘ldilar. Islom dini hali diliga butunlay em bo‘lib ulgurmagan kishilarning
ko‘nglini ovlash uchun ularga ko‘proq ulush berdilar. Hali imon keltirmagan odamlarni
musulmonchilikka moyil qilish uchun bir talay narsa ulashdilar. Oldingi safda turgan Abu
Sufyonga qirq uqiyya oltin bilan yuzta tuya berildi. Abu Sufyonning o‘g‘illari Muoviya
bilan Yazidga ham shuncha narsa ulashildi. Abu Sufyon: "Ey rasululloh, ota-onam
sadag‘ang ketsin, sen tinch-totuv paytida ham, urushda ham bir xilda madad ekansan",
dedi. Payg‘ambar alayhis-salom Hakim ibn Hizomga ham Abu Sufyonga berganchalik